Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337547 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 79 B

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:41

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar: "œMusulmonning so’kmog’I fosiqlik erur va qotilligi kofirlik erur".

Umar ibn Xattobdan: "œYahudiylardan bir kishi menga: "œEy Amir al-Mo’minin, Kitobingizda bir oyat border, sizlar uni o’qiysizlar, agar shu oyat bizga nozil bo’lganda erdi, o’sha kunni biz bayram qilib olur edik", - dedi. Men "œQaysi oyat?"- deb so’radim. U: "œBu kun diningizni mukammal qilib beribdurmen va ne’matlarimni (hidoyat, tavfiqimni) sizlarga mo’l-ko’l qilibdurmen va sizlar islom dinini qattiq tutishingizni va islom yo’lida yashahslaringizni ixtiyor etibdurmen"degan oyat", - deb aytdi. "œHa, biz o’sha oyat karima tushgan kunni va tushgan joyni bilurmiz. Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arofatda turganlarida nozil bo’lgandir", - dedim" (O’sha oyati karima tushgan kun sharafiga bizda bir emas, ikki marta bayram qilinur; har jum’a kuni va Qurbon hayotida).

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:46:49

Abu Hurayra r.a. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: "œYetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o’tgan kishini;
3. Yolg’iz holida Allohni eslab ko’z yosh to’kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog’langan kishini;
5. O’ng qo’li bilan bergan sadaqani chap qo’li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo’lida do’stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda "œAlloh taolodan qo’rqaman", deb bosh tortgan kishini".

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:00

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:07

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBiror qalb yoqki, Tangrining qo’lida bo’lmasa, agar xohlasa u qalbni to’g’rilab qo’yadi, xohlasa adshtirib qo’yadi. Darajalar tarozusi ham uning qo’lidadir. Birovlarning darajasini ko’tarib, boshqalarani pasaytirib turadi".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œOdam tanasida qornidan yomon idish yoqdir. Inson bir necha osham ovqat bilan kifoyalanadi. Agar zarur bo’lsa qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan uchdan birini nafas olishga ajratsin".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œIlmni o’rganib, so’ng uni boshqalarga o’rgatmaslik go’yoki molu dunyoni yig’ib, uni sarf qilmay, ko’mib qo’yish bilan barobardir".

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:14

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œInson farzandi yaratilganda yonida o’limning 99 sababi ham birga yaratiladi. Agar u shu o’limlardan xalos topib yashasagina unga qarilik nasib etadi".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBeshta g’oyibona ilm borki, ularni tangridan o’zga hech kim bilmaydi:
Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo’lishini bilmaydi.
Tngridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi.
Qiyomat qachon bo’lishini ham Tangridan o’zga hech kim bilmaydi.
Hech bir inson o’zining qaerda vafot etishini bilmaydi.
Qachon yomg’ir yog’ishini hm Tangridan o’zga hech kim bilmaydi".

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:23

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:35

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œOz bo’lib kifoya qilib turgani, ko’p bo’lib yo’ldan ozdirganidan yahshidir".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki qilmishig pushaymon bo’lib uzr so’ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Allohi Taolo qiyomat kuni kechirur."

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œDsturhonga to’kilgan taom va ushoqlarni terib yeydigan odamning gunohlari to’kiladi".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimiki o’zini katta tutib, yurish-turishida kibru havoli bo’lsa, oxiratda Allohning g’azabiga duchor bo’lur".

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:43

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œMusulmon kishilarning bir-biri bilan qo’l berib so’rashishlari boshalarning o’pishib ko’rishishlari bilan barobardir".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œIlmni yozib qo’yish bilan bog’lab olinglar".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œMusulmon kishining umri o’tib qarigani sari unga yahshiliklar ato etilaveradi".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œHikmatli so’z mo’min kishining yo’qotgan narsasidir. Uni qaerdan topsa, o’zlashtirib olishga haqlidir".

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œQabriston ziyoratiga boruvchi ayollarni va qabriston ustiga masjid quruvchi yoki chiroq yoquvchilarni Allohi Taolo la’natlasin!"

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:47:52

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimni biz biror amalga tayin etib qo’yganimizdan keyin u nina miqdorida va undan ortiq narsani bizdan yashirib o’zlashtirmoqchi bo’lsa, qiyomat kuni shu olgan narsasi bilan xiyonatchi bo’lib turadi".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki biror mo’min kishining aybi yoki gunohini bilib turib uni fosh etmay yashirsa, go’yo tirigicha ko’milgan go’dakni tiriltirganchalik savobga ega bo’lur".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBirovning uyiga beruxsat eshik yoki teshikdan mo’ralagan odamning ko’zini o’yib olish joizdir".

Qayd etilgan

Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:48:00

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki birovning yozayotgan yoki kelgan xatini beruxsat o’qishga intilsa, go’yoki u do’zaxga intilgan bo’ladi".
___________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBirovning uzurini qabul qilmagan kishining gunohi sudxo’rning gunohi bilan barobardir".
___________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œHalol kasbdan charchab uhlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi".

Qayd etilgan