AbdulAziz:
O`zim televizor ko`rishni yomon ko`raman. TVda berilayotgan ko`rsatuvlar haqida unchalik ma'lumotga ega emasman. Lekin...
... Sartaroshxonada navbat kutib TV tomosha qildim. Yangi kanal - TV Markaz. Asosan o`zbekcha musiqiy kliplar qo`yarkan. Oldin hech e'tibor berib ko`rmagan ekan. Hamma "ajoyibot-u, g`aroyibot"lar shu yerda ekan, bilmay yurgan ekanmiz... U yerdagi "odob", "madaniyat" boshqa hech qayerda yo`q.
Bonu, siz o`sha ko`rgan konsertlaringizdagi holat holva ekan. Bu yerda shunday kliplar qo`yilarkanki hayratdan yoqangizni ushlaysiz. Nahotki shular ham o`zbeklar bo`lsa? Kiyayotgan kiyimlari esa istalgan Amerika pop, rok, rap yulduzninikidan qolishmaydi, ajabtovur harakatlari ham... O`ylanib qoldim: nahotki shu o`zbek telekanali, o`zbek san'atkorlari???
Ko`pchilik hurmat qiladigan "Ho`ja" guruhi solisti Izzatilla Ibragimovning klipi ko`pchilikni hayratga solibdi. Ishxonaga kelsam, boshqalar ham shuni gapirishdi. Izzat aka, oilali odam, 30 tacha haligi tungi qahvaxonalarda xirom aylaydigan xonimlarga o`xshagan qizlar atrofida qo`shiq kuylayaptilar. Izzat akaga qarab haligi qizlar chunonam o`ynashadiki, asti qo`yaverasiz. Qizlarning kiyimlari esa o`sha tungi qahvaxonalarni eslatadi ...
Yana bir guruh chiqibdi, yangi "Setora"! Eski "Setora"dan kiyinish bobida o`tsa o`tadiki, aslo qolishmaydi. Ularning kliplari ham behayolikda boshqalardan ancha oshib tushadi. Uchta qiz divanni ustiga chiqib olishadi-da, allaqanday qitiqlovchi harakatlari bilan tomoshabinning "asabi"ni o`ynashadi, hadeb egilishadimi-yey, o`zlarining g`aroyib harakatlari bilan tomoshabinning ko`nglini o`girlashadimi-yey, yana allambalo g`ayir harakatlar...
Davron Ergashevni yaxshi qo`shiqchi deb bilardim, uyam aynibdi. Ko`rinishi Detroytning kir ko`chalaridagi aynigan repperni eslatadi. Qo`shig`iyam yarmi o`zbekcha, yarmi ruscha, tushunib bo`lmaydi. U zotning ham kliplarida ham hatto amerikaliklar tushida ko`rmaydigan "jonon"lar xirom aylaydilar..
.
Yana bitta guruh bor ekan. Ismini bilolmadim, lekin ashulasi "Yo`q, problem!" Undayam bitta Detroytlik o`zbek bor. Klipi esa johiliyat davri arablarining raqslariga o`xshab ketadi... Asulasini esa umuman eshitib bo`lmaydi. Eshitsangiz ham tushunmaysiz...
Yana bir qancha shunday kliplar, o`zbek qoshiqchilari ishtirokida. Astag`firulloh, astag`firulloh dedim-da, navbatim kelib qolganligi bois sartarosh kursisiga o`tirdim. Hohlagan tomonga qarasangiz ham ko`rinadigan kaaatta televizordan BellaTerra jurnali reklamasi ketardi. Sartarosh aka ham bu kungi jamiyatimiz holatidan nolirkan, qoshib qo`ydi:
— Hammani buzayotgan shu qo`shiqchilar!!!