Assalomu aleykum.
2011 yil may oyida ikkinchi qizim tug'ulgan edi. Forumga kirmaganim uchun siz azizlarning duolaridan bebahra qoldim. Ismmini Safiya qo'ydik. Ular o'shanda O'zbekistonda edilar, hozir xudoga shukr yonimdalar. Qizimning tug'ulishi bilan Alloh ilhom nasib etib, bir she'r yozgan edim, uni ham etiborlaringizga havola etaman.
Duolaringizni kutib qolaman.
Qizim Safiyaga
Uzoqlardan kutardim xabar.
Kelishingni kutardim mushtoq.
Maktublarni ocharkan, har gal
Vujudim chulg’ardi titroq.
Kulsin deb, taqdirdan yuzim
Ollohimga qilardim duo.
Va sog’-omon keldingku qizim,
Duolarim bo’lib mustajo.
O qanchalar go’zaldi onlar.
Vujudimga sig’masdi qalbim.
Ko’zlarimda mavjlanib yoshlar,
Hayajondan tiqilib bo’gzim.
Yig’lar edi go’shakda onang,
Yi’glar edi sevinchdan shodon.
Oh qanchalar ezildi qalbim,
Ko’rolmam deb yulzingni ul on.
Uzoqlardan seni quchaman,
Mehrim bilan, otash qalb ila.
Ollohimdan yana so’rayman,
Ulg’aygin deb , bo’lib oqila.
Munis, jajji qalbingda sening ,
Hozir yo’qdir hech qanday g’ubor.
Xoxlardimki, bu qohna dunning
Gardlaridan qo’nmasin zinhor.
Yaratgandan tilayman qalbing,
Go’zal amal doniga to’lsin.
Sen ulg’aygach, ko’karib ming-ming
Yurtimizni gulga burkasin.
O’zbekiston gullar o’lkasi,
Bir kun bo’lgay senga omonat.
Onang bergan oq suti haqqi,
Millatingga xizmat qil faqat.