amur temur usmoniyla bilan nima sababtan uruwkan ikkalasyam musulmon bugaku qolaversa usmoniyla mag`lub bugandan keyn mustamlaka davlatlarini ozot qivorgan amur temur usmoniyla evropani musulmon qiliwka harakat qilitkan bor paytda uzi wunday buganmi
http://www.turkiyat.selcuk.edu.tr/pdfdergi/s15/das.pdf Mani o'zim shunga o'xshash ko'p maqola va kitoblarni o'qiganman. Xulosa shunday bo'lganki, Amir Temur Sulton Boyaziddan o'zining dushmanlarini (Sulton Ahmad Jaloyir va Qora Yusuf) qaytarib berishini so'ragan, shuningdek shartlar ancha yengil bo'lgan. Sulton Boyaziddan esa ilk boshda haqoratli maktub kelgan. Ammo bu maktub yozishmalari davomida bu jahldorlik ancha pasaygan va hatto Usmonli hukmdori Sohibqironga tobeligini ko'rsatmoqchi bo'lgan. Lekin afsuslar bo'lsinki, allaqachon bunga kech qolgan. Temur maktublarida borgan sari shartlarini toraytirib, qat'iy ravishda talablar qo'ygan va o'rtada jang kelib chiqqan. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bu jangga ularning maktub yozishmalaridan, kibrlaridan tashqari, ikki tarafga qochib o'tganlar (Amir Temur tomonga Sulton Boyazid beklari, Sulton Boyazid tomonga esa Amir Temurning dushmanlari) ikki hukmdorni urushga gijgijlaganlar. Barcha tarixiy kitoblarda shu aniqki, avvalo Amir Temur Usmonli davlatiga urush ochish niyati bo'lmagan. Bu paytda Amir Temur Evropa davlatlarining elchilarini qabul qilib, ularga josuslar yuborib, Evropadagi vaziyatlarni o'rgangan va Evropa urushi Boyazid uchun juda ham muhimligini fahmiga borgan. Bu mavzuda Boyazidga yordam berish masalasi ham muhokama qilingan. Amir Temurning g'arbga yurishdan maqsadi, ikki dushmanini yo'q qilish (Qora Yusuf dushmani ayniqsa yomon bo'lgan, Hajga ketadiganlarni talagan, karvonlarga ko'p hujum qilgan odam bo'lgan), Misrda hukm so'rayotgan, ammo hukumati zaif bo'lgan, shu barobarida Usmonlilarga oid bo'lmagan hukmdorlarni o'ziga tobe qilib, chegaralarni mustahkamlash bo'lgan. Boyazid bilan mustahkam aloqalar o'rnatish bo'lgan (qarindoshlik aloqalari ham shuning ichiga kiradi, yani Boyaziddan kelin tushirmoqchi bo'lgan). Ming afsus, vaziyat boshqa tomonga burilib ketgan. Sohibqiron Temur Anqara urushidan keyin Boyazidning asir olganidan keyin unga yaxshi muomala qilgan va Usmonli taxtini uning o'gillariga bo'lib berib, ularni tobe qilgan holda yana Vatanimizga qaytgan. Amir Temur Anqara urushidan o'zi ham afsus chekkan. Shu sababdan, Usmonli davlatida hukmini qattiq yurg'izmagan. Amir Temurning eng katta maqsadi - sirli va shohona Xitoy davlatini bosib olish bo'lgan, bu urushga necha yillardan beri tayyorgarlik ko'rgan. Hatto Xitoy chegaralarida juda mustahkam qal'alar qurilgan va chegara hududlari jang qilishga tayyorlanib qo'yilgan. Yana shunday ma'lumotlar borki, Amir Temur urushga chiqqanida qo'shiniga 7 yilga yetadigan oziq-ovqat bo'lgan.
Bu mavzu Usmonli hukmdorlari haqida edi, kechirasizlar Sohibqiron hazratlari haqida ham qisqacha bilganimdan ma'lumotlar berib yubordim. Mavzudan chiqib ketganim uchun uzr so'rayman. Bu mani fikrlarim edi.