Hurmatli forumchilar,
Bu mavzuda Sarkarda Amir Temur janoblari haqida bilganlarimizni yozaylik va yozganlarimizdan boshqalar ham bahramand bo'lsin. Bu buyuk hukmdorni vatanimizda yashaydigan ahr bir o'zbek bilishi kerak deb o'ylayman. Amir Temurning sharafga bo'rkangan tarixi, shonli o'tmishi bizning va Vatanimiz O'zbekistonning ham tarixidir. U kishining hayotlaridan o'rnak olishga arzigulik lavhalari bor. Sohibqironning hayotini o'rgangan har bir kishining yuragida g'urur his qilishiga ishonaman. Kelinglar, ajdodlarimizni bir eslaylik !