Muallif Mavzu: Ma'rifat nima?  ( 20128 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Margilanets

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 38
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 775
  • Jins: Erkak
  • Husanbek Marg'iloniy
Ma'rifat nima?
« : 08 Sentyabr 2006, 07:33:03 »
nostalgique:

"Ma'rifat nima?" Emmanuel Kant

Ma'rifat bu insonning o'zi sababchi bo'lgan qaramlik holatidan chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o'z ongidan foydalana olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o'zimiz bo'lamiz. Chunki bu holat ongimizning yetishmasligidan emas, balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz foydalanishga qarorliligimiz va jur'atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi. "Sapere aude! - O'z ongingdan foydalanishga jur'ating yetsin!" Ma'rifatchilarning (Enlightenment) shiori budir....

YEvropaning eng buyuk faylasuflaridan biri bo'lgan Emmanuel Kantning ushbu maqolasining davomini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin
http://www.uzislam.com/content/view/10/11/
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. Hadisi sharifdan.
Iloyim, shunday bo`lib qolishidan saqlasin!

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ma'rifat nima?
« Javob #1 : 01 Aprel 2008, 16:29:48 »
“Ma’rifat – qalbning Alloh yagonaligini tadqiq etmog’idir!”.  - Xoja Orif Revgariy
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ma'rifat nima?
« Javob #2 : 16 Noyabr 2008, 14:38:18 »
   Ma'rifat

Dil tubiga nur sochur,
MA’rifat yoqqan chiroq.
Ko’ngil ko’zini ochur,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Toshni titratdi oqin,
Vah, keldi osmon yaqin,
Jonimda chaqdi chaqin,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Dillar diydor talabdir,
Diydor dilga sharafdir,
So’nish bilmas sharafdir,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

O’qigan, uqqan qani,
Eling tanirmi sani?
Har nurida ming ma’ni
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Quyoshdek qatrasi dur,
Tafakkur tig’ida gul,
Shu gulni uzgan bulbul,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Dil tubiga qo’l yetmas,
Ming yil yursang yo’l yetmas,
Agar qo’lingdan tutmas,
Ma’rifat yoqqan chiroq.

Kim bilgan, kim bilmagan,
Olamni olam qilgan,
Odamni odam qilgan,
Ma’rifat yoqqan chiroq.


Mahmud Toir.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Baxt nima? Baxtlimisiz?

Muallif AbdulAzizBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 43
Ko'rilgan: 54766
So'nggi javob 01 Sentyabr 2013, 16:07:36
muallifi albatros
Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 110
Ko'rilgan: 112770
So'nggi javob 21 Mart 2013, 19:20:45
muallifi duvlaev
Haqiqiy boylik nima???

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 15985
So'nggi javob 04 Iyul 2011, 21:23:38
muallifi Mutaallim-2010
Universitetdagi oqishdan nima olaman?

Muallif MargilanetsBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 5732
So'nggi javob 05 Iyun 2013, 16:31:21
muallifi Muxsiya
Webmoney nima?

Muallif NodiBo'lim Internet

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 9610
So'nggi javob 06 May 2008, 09:22:32
muallifi Usmon