Hadislar — ezgulik kaliti  ( 336537 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 79 B


Munira xonim  23 Iyun 2006, 08:53:20

"Insonning jismida to'rt javhar bor, lekin shu javharlarni yeb turuvchi to'rt unsur bor. Ular quyidagilardir:aql - aqlni g'azab ketkazadi, din - dinni hasad ketkazadi, hayo - hayoni tama' ketkazadi, solih amal - solih amalni g'iybat ketkazadi.
"Munabbihot"dan.


Qayd etilgan


Munira xonim  23 Iyun 2006, 08:57:20

"Kemangizni yangilang, chunki dengiz chuqurdir, tayyorgarlikni komil qiling, chunki safar uzoqdir, yukingizni yengillating, chunkiyo'l mashaqqatlidir, amallarinigizni holis qiling, chunki mukofot beruvchi ko'rib turguvchidir".
"Munabbihot"dan.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Iyun 2006, 09:00:45

"Doim qilishlik bilan gunoh kichik holida qolmaydi, istig'for aytishlik bilan gunoh kattalashmaydi".
"Munabbihot"dan.


Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:45:15

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar:
"œQo’li bilan, tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musilmondir. Olloh taolo man’ etgan narsalardan qaytgan kishi xudo yo’lida jihod qilgan kishidir".


Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar:
"œOllohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish iymondandur"

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:45:27

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kishi so’radi:
"œIslomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?" Dedilar: "œOchlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik".


Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so’radilar:
"œQaysi amal afzaldir?" "œOlloh va uning Rasuliga ishonmoq", - dedilar. "œUndan keyin qaysi?" — dedilar. "œOlloh yo’lida jihod qilmoq", - dedilar. "œUndan keyinchi?", - deb so’radilar. "œQabul bo’lguvchi hajdir", - deb javob qildilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:45:46

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar:
"œKimki Laylat ul-Qadr kechasining haqligiga ishonib, Ollohdan savob umidida ibodat qilib chiqsa, qilgan gunohlarining hamamsi kechirilg’usidir".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
"œAgar ummatimni qiyin ahvolda qoldirishdan qo’rqmasam edim, birorta jangdan qolmagan bo’lur edim, men Olloh yo’lida jon nisor etib, keyin tirilsam, yanan o’lib, yana tirilsam va yana o’lib va yana tirilsam va yana o’lsam, der erdim".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar:
"œKimki Ramazon kechalari, Ollohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o’tkazg’usidir, uning qilgan gunohlari mag’firat qiling’usidir".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:03

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam deganlar:
"œAhli jannat jannatga kirgaydir, ahli do’zax do’zaxga kirgaydir, keyin Olloh taolo maloikalariga: "œQalbida zarracha iymoni bor odamni do’zaxdan chiqaringiz!" — deb aytdilar. Ular shundan so’ng, kuyib, qorayib ketgan holda do’zaxdan chiqgaydirlar, hayot daryosida cho’milgaydirlar, yomg’irdan keyin giyohlar ungandek badanlari ko’rkam bo’lg’usidir".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar:
"œTushumda ko’rsam, odamlarning ko’ylaklari etagi ko’kraklari barobarida, ba’zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor, uning ko’ylagi uzun, hatto erda sudralib yuribdilar". Sahobalar so’radilar: "œNimaga yo’ydingiz?" "œDinga yo’ydim", - deilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:18

Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko’pchilik bilan suhbatlashib turgan edilar. Bir kishi qoshlariga kelib salom bergach: "œIymon nadur?" — deb so’radi. "œIymon Ollohga, uning maloiklariga, payg’ambarlarning haq ekanligiga, Ollohni qiyomat kunida ko’rishga, o’lgandan keyin tirilishga ishonmog’ingdur",- dedilar. "œIslom nadur?" dedi. "œIslom Ollohga (shirk keltirmasdan) ibodat qilmog’ing, besh vaqt namoz o’qimog’ing, farz zakotini bermog’ing va Ramazon ro’zasini tutmog’ingdur",- deb javob qildilar. "œEhson nadur?" —dedi. "œOllohga uni ko’rib turganingdek ibodat qilmog’ingdir. Agar sen ko’rmayotgan bo’lsang, u seni ko’rib turibdi", - dedilar. "œQiyomat qachondur?" — deb so’radi. "œSo’ralayotgan kishi so’raguvchidan ortiq bilmaydi, biroq alomatlarini aytib beray, ular quyidagichadur: xotinlar o’z egalarini tug’adiganbo’lganda (bolalar ota-onalariga xo’jayin bo’lib, ularning dilini og’rita boshlaganda), tuyaboqar cho’ponlar baland-baland imorat sola boshlaganda. 5 ta g’oyibiy (sir) narsa bor, uni faqat Olloh bilur, ulardan bittasi — qiyomatning qachon bo’lmog’idur" — deb o’sha mamundagi oyati karimani o’qidilar. Keyin, haligi kishi qaytib ketdi. Rasululloh dedilar: "œQaytaringlar haligi kishini (sahobalar tushunsinlar deb shunday qildilar!)" Orqasidan chiqib, topmadilar. Rasululloh dedilar: "œBu Jabroildur, sizlarga diningizni o’rgatgani kelgandur." Imom Buxoriy aytadilar: "œRasululloh sallallohu alayhi va sallam yuqoridagi hamma narsalarni iymondan deb hisobladilar".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:25

Talha ibn Ubaydullohdan: "œRasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga Najd qabilasidan bir kishi keldi. Sochlari to’zg’igan. Uning g’udurlagan ovozini eshitamiz-u, nima deyayotganini tushunmymiz. Yaqin kelganda tinglab quloq solsak, islom asoslarini so’rayotgan ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga javoban: "œIslom asoslaridan birinchisi — bir kechayu kunduzda 5 vaqt namoz o’qimoqlikdir", - dedilar. "œShu 5 vaqt namozdan tashqari yann zimmaga tushadigan vojib namoz bormi?"- deb so’radi. "œYo’q, illo o’zing hohlab nafl o’qishing mumkin", -deb javob berdilar. "œIslom asoslaridan ikkinchisi — Ramazon ro’zasini tutmoqlikdir",-dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam. "œRamazondan tashqari ham zimmaga tushadigan vojib bormi?"- deb so’radi. "œYo’q, illo nafl ro’za tutishing mumkin", - dedilar. U kishi qaytib ketayotib: "œOllohga qasm ichurmenki, bunga hech narsani qo’shmasman ham, bundan hech narsani kamaytirmasman ham", - dedi. Rasululloh aytdilar: "œAgar so’zida sodiq ersa, shu odam najot topg’usidir."

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:33

Abu Sa’id Hudriy: "œRasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œAgar banda islomga kirib, uni ixlos bilan yahshilashni davom etdirsa, Olloh taolo uning hamma qilgan xatolarini kechirgaydir. Bundan keyingi xatolarigina hisob-kitob qilingaydir. Yaxshilik 10 barobardan 700 barobargacha ko’paytirib yozilur. Yomonlik bitta bo’lsa, bittaligicha yozilur, illo yozilmasdan Olloh kechirib yuborishi ham mumkindir"- deganlar", - deydi.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: "œKimki yurakdan "œLo iloha illalloh"degan ersa va uning yuragida bug’doy donasicha yaxshilik (iymon) bor ersa, do’zaxdan chiqqusidir". Rasululloh sallallohu alayhi va sallam deganlar: "œIymon uchun yaxshi joy ato qilinmishdir" (ya’ni, iymonning o’rni do’zaxda emas, jannatdadur).

Qayd etilgan