Kiyinish madaniyati  ( 124951 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:41:39

Bonu:

Assalomu alaykum!
Gaplaringiz togri ekani shubhasiz! Bilasizmi nima, man bitta narsa etmoqchidim, Toshkentga borilsa, Parijning modalar korgazmasiga kelib qolgandey boladi odam!
Masalan, Angliayda odamlar oziga qulay bolsa boldi degan fikrda, koproq sport uslubida kiyinishadi, hecham haddan tashqari ochiq kiyinishmaydi, har hil osilgan-solingan narsalar yoq, 2 qarich keladigan oyoq kiyimlarni hali kormadim, udobniy bolsa boldi.... Bu odamlar bizadagi rasmlarni korishganda, silada juda galati ekan deyishadi, nima har kuni shunaqa kiyinib odamlar kochaga chiqishadimi, qanday qilib shunaqa yurishadi deb sorashadi, hozir ozimga ham galati tuyuladi hozir, organib qolibman shekilli. ja shunchalik qolida sigaret ushlaganlar ham bormi ??Nahotki! Ruslardan juda zor namuna olishvotgan ekande ozbek qizlarimiza! Juda ham yomon! Mayli qolgan fikrimni keyin yozarman, rahmat sizga

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:41:54

Otabek:

Koreyada ham xuddi shunday. Hamma deyarli sport uslubida kiyinadi. Yoshi ulug' qariyalar koreyslarning milliy kiyimi - xanbokni ko'p kiyadi. Maktab o'quvchilarini kiyimidan bilib olish mumkin: ular bir xilda maktab formasi - oq ko'ylak, qora shim yoki yubka kiyishadi. Maktab o'quvchilari dam olish kunlari biror yoqqa aylanishga chiqsa ham maktab formasini kanda qilmaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:42:04

Bonu:

Xanbok qanday kiyim ekan? Huddi Yaponlarning KImonosiga ohshaganmi? Bu yerda ham koreyslar turishadi, juda ham ozoda chiroyli va qulay kiyinishadi, manga ularni kiyinishi yoqadi. Lekin Angliyada, maktab formasini juda ham qattiq , yani majburiy hamma kiyadi uni, hamma kiyimni ustiga ozi maktabi nomi yozilgan boladi, jemfer, kurtka, kostyum larga cha beriladi, juda ham chiroyli....Lekin Uzbekistonda hozir hech kim shu maktab qoidalariga amal qimidigan bolib ketgan. Mazza qilib maktab davrida kiyim kiyib olishmaydimi-a? Keyin afsusulanib yurmasdan!

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:42:20

AbdulAziz:

Wa alaykum assalam!
Yaxshi Angliyada odamlar o`zi uchun kiyinarkan. Bizda nega unaqamas? Nega bizda ko`cha uchun kiyinishadi. 90-yillarning o`rtalarida bir tanishim Germaniyaga bor edi. O`sha yerdagi o`zbeklarning kiyinishlari haqida gapirib bergandi. Ular uyda erlariga yoqish uchun hohlagan yaxshi ko`rgan kiyimlarini kiyishar, ko`chaga chiqqanlarida esa o`zlarini "o`nglab" olishar edi, degandi. Biz hayron qolgandik. Aslida shu to`gri emasmi? Nega ba'zi ayollarimiz uyida eriga-da ko`rsatmagan nozu karashmalarini ko`chadagi begonalarga qilishadi?...
Juda unchalik hammaga namuna bo`ldigandya emasu, lekin ba'zilari hohlaganiga dars beradi... Ha, sigaret chakadigani, G'URUR BILAN TUTATIB, ZAHAR PURKAYDIGANLARI ham bor afsus, o`zbek qizlarimizning ichida...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:42:36

AbdulAziz:

