Universitetdagi oqishdan nima olaman?  ( 11915 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:40:14

Samo:

Salom

Universitetga oqishga kirmoqchiman
degan savol kopchilik yoshlarni orzusi
ammo hamma ham ozi HAQIQATDAN orzu qilgan kasbiga kirmoqdami
yoki ota onasi istagi yoki prestij orqasidan quvgan holda kirmoqdami
keyin universitetdagi oqishlardan nimalar kutmoqdalar
haqiqatdan kutgan narsalar bilan duch keladilarmi yoki
ayrim nohush holatlar ham bormi? shu haqda suhbatlashsak

Qayd etilgan


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:40:31

Assalom:

Siz aytgan holatlarning hammasi kuzatilishi mumkin.

O`qishga kirish yoshidagi yigit-qizlar ko`proq xayolotga berilgan bo`ladilar. Ko`pincha ular o`z yo`llarini aniq belgilashga qiynaladilar. Bugun buyerga kiraman desalar, ertaga boshqa o`qishni hohlab qoladilar. Ayni paytda ular har kimning ham gapiga uchishlari mumkin va ko`proq boshqalardan maslahat olishga kirishadilar. Mana shu paytda ularga berilgan har qanday maslahat kelajakni belgilashi mumkin.

Qayd etilgan


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:40:55

samo:

ana shu maslahat afsuski kopgina hollarda FIKRLAR QURBONI kopyishiga olib keladi.
Muammoni OZI hal qilishni payti keldi
MASULIYATni olishni organish lozim...
Aziz oquvchilar hamda bolajak abiturentlar bu mavzu ostida koproq bahslashsak yahshi bolar edi.

Qayd etilgan


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:41:12

A'lochi:

Универститетга кирган яхши. Барибир олий маълумотли, укиган одам деган ном олади. Лекин бу ерда билим оламан деб хомтама булманг. Порахур домлалар-у, ишёкмас курган кизнинг оркасидан чопадиган курсдошларни куриб укигинги келармиди? А, энди яхши укитувчилар хам, яхши курсдошлар хам бор. Бечора яхши укийдиганлар арранг 3 ва 4 га илашиб юришади. Гирт тупой, хеч нимани билмайдиган, лекин пули ва танкаси кучли булганлар 5 билан укишади. Ана шундай!

Qayd etilgan


Margilanets  08 Sentyabr 2006, 07:41:29

Assalom;

Gaplaringizga qo'shilaman, albatta bunday "minus" holatlar ham talaygina. Lekin bu degani hammasi emas. Hamma joyda ham agar siz o'zizi ustizda ishlasangiz, doimo domlalarning hurmatiga sazovor bo'lsangiz sizga nisbatan ularning munosabati ham samimiy bo'ladi. Hech narsaga e'tibor bermasdan o'qiyverish, harakat qilish kerak. Shundagina ko'zlangan maqsadga yetishasiz.

Qayd etilgan


Samo  10 Oktyabr 2006, 05:53:51

hozir Oqish  ayrim uchun biznes desam mubolaga bolmasa kerak.
Ayrimlarni biznesiga qurbon bolmaslik uchun nima qilish kerak
kimda qanday fikr bor
Universitet malum toifadagi insonlar uchun KADR yetishirib chiqaradigan maskan hisoblanadi.
95-97 % bitiruvchilar rejalashtirilgan (yani ozi rejalashtirmagandan keyin boshqasini rejasi ostida) faoliyat yuritadi.
buning uchun nima qilish kerak.

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2007, 12:55:19

Bu judayam dolzarb savol.Menimcha hozir o'qiyotgan talabalar o'z maqsadlarini bilishmaydi.Nima uchun o'qiyapman,kelajakda qanday yashayman?Bu savollar umuman ularni qiziqtirmaydi.Bunga 2 narsa sabab bo'lishi mumkin:
1.Bolalikdan ota-onasining hukmi ostida yashagan(bu bir oz qo'pol eshitilsa ham, shunday bolalar o'z mustaqil fikrlariga ega bo'lmay o'sishadi) yoshlar katta bo'lganda ham ularning yordamisiz bir ish qilisholmaydi
2.Bunga majbur bo'lgandan ham bo'lishi mumkin.
 Buning oldini olish avvalo yoshlarda o'z "MEN"ini shakllantirish kerak.Bu hayot faqat ularga tegishli ekanligini tushuntirish kerak.Albatta ota-onalar boshchiligida.Agar ota-onaning o'zi tushunishni xohlamasa, unda ... bu ish hali ko'p davom etadi.

Qayd etilgan


Muxsiya  05 Iyun 2013, 16:31:21

Oliygohda olgan bilimlarim yuz foiz amalda kerak bo'lyapti deb ayta olmayman, lekin bu bilimlar kasbiy bilimlar uchun tayanch, poydevor vazifasini o'taydi.

Qayd etilgan