Kiyinish madaniyati  ( 124981 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:54:10

Doniyor:

Assalomu alaykum!
Hozirgi zamon yoshlari borgan sari tubanlashib boryapti.
Hammasi bir-biridan kiyinish bo'yicha o'zib ketaman deydi.
Bu bilan oxiri borar joyi nima bo'lishini bilmeydi.
Shariatda ham bu narsa qoralangan.
Qizlardi tor shim kiyib yurishi judayam xunik ko'rinadi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:54:25

maknuna:

Assalomu alaykum Doniyor!
Sizzi idealizdegi qiz qanday kiyinishini hohlardingiz?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:54:41

Doniyor:

Man orzu qilgan qiz
birinchidan, oddiy kiyinishi kere, uni kiyinishini ko'rib boshqalar gapirmasligi kere, kiyimi boshqalarni o'ziga tortmasligi kere.
ikkinchidan, keng va uzun bo'lishi kere, chunki agar tor va kalta bo'lsa, uning a'zolari ko'rinib, bilinib qolishi mumkin, bu boshqalardiyam gunohga yetaklaydi.
uchinchidan, boshida ro'moli bo'lishi kerak, chunki soch ham qiz bola uchun avrat hisoblanadi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:54:59

O'g'il bola:

man shunday bir qishloqni bilaman . kichkina qishloq xamasi bolib 30 ta ho'jalik,oila,uy bor .siz shu qishloqga hozir borig o'z kozlaringiz b-n ko'rig qiz bollari 9 yoshga etdimi boshida romol .oliy o'quv dargohiga yubormaydilar qizlarini .man yahhsisi o;z oilamni aytay avvalam bor Hudo ko'z tegmasin oilamga . ayolim ga uylanishimni onam aytganlar shu qizga deb unig akasinig toyi edi shu kuni.uzoqdan kordim boshida ro'mol ,gaplashmadim -u gaplashmaydi ham,u 11 yil maktabda o'qib sinfdosh yigitlar bilan hech qol berib ham salom deb so'z bilan ham salomlashmagan . qo'shnisi bosa xam begonanig toyiga bormagan .soddagna -,lekin ayol bilishi kerak bogan narsalarni biladi..begona kelsa oldiga kirmaydi manig yonimga bolla kesa eshikni taqilatadi man chiqib qolidan choy nonni olaman . boshqa bollakiga borsam oldimizga kirib otiradi. ularda butunlay boshqa dosti kelsa kirib salom berishi kerak . u ziyoli o'qigan emas ,lekin namoz likni biladi ayol bilish keragini biladi . namozni o'qiydi bollarga qaraydi -mollarga qaraydi uyga manga .unig ishi shu ..umuman olgan da ayolni erkak uchun yaratgan ayolni oliy o'qiv dargihlariga yuborib ne ga kerak . misol'';ingliz tilini-urf odatini -uni o'rganib kim boladi .biron joyda ishlaydimi ?? aqsh ga boradimi? pul topadimi?? nega kerak ayol kishi bularni o'ranib ayol uyda bolishi kerak eriga bollarga qarashi kerak .umuman kochaga chiqmasligi kerak -bozorga bormasligi kerak ,lekin meniki boradi o'ziga mayda chuyda olishga.
ayol erkak uchun yaralgan u nga ingliz kares ,nemis tillari urf odatlari kerakmas .namozini o'qisin farzandlariga qarasin eriga qarasin. eri topsin edirsin ichirsin kam qilmasin .ayolga ortiqcha bilim kerakmas. qani aytinglarchi qaysi biringiz -hamalariz o'qigan ,bilgan ziyoli inson sizlar shu o'qib urganganlarizga amal qilasizlarmi ?? namoz ,ro'za ,boshda ro'mol bormi?? shim kiyib ogansizlar~!80% qizlar shunday shu erdagilar.
manig qishlog'imga borsangizlar 80 yil ortga qaytganday bolaszlar .sizlarda unday joyni rivojlanmagan qoloq .deydi .Ollohimga shukir shu rivojlanmay ortda qogan qishlogimda tuguldim.shunday bolib qolsin xamisha ..qiz farzandim yoq alohga shukir o'glim bor..
xar kim o'zini bilishi kerak zamonga qarab mas -zamon ssizga qarab yursin .zamon shunday bolishga ozimiz sababchi -avval ozimizga o'z oilamizga farzandlarimizga aka ukamizni tog'iri yoldan yursa boshqalar ham shunday boladi. bolmasa bolmas xar kim o'zi uchun o'zi javob beradi.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:55:28

AbdulAziz:

Iqtibos
man shunday bir qishloqni bilaman . kichkina qishloq xamasi bolib 30 ta ho'jalik,oila,uy bor .siz shu qishloqga hozir borig o'z kozlaringiz b-n ko'rig qiz bollari 9 yoshga etdimi boshida romol .oliy o'quv dargohiga yubormaydilar qizlarini

maktabga yubormasliklari yomon ekan. Ro'molini o'rab boraversin. Qiz bolalar ham ilm olishi kerak. Ular ham ko'p narsalarni bilishlari kerak. Ertaga bolalariga o'rgatishlari, ularning har turli savollariga javob berishlari uchun o'rganishlari kerak.

