Hadislar — ezgulik kaliti  ( 335324 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 79 B


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:41:08

"Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Uchta (narsa borki, uni qilganlarning) har biri Allohning himoyasidadir, tirikligida Alloh unga kifoya qiladi, o'lsa jannatga kiradi: kimki uyiga salom berib kirsa, u Allohning himoyasidadir. Kimki masjidga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir. Kimki Alloh yo'lida jihodga chiqsa, u ham Allohning himoyasidadir".

Qayd etilgan


Doniyor  03 Oktyabr 2006, 07:41:39

Abdulloh ibn Somit (r.al.) Abu Zarr (r.a.)ga: "Abdurrahmon ibn Ummu Hakamning yonidan o'tayotib, unga salom bergandim, hech narsa deb javob qaytarma-di", dedi. (Abu Zarr (r.a.): "Ey, birodarimning o'g'li, nima bo'pti shunga? Buning hech zarari yo'q, senga o'sha odamning o'ng yelkasidagi undan xayrliroq bo'lgan farishta javob qaytargan", dedi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2006, 19:46:12

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: U kishi daraxt ekayotganlarida oldilaridan Rasululloh s.a.v. o'tib qoldilar va:"Ey, Abu Hurayra, nima ekyapsan?",-dedilar. "Ko'chat ekayapman",-dedilar u kishi. Shunda Nabiy s.a.v.:"Senga bundanda yahshiroq ko'chatni o'rgataymi? U - "Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar", kalimasidir. Bu so'zlarning har biri uchun senga jannatda bir daraxt ekiladi",-dedilar.

Ibn Moja rivoyati.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2006, 19:47:50

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:Nabiy s.a.v. dedilar:"Kim"Subhanallohil a'ziym va buhamdih",desa unga jannatda bir hurmo ekiladi.

Termiziy rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:26:38

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan hurmatliroqman!" - deydi. Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi bilangina ustun va hurmatlidir".
Imom Al-Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:27:42

Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: "Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg'onchiligi uchun yetarlidir". Umar (r.a) aytdilar: "piching gap qilish musulmonning yolg'ondan saqlanayotganiga yetarli (dalil) emasmi?"

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:28:16

Hz.Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) "Insonlarning eng katta gunohkori qabilasini hajv qilgan shoir va otasini inkor qilgan (undan kechgan) odamdir", dedilar".

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 09:27:09

Imom Abulqosim Abdulkarim Qushayriy "tahbir" nomli kitobida Rasululloh s.a.v.ning ushbu hasilarini keltiradi:"Chiroyli hulq kishining bo'ynidagi Allohning roziligidan bo'lgan halqadir. Bu halqa rahmat zanjirlariga ulangan.Rahmat zanjirlari esa jannat eshigi halqasiga tutashgan. Chiroyli hulq qaysi tarafga yurmasin, zanjir uni o'ziga tortib turadi va o'sha eshikdan uni jannatga olib kiradi.
Yomon hulq esa kishing bo'ynidagi Allohning g'azabidan bo'lgan halqadir. U halqa azob zanjiriga bog'langan. Zanjir esa do'zah eshigiga ulangan. Yomon hulq qayoqqa yurmasin, zanjir uni o'ziga tortib turadi va o'sha eshikdan do'zahga olib kiradi".

"Jannat vasfi" kitobidan.
"Musulmonlar taqvim" kitobidan olindi.

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:28:08

Huzayfa (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uxlamoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sening isming bilan o'lib-tirilurman", der edilar. Uyg'onganlarida: "Bizga o'ldirganidan so'ng takror hayot bergan Alloh taologa hamd bo'lsin, qaytishimiz faqat Ungadir", der edilar".

Imom al-Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Laylo  05 Oktyabr 2006, 16:30:12

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan ba'zilari: "Yo, Rasulalloh, biz o'zimizda shunday narsa topdikki, u haqda gapirishni yoqtirmaymiz va u biz uchun quyosh nuri kabidir", dedilar. Ul zot: "Buni oldin topganmidingiz?" - deb so'radilar, "Ha", deyishdi ular. "Bu sof imondir", dedilar ul zot".

Imom al-Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan