Qizli bo'ldim:) - (Shokir63dan xushxabar)  ( 8644 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Shokir63  11 Fevral 2012, 11:05:19

Assalomu aleykum.
2011 yil may oyida ikkinchi qizim tug'ulgan edi. Forumga kirmaganim uchun siz azizlarning duolaridan bebahra qoldim. Ismmini Safiya qo'ydik. Ular o'shanda O'zbekistonda edilar, hozir xudoga shukr yonimdalar. Qizimning tug'ulishi bilan Alloh ilhom nasib etib, bir she'r yozgan edim, uni ham etiborlaringizga havola etaman.
Duolaringizni kutib qolaman.

       Qizim Safiyaga
Uzoqlardan kutardim xabar.
Kelishingni kutardim mushtoq.
Maktublarni ocharkan, har gal
Vujudim chulg’ardi titroq.
 
Kulsin deb, taqdirdan yuzim
Ollohimga  qilardim duo.
Va sog’-omon keldingku qizim,
Duolarim bo’lib mustajo.
 
O qanchalar go’zaldi onlar.
Vujudimga sig’masdi qalbim.
Ko’zlarimda mavjlanib yoshlar,
Hayajondan tiqilib bo’gzim.
 
Yig’lar edi go’shakda onang,
Yi’glar edi sevinchdan shodon.
Oh qanchalar ezildi qalbim,
Ko’rolmam deb yulzingni ul on.
 
Uzoqlardan seni quchaman,
Mehrim bilan, otash qalb ila.
Ollohimdan yana so’rayman,
Ulg’aygin deb , bo’lib oqila.
 
Munis, jajji qalbingda sening ,
Hozir yo’qdir hech qanday g’ubor.
Xoxlardimki, bu qohna dunning
Gardlaridan qo’nmasin zinhor.
 
Yaratgandan tilayman qalbing,
Go’zal  amal doniga to’lsin.
Sen ulg’aygach, ko’karib ming-ming
Yurtimizni gulga burkasin.
  
O’zbekiston gullar o’lkasi,
Bir kun bo’lgay senga omonat.
Onang bergan oq suti haqqi,
Millatingga xizmat qil faqat.

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2012, 11:23:00

:vsl3:

Qizaloq oramizga xush kelibdilar. Baxtli, tolehli qiz bo'lsinlar iloyim. Ota-onasi, yaqinlari niyyat qilganidan ham ziyodasini bersin Rabbim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2012, 11:23:48

Xayrli ishning kechi yo'q.
Alloh farzandingizni xayrli qilsin!
Fozila, oqila, solihalardan qilsin!
Ko'zingizga nur qilsin!

Qayd etilgan


Best friend  11 Fevral 2012, 12:48:16

 Ilohim oqila, soliha qiz bo'lib voyaga yetsin.

Qayd etilgan


Sirojiddin Tursunov  11 Fevral 2012, 13:19:05

 :bsm3: "Mö'minning birodari u.n qilgan g'oyibona duosi mustajob"- deyilgan ekan. Yaratgan muborak aylasin. Soliha qiz b.b, kelajakda köpchilik g'aflatda yurganlarni hidoyatiga sabab bölsin. Omin.

Qayd etilgan


Ҳанафий  11 Fevral 2012, 13:28:27

 Ассалому алайкум.

 Фарзанд муборак! Аллоҳим умри билан берган бслсин! Ислом равнақи йслида хизмат қилувчи солиҳа қиз бслиб восга етсин!

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  11 Fevral 2012, 14:10:30

Аллоҳ берган фарзанд муборак бслсин! Келажакда ота онасига раҳмат келтирадиган слига юртига манфаат келтирадиган, ота онасини юзини ерга қаратмайдиган солиҳа, мсминалардан бслсин! Икки дунё саодатига сришсин! Қиёматда ҳам ота онасини юзини ёруғ қилсин! Фарзанд хожатмандларга ҳам Аллоҳ шундай ширин шакар сғил ва қиз фарзанд неъматлари берсин!

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  11 Fevral 2012, 14:23:41

Farzand muborak bo'lsin, Alloh sifatlagan muslimalardan bo'lsin.

Qayd etilgan


registan  11 Fevral 2012, 14:31:34

Muborak bo'lsin, Alloh sog'-salomat ulg'aytirsin.

Yurtiga, millatiga, xalqiga, diniga foydasi tegadigan ummat bo'lsin.

Qayd etilgan


Habib  11 Fevral 2012, 15:23:03

Жуда улуғ неъмат билан сийлабди Аллоҳ. Ауридийдангиз сзингиз Аллоҳдан ссраганингиз каби бслсин!
Фарзанд талабидагиларга Аллоҳ фарзанд ато қилсин! :amn3:

Qayd etilgan