Oldin o'zbek tilini o'rganaylik!!!  ( 25039 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


amir.temur  10 Fevral 2012, 04:51:49

Bilamizki, hozirgi kunda so'zlashuvimizda ko'p ruscha so'zlar ishlatiladi. Bu ruscha yoki boshqa tillardan kirib kelgan so'zlar ona tilimizga shu qadar singib ketyaptiki, undan voz kechishimiz qiyin bo'lib qolgan. Masalan, 99 foiz odam do'konga kirsa, biror narsa sotib olsa, qaytim pulingizni oling demaydi, zdachi deb gapiradilar. Bir e'tibor qiling, bunaqa holatlar hayotda rosa ko'p uchraydi. Kelinglar oldin o'zbek tilida chiroyli va to'g'ri gaplashaylik, o'zbek tilimizdagi so'zlarni so'zlashuvda ko'proq qo'llanaylik. Biror so'zlarning o'zbekchasini topolmayotgan bo'lsangiz, ushbu forumga savol qilib berishingiz mumkin. Bundan tashqari boshqa ishlatilmay ketgan o'zbek tilidagi so'zlar ham berib boriladi. :)

Qayd etilgan


muxlisa  10 Fevral 2012, 09:37:20

Kreativ so'zining tarjimasi nima bo'ladi?

Qayd etilgan


azizbek_mx  10 Fevral 2012, 09:43:57

create - hosil qilish, yaratish sözidan olib qarasak, yasalgan, yaratilgan ma'nosini beradi. Vallohi a'lam

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  10 Fevral 2012, 10:11:34

''Kreativ'' so'zining o'rniga gapning mazmuniga qarab, ''faol'', ''ijodkor'', ''yaratuvchan'' so'zlarini qo'llasa bo'ladi.

Qayd etilgan


muxlisa  10 Fevral 2012, 12:27:58

Shunda kreativnoe reshenie nima deyiladi?

Gadjetning  ham tarjimasi kerak edi, bir so'z bilan  nima desa bo'ladi?

javoblar u-n raxmat.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  10 Fevral 2012, 13:49:04

Kreativnoye resheniye - ijodiy yechim;

Gadjet - uskuna, moslama;

Qayd etilgan


Shokir63  10 Fevral 2012, 14:48:17

Shunda kreativnoe reshenie nima deyiladi?

Gadjetning  ham tarjimasi kerak edi, bir so'z bilan  nima desa bo'ladi?

javoblar u-n raxmat.

kreativnoe reshenie- noananaviy ijodiy yechim

yechimning o'zi ijod hosili bo'lgani va o'zida ijod ma'nosini yashirib kelgani uchun, shunchaki noannaviy yechim, favqulodda kutilmagan yechim iboralarini qo'llasakham bo'ladi, mening nazarimda.
noananaviyning sinonimlariga qarab boshqa javob ham yozish mumkin, lekin hozir xayolimga kelmayapti.

Qayd etilgan


amir.temur  10 Fevral 2012, 15:16:00

O'rtoqlar, hayotimizda hozir texnologik so'zlar, shu kabi boshqa zamonaviy so'zlar kirib kelyapti. Ularning ko'pchiligi boshqa tillarda ham bir xil aytiladi. Ammo imkon qadar uning o'zbekchasi ishlatsak yanada ona tilimizning rivojiga hissa qo'shgan bo'lamiz.
Masalan, apelsin so'zining o'zbekchasi po'rtaxol, jirafa so'zining o'zbekchasi esa zarrofa ekan. Kim yana shu kabi so'zlarni biladi. Bilsalaringiz forumga yozib qoldiringlar :) Forumda qatnashyotgan do'stlarga katta rahmat :)

Qayd etilgan


Shokir63  10 Fevral 2012, 16:18:50

til qog]ozda o'zgarmas ekan.

Bundan yigirma yil oldin, Fransiyaga nisbattan Farangiston, Samalyotga nisbattan uchoq, ayraportga nisbattan - tayyoragoh va hokaza so'zlar chiqqan edi, lekin xalq hali ham o'sha eski halotda gapirmoqda hatto yozishmoqda. Olaylik o'sha apelsinni, hududimizda bo'lmagani uchun o'zashtirma so'z, po'rtaxal esa turk tilidagi (arablar ham portakal deydi) portakalni o'zbekcha talafuzi. Jirafa ham xuddi shunday zarrofa o'zbekcha so'z emas, uham yangi bir so'z. Kimningdir nazarida jirafining o'zbekcha talafuzi. Jirafa bizga qanchalik begona bo'lsa zarrofa ham shunchalik begonadir. Ikkinchisi birinchisiga nisbattan hozirgi zamonda yanada begonaroq, chunk u yangi so'z.

Bu fikrni yuqoridagi fikrga zid o'laroq emas, o'zbekchalashuv hammasi befoyda bari-bir deyish uchun emas, yillar davomida hosil bolgan mulohaza shaklida bayon ettim.

Ayni ruhda davom etishni tilayman.

Qayd etilgan


amir.temur  10 Fevral 2012, 18:36:23

  Shokir63, gaplaringizda jon bor, ammo o'zbek tili aslida turkiy tildir. Bu turkiy til yillar davomida arab tili bilan birga shakllandi. Arab tili ham turkiy til bilan birga shakllandi. Bu tillarda bir-biriga o'xshash so'zlar juda ko'p. Xuddi, ingliz, nemis, fransuz tillarida bir-biriga o'xshash so'zlar ko'p bo'lgani bilan har bir millat o'z tiliga oid bo'lgan so'zlarga egalik qiladi. Man yuqorida oddiy bir misol keltirdim. U so'zlarni ishlatish majburiy emas.Istagan ishlatadi. Ammo bizning lyuboy, a tak, postayanniy, zdaniya, rayon, oblast, nalog, tamojnya, granitsa, va hkz xullas shunga o'xshash juda ko'p chetdan kelgan so'zlarni ishlatamiz. Shu so'zlarning ammo o'z tilimizda ham chiroyli qilib aytsa bo'ladi-ku. Samolyotga munosib eng chiroyli o'zbekcha so'z bu rostdan ham uchoq hisoblanadi. Biz ammo samolyotga o'rganib qolganimiz uchun o'zimizdagi so'zlarni ishlatish erish tuyuladi. Yana shuni aytmoqchiman, hamma so'zlashuvda o'zlari istagan so'zlarni qo'llanadi, hech kim uchun majburiy emas. Maqsad bu fikr almashish, ona tilimizda ishlatilmayotgan so'zlarni bir-bir eslash. (Afsuski, u so'zlarni ishlatish o'rniga eslab o'tiribmiz :( )

Qayd etilgan