O`zbekistonda maktab kiyimini joriy qilish ham mablag`ga $ borib taqaladi. Manimcha bu muammoni yechish mushkul. Agar kiyim olib berish (yani uniforma) ota-onani boshiga tushsa, yanada qiyinlashadi.
Shunichun, hozir bemalol, nimani topishsa kiyib yurishibdi maktablada, ba'zilarining kiyimlariga materila yetmay qolib, kalta, kesilib-kesilib ketgan shekilli...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:42:46

Bonu:

haaaa.....juda togri gap...hammasi pulga borib taqalmoqda! Gaplarizni oqib bir kulaman bir achinaman...
Lekin nega hozirgi zamon yoshlarining kiyinishi deganda faqat qizlar haqida gap ket yapti, nega endi yigitlarimiz emas. Bilasizmi, yigitlar ham haddan tashqari tor, yopishgan va ochiq kiyimlarga otib ketishgan, bu qizlarga tasir qilmaydi deb oylaysizmi??!!! 5-6 yillar avvalni olaylik, hozirdaka yengi umuman yoq kiyimlar kiyilmasdi, hozirdaka sogliqqa zarar bolgan kiyimlar ham kiyishmasdi, bu tor shimlar ayniqsa yigitlar organizmiga slishkom kotta tasir qilarkan, va bazi hollarda keyinchalik farzandsizlikka olib kelarkan, bizning vrachlar fikriga kora. ayniqsa bu terini nafas ololmasligiga sabab boladi. У'zi chiroyli kostum shim galstukka yetadigani yoqde!

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:42:58

Noza:

To'g'ri etasiz BONU!
Yigitlarimiz ham qizlarimizdan qolishmidi.
Mayli uni ustiga ayrim yigitlarimiz osmondan tushganmi.... o'zi ne ahvolu qizlarni kiyimini gapiradi.
Man bu gapim bilan yigitlarimizni kamsitmoqchi emasman.
Lekin ular orasida bunakalari ham kam emas.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:43:11

AbdulAziz:

Gaplarizga qo`shilaman.
Yigitlarning ham kiyinish madaniyatlariga 5 ketmayman. Siz aytgan gaplar bor gap: yigitlar ham kiyinishni do`ndirganlari yo`q. Lekin umumiy olib qaraganda, ularning kiyinish madaniyati qizlarnikidaka MUAMMO darajasiga yetgani yo`q. Lekin muammo tomon ildamlik bilan qadam qo`ymoqda.
Birinchidan, tor kiyim erkak kishiga yarashmaydi. Ko`pchilik "anaqa" yigitlar o`zlariga tor shim va futbolkalarni kiyishni ma'qul ko`rishadi. Chunki, endi o`ylab ko`ring, yigit kishi o`zining badanini namoyish etib yursa (zero, erkak buning uchun yaratilmagan!..)...
Ikkinchidan, jamoat joylarida kalta shortiklarni kiyib olib semiz akarashkadek oyoqni ko`rsatib yurish ham erkak kishiga umuman yarashmaydi...
Uchinchidan, qo`ltiqni ochib yurish ham to`gri kelmaydi, ham gigienik, ham ma'naviy tomondan.
To`rtinchidan, ba'zi yigitlarning setkali futbolka kiyib yurganlarini ko`ramiz, bu futbolkani kiyding nima-yu, kiymading nima? Shu ham madaniyatmi?
Beshinchidan, o`zlarini qiz bolalarga o`xshatib, sirg`a, turli zanjirlarni ilib yurgan yigitlarni kim deb atash mumkin...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:43:22

Samo;

yetak botqoqda yurishga

boshqa boglarga otaylik.

muammo bor boldi uni aytish shart emas ato uje ...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:43:33

Bonu:

Bu nema deganingiz?> Gaplarizni tushunmadim, har doim bogni gapirvurib shu darajaga yetishdide, boqtqoqni ham gapirish kereku bir kun! Nega endi muammoni eytish shart emas ekan, balki bu gaplarni oqiganlarga salpal aql kirib qolar dimande! Gaplarga qarshi bolsez marhamat fikrizni yozing....

Qayd etilgan