Oldin o'zbek tilini o'rganaylik!!!  ( 25018 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Mo'min Mirzo  10 Fevral 2012, 20:58:21

Bir qancha ruslashib ketgan o'simliklar ham bor.
Ukrop - Shivit
Selderey - Karafs
Romashka - Moychechak
Salat - Qohu
Barbaris - Qoraqand
Kardamon - Hil
Gorchitsa - Hardal
Shipovnik - Namatak
Malina - Yer tut
Soya - Boqila
Perlovka - Arpa yormasi
Chesnok - Sarimsoqpiyoz
Topinambur - Yernok
Pomidor - Bodinjon
Patisson - Kulchaqovoq
Sosna - Qarag'ay

Qayd etilgan

Shokir63  10 Fevral 2012, 21:07:57

 Shokir63, gaplaringizda jon bor, ammo o'zbek tili aslida turkiy tildir. Bu turkiy til yillar davomida arab tili bilan birga shakllandi. Arab tili ham turkiy til bilan birga shakllandi. Bu tillarda bir-biriga o'xshash so'zlar juda ko'p. Xuddi, ingliz, nemis, fransuz tillarida bir-biriga o'xshash so'zlar ko'p bo'lgani bilan har bir millat o'z tiliga oid bo'lgan so'zlarga egalik qiladi. Man yuqorida oddiy bir misol keltirdim. U so'zlarni ishlatish majburiy emas.Istagan ishlatadi. Ammo bizning lyuboy, a tak, postayanniy, zdaniya, rayon, oblast, nalog, tamojnya, granitsa, va hkz xullas shunga o'xshash juda ko'p chetdan kelgan so'zlarni ishlatamiz. Shu so'zlarning ammo o'z tilimizda ham chiroyli qilib aytsa bo'ladi-ku. Samolyotga munosib eng chiroyli o'zbekcha so'z bu rostdan ham uchoq hisoblanadi. Biz ammo samolyotga o'rganib qolganimiz uchun o'zimizdagi so'zlarni ishlatish erish tuyuladi. Yana shuni aytmoqchiman, hamma so'zlashuvda o'zlari istagan so'zlarni qo'llanadi, hech kim uchun majburiy emas. Maqsad bu fikr almashish, ona tilimizda ishlatilmayotgan so'zlarni bir-bir eslash. (Afsuski, u so'zlarni ishlatish o'rniga eslab o'tiribmiz :( )

Buning eng yaxshi yo'llaridan biri, shu yangi so'zlarni ishlatadigan qahramonlar yaratish. Otabek, Kumushga o'xshagan. Masalan "siz o'shamu" so'z birikmasi qanchalar mashhur. Lekin afsus xalq sevgan qo'shiqchilar va ko'pla mashhurlar o'zbek tilini buzib gaplashishadi.

Shu yerda bir misol xayolimga keldi. Angliyada eski avlod tiniq angliya ingliz tilida gaplashishadi, biroq yoshlarning ichi amerikan ingliz tilisida gaplashadiganlar ham uchraydi. Buning saba Amerikada ishlab chiqarilgan filmlarning tasiri ekan. Yoshlar o'zlari yoqtirishgan qahramonlarga o'hshashga harakat qilishadi doim.

Til masalasi juda jiddiy va juda qiyin masala. Fransiya qanchadan-qancha mablag'ni o'z tilini yot millatlarga o'rgatish uchun harakat qildi, lekin bari-bir foyda bermadi, nemis tilini beliga Gitler urdi va hokazo.

Qayd etilgan

amir.temur  10 Fevral 2012, 23:51:09

To'ppa-to'g'ri gapirdingiz. Gaplaringizga qo'shilaman. Inshalloh bu muammoni hamma o'zbeklar asta-sekin tushunib yetadi. Ko'proq kitob o'qish, oddiy kundalikda ishlatayotgan so'zlarimizga e'tibor bermog'imiz lozim. Masalan, shaxsan o'zim imkon qadar, yot so'zlarni ishlatmasdan gapirishga harakat qilaman. Uydagilarga ham bu haqda tez-tez eslatib turaman. Natija yomon emas inshalloh. :)

Qayd etilgan

Shuhrat_  06 Sentyabr 2012, 22:39:33

 :asl3:
Boshpud so'zini tahriri,
afisha so'zini uzbekchasi qanday buladi

Qayd etilgan

AbdulAziz  06 Sentyabr 2012, 23:30:05

:asl3:
Boshpud so'zini tahriri,
afisha so'zini uzbekchasi qanday buladi

Boshpud - so'zlashuv tilidagi boshpurt so'zining shakllaridan biri. Boshpurtning ma'nosi aynan pasportga to'g'ri keladi.
Afisha so'zi fransuz tilidan olingan bo'lib, konsert, tadbir, spektakl, kinolar haqida ko'rinarli joylarga yopishtiriladigan axborot, e'lon ma'nosida ishlatiladi. Buni o'zbekchada e'lon, bildirgi kabi so'zlar bilan muqobil qo'llash mumkin. Masalan, spektakl e'loni, konsert e'loni, tadbir bildirgisi.

Qayd etilgan

Turkmentug  07 Sentyabr 2012, 00:15:14

21 fevral kuni,Doha, Al Arapda Uzbekiston va Irak ortasida kechkan oyini korishga tushgandim .Oyungohdaki muhlislarning 80 foyizi Uzbek bayroklarini kotargan va Uzbekiston futbolkalar kiyganlar edi (uzi oyin korgana AL Arabga kelgan odam hammasi bolup yuxdan kop emas edi,nazarimda...) 90 dakika ayokda turganim,koshnilarim yutkizgani...dan ham battar kayfiyatimni tushurgan narsa,yuziga Uzbek bayrogi rasmini chizgan odamlarning "davay ,peryot..." diya bakirishlari boldi.
 usha oyun utgagach ,muhlislarga boshchilik kilayatkanday koringan odamni yonoga borib bu tugrida fikrimni aytgandim ham ( lekin u menga "buni esiga tushup yurgan narsani kara" deganday bir nazar tashlsh bilan kifoyalandi )...
 ahir ARAP davlati,oynayatganlar ham UZBEK va IRARliklar,Muhlislar biz,UZBEK,TURKMEN,TOJIK... nega ruscha?

Qayd etilgan

Музаффар  07 Sentyabr 2012, 10:14:50

:asl3:
Boshpud so'zini tahriri,
afisha so'zini uzbekchasi qanday buladi

Boshpud - so'zlashuv tilidagi boshpurt so'zining shakllaridan biri. Boshpurtning ma'nosi aynan pasportga to'g'ri keladi.
Afisha so'zi fransuz tilidan olingan bo'lib, konsert, tadbir, spektakl, kinolar haqida ko'rinarli joylarga yopishtiriladigan axborot, e'lon ma'nosida ishlatiladi. Buni o'zbekchada e'lon, bildirgi kabi so'zlar bilan muqobil qo'llash mumkin. Masalan, spektakl e'loni, konsert e'loni, tadbir bildirgisi.
А ахматли А­нам хам пасспортни "Бошпут" деб атардилар,
Горчичник сса сзбекчасига Хантал бсларкан
Қолаверса Венгриснинг хам соф сзбек тилидаги номи бор скан - Можаристон

Qayd etilgan

Муҳаммад Соҳиб  07 Sentyabr 2012, 18:04:46

Менинг раҳматлик бувим, Шлангни-Ичак, Кастрюлни-Сатил дердилар... Ва сна бир қанча ссзларни айтардилар. А­сга тушганда ёзиб турамиз :)

Qayd etilgan