Maknuna:
"Yaqinda yo'lda ketayotib, ro'paramdan kelayotgan qizni... yalang'ochmikan deb o'ylabman. Badanga mos rangdagi mato ancha yupqa ham shaffofligidan deyarli hech joyini yashirmasdi.
- Bolam, bu kiyganing nima? - chidolmay so'radim.
- Bu moda, xolajon, moda!
Uning ortidan bir pas qarab qoldim: "modangga o't tushsin, bolam!..."
...Nomigagina ko'ylak kiyib, kindigiga taqinchoq osgan, tizzasidan bir qarich baland "yubka"sining oldi yoki orqa tomonini ataylab yirtib, shu joyiga qo'ng'iroqcha osib olgan qizlar rostdan ham ko'payib ketdi. Biz ularni har kuni, hamma yerda ko'raverib, ko'zimiz o'rgaganidan, bu holatga umuman befarq, beparvo bo'lib qolmayapmizmi?"
"Postda" gazetasidan.