Iqtibos
umuman olgan da ayolni erkak uchun yaratgan ayolni oliy o'qiv dargohlariga yuborib ne ga kerak . misol'';ingliz tilini-urf odatini -uni o'rganib kim boladi .biron joyda ishlaydimi ?? aqsh ga boradimi? pul topadimi?? nega kerak ayol kishi bularni o'ranib ayol uyda bolishi kerak eriga bollarga qarashi kerak .umuman kochaga chiqmasligi kerak -bozorga bormasligi kerak ,lekin meniki boradi o'ziga mayda chuyda olishga.

To'g'ri, ayolning birinchi vazifasi erining xizmatini bajarish, bu degani ilm olmaslik kerak degani emas. Ilm har bir muslim va muslima uchun shart. Ayollarimiz davlat ishlarida ham ishlashi kerak. Chunki biron joyda insofsiz, iymonsiz ayol kishi ishlagandan iymonlisi ishlagani afzal emasmi? hartugul jamiyatga foydasi tegadi. Agar o'qimasa qolaveradi. Ingliz tilini o'rganadi, ishlamaganda ham hech bo'lmasa bolasiga o'rgatadi, ilmli qilib o'stiradi, bolasini.

Iqtibos
ayolga ortiqcha bilim kerakmas.

Nega endi? Siz aytgandek ota ishlasa, ayolda ortiqcha bilim bo'lmasa, bolalarni kim o'qitadi?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:55:42

O'g'il bola:

maktabga boradi ...oliy o'quv dargoxlariga yuboorishmaydi chunki,,u erga bordimi..yuzi ochiladi --uyat degan narsadan uzoqlashdi -bilim oladi onglanadi.,keyn sevgi degan ofatga duch kel;adi -g'irt begona insonni,yigitni sevadi u bilan kocha-kuyda yuraveradi bemalol - u yigit unga begona emas xuddi eri dek yaqin bo'lib qoladi -bu gaplar sizlar uchun hech gapmas bilaman . silarnig yurt ,balki din samonaviy din boshqa manki boshqadir .(uzur)..
ingliz tilini o'rganadi hech bomaganda bollarga o'rgatadi...
islom dinida bormi shu lar --=-ayol yursa begona odamlar -begona yurtlar ota onadan uzoqda .g'ayriy dinlar yurtida -borig o'z yurtida g'ayriy dinmi--musulmonmi barbir nomaram nomaxramlar ichida .i'm sorry ' bu naqasini shu paytgacha uzb tv da korganman endiiii endi hayotda korypman kocha kormagan miz.barbir mandan 80 yil oldindasizlar ,qaytish kimga yoqadi 80 yil ortga .qaytmaysila silarki to'ri.xar kim o'zi uchun javob beradi -mahtum quli dek aytamiz ketamiz .yamon korinamiz...

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:55:57

O'g'il bola:

uzbekistonda 80%odam dan so'rag musulmonmisan deg -og'zini to'ldirib -musulmonman deydi. ,lekin namoz rozani umrida bajarmagan insonla ham bor - xatto kalimasini bilmaydiganlar ham oz emas .ayollar ham shu -ma shu oliy malumotli ayollaringiz -o'qiydi o'rganadi ,biladi ,lekin shu bilganiga amal qilmaydi -faqat yozganda gapirganda hamani sindiradi.xamaga aqil o'rgatadi. man hayotda korganimni-bilganimni yozaman -yozyapman .kitob o'qimaganman -maktabda ham.......shunday ayollar booor .uyda o'tira olmaydi zerikadi -nimaga?chunki ko'chadaaa -shaxarlarda maza qilib yurgan uyda o'tra olmaydigan b gan .uyda o'tirmasanmi-bollarg erig oilag uying , etmaydimi-shu sang baxting -borliging-ku..islam uzga bittasi savol beribdi. eridan ajrashgan ayol;boshimga romol o'rasam mani xech kim ishga omaypdi yoshi katta xotin deb, ro'molimni echsam boladimi? ..ro'molingni echib -va boshqa-- b sekratar qilib oladi shu bilan oyligingni farzandingni boqasan ..shu gap kerak bunga
dehqonchlik qilib kuningni ko'raver 5 kunl;ik yolg'onchida.o'tadi ketadi-sandan farzandng ham tarbiy oladi u ham bosh yalang yuradgan bo'ladi .
yana savol beribdi;;islom dinidagilarga yordam beradigan joyi yo'qmi?? islom dinida ekansan shayx uchun musulmon boldingmi? pul uchunmi?? qaysi yo'l bilan pul topishini bilmay xar tamonga o'zini urypdi odamlar

