Hadislar — ezgulik kaliti  ( 228254 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 79 B


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 19:57:32

Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!

Ushbu mavzu orqali siz o`zingizga yoqqan, ezgulikka chorlovchi, hayotimiz mazmuniga aylanishi kerak deb hisoblaydigan hadislaringizni joylashingiz mumkin. Iloji bo`lsa hadisning qaysi kitobdan olinganligi, undan chiqargan xulosalaringiz haqida ham yozing.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyun 2006, 19:58:06

Birinchi bo`lib o`zim boshlab bersam:

Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: "œOlloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!" — degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: "œOlloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!" — degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.
Imom Ismoil al-Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" asarlaridan olindi.

Ushbu hadis Allohning bandalariga sevgisini ifodaylaydigan hadis bo`lib, agar Alloh birovni sevsa,
uni hamma uchun sevikli qilib qo`yishi haqida gap borayapti. Agar insonlar o`rtasida sevgi
shunday bo`lsa butun dunyo ahlida bir-biriga muhabbat paydo bo`ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyun 2006, 08:44:06

Rasululloh s.a.v.dan:" Quyidagi alomatlar bahtsizlik alomatidir.O'tgan gunohlarni unutish - bu gunohlar Alloh huzurida saqlangandir.Qilgan yahshilikllarni eslash- ularni alloh huzurida qabul bo'lganmi,yo'qmi bilmay turib.Mol - dunyo to'g'risida o'zidan yuqoridagilarga va din - ilmda o'zidan pastdagilarga qarab ibratlanish.Shunday kishilar haqida Alloh:" Men uni hohladim,ammo u Meni hohlamadi, bas, Men ham uni tark qildim".

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:53:27

Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.
"Sahihi Buxoriy"dan

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyun 2006, 08:56:12

Rasululloh s.a.v.dan:" Hamma payg'ambarlarni so'zsiz bajo bo'ladigan duolari bor, ular bu duolarini bu dunyoda shoshib so'rashgan, men esa bu duoyimni Qiyomatga, ummatlarim shafoatlari uchun asrab qo'yganman".

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:49:00

"Har kim o'ziga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'rmaguncha haqiqiy mo'min bo'la olmaydi."
"Al-Jome' as-sahih", Imom Buxoriy

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:49:37

Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.
Sahihi Buxoriydan

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:50:37

"Allohga bo'lgan shavq va sevgisidan yig'lagan,ko'z yoshi to'kkan ko'zlar,Alloh yo'lida uyqusiz qolgan va bu Haq yo'lida bedor bo'lgan ko'zlarga aslo jahannam azobi ta'sir etmaydi.Bu muborak ko'zlar aslo jahannam azobiga tutilmaydilar".
(Imomi Ahmad, Nasoniy)

"Ikki ko'z borki,aslo jahannamda otash azobiga uchramaydi.Biri-Alloh ishq-muhabbatidan yig'lagan ko'z.Boshqasi esa,Alloh yo'lida navbat kutgan va uxlamagan ko'zdir"
(Ravohi Termiziy)

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:51:25

«Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to‘ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:59:44

Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
Sahihi Buxoriydan

Qayd etilgan