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:56:40

AbdulAziz:

Iqtibos
maktabga boradi ...oliy o'quv dargoxlariga yuboorishmaydi chunki,,u erga bordimi..yuzi ochiladi --uyat degan narsadan uzoqlashdi -bilim oladi onglanadi.,

Avvalo qizning o'ziga bog'liq. O'ranaman degani, iymonini saqlagani ming tazyiq bo'lsa ham o'zligidan kechgani yo'q. Agar dunyoviy oliy o'quv yurtlariga ishonmasangiz, ana oliy ma'had bor, ayollarning madrasalari bor. O'sha yerga borib ilm o'rgansin!
Men sizning bir gapingizni umuman hazm qila olmayman: Qiz bola uchun o'qish, ortiqcha bilim olish shart emas! Qayerdan oldingiz bu gapni. Ilm olish erkakka ham ayolga ham birdek farz!

Iqtibos
islom dinida bormi shu lar: ayol yursa begona odamlar -begona yurtlar ota onadan uzoqda. G'ayriy dinlar yurtida -boring o'z yurtida g'ayriy dinmi-musulmonmi barbir nomaram nomaxramlar ichida.

Avvalo ota-ona sharoit yaratib berishi kerak. Man shundaylarni bilaman, ular o'zga shaharda ham o'z mahramlari bilan birga kelishgan. Ota-onalari ularning o'qishlariga sharoit yaratib berganlar.
O'zligidan, musulmonchiligidan kechmagan holda ayollar ham o'qisin, ishlasin! Shundagina jamiyatimiz o'nglanadi.

Iqtibos
barbir mandan 80 yil oldindasizlar ,qaytish kimga yoqadi 80 yil ortga .qaytmaysila silarki to'ri.xar kim o'zi uchun javob beradi

80-100 yil, undan oldin nima bo'lgan? Jamiyatimizda ilmsizlik kuchaygan. Xonliklarda parokandalik, xonlar aysh-ishratda. Shuning uchun ham kim kelsa bizni bosib olavergan, qirgan, o'z hukmini o'tkazgan. Ilmlilar esa doim xor bo'lib qolavergan. Shu narsalar qayta takrorlanmasligi uchun o'qish kerak, ilm olish kerak!

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:57:03

O'g'il bola:

avvalo qiznig o'ziga bo'gliq ---to'gri ,lekin man hammasini aytmayopman siz ves ayol zotni aytypsi . o'qib o'rgangan ilmi li lekiin shu ilmiga amal qilmaydugan larni nazarda tutganman
sizni osha kiyim kiygan yalong'ochklarga uylantiradimi onagiz ,albatta unaqalarga uylamaydi
shula biladi bu gunox ekanini -keng kiyim kiyib boshga romol orashni or biladi ozga

avvalo ota onaga bog'liq ..kop narsani bilgan insonlar ishi bu erkaki ham ayoli ham .shundaylar bor aqlini bilganidan boshidan romoli tushmaydi ..anavu aytgan madrasalar ga gap yoq .bu yahshi .u erda u dunyo bu dunyonig ilmini o'rgatadi..ayolnig ilm olishiga qarshi boganim sababi shu .uayt ,xayo,ibo sini yo'qatadi
xammasi emas ..lekin kop chliki shu ahvol ..undan kora mani aytganim . yahshi deb bildim . bu mang fikrim ....mulla bilganini o'qiydi ..o'zimnig boshidan ro'moli tushmagan begona ga qarmagan gaplashmagan .o'qimagan o'rganmagan soddda ginam qora kishmishimdan dan ayirmasin .anavu ilm olgan bilimdon shaytonlardan qorqaman ..ollohim sahunday yaratgan ekan ..yozib turglar charchmasdan ishlariz shu sizlarni amalda yoq xamasi qog'oz larda

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:57:28

Behzodbek;

Assalomu alaykum, O'gil bola.

Kuyunchaklik bilan yozganlaringizning, albatta, aksariyati haqiqat. Amalda, afsuski, siz tasvirlagan holatlar, darhaqiqat, bor gap. Lekin men ayrim fikrlaringizga bir-ikki gap aytmoqchi edim.

Bilaman, sizning bizdan ko'ra hayot tajribangiz ko'p, ehtimol, ilmingiz ham ziyoda. Biz hali hayotning asl basharasini yaxshi tanimagan, endigina haqiqiy hayotga kirib kelayotgan yoshlarmiz. Albatta, sizga aql o'rgatishga bu jihatlardan bizning haqqimiz yo'q. Lekin har ikkimizning maqsadimiz bir. Yaxshi mo'min bo'lib yashash, Allohning roziligini topish. Demak, shunday ekan, bu yerdagi ayrim munozarali fikrlar faqat bir-birimizni yaxshi tushunmaganimizdan, xolos.

Qayd etilgan