Hadislar — ezgulik kaliti  ( 233220 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 79 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:48:08

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œRashk — imondandir.
Rashksizlik munofiqlik alomatidir."

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:48:16

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œUchrashganlardan qaysi biri birinchi salom bersa, o’sha odamga Tangri ham, uning Rasuli ham yaqindir".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki birovni o’z nomi o’rniga biror laqab bilan chaqirsa, uni farishtalar la’natlaydilar".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki o’z jahlu g’azabini qaytarsa Tangri undan o’z azobini qaytaradi. Kimki odamlarni g’iybat qilishdan tilini tiysa, Tangri ham uning aybu nuqsonlarini fosh qilmaydi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:48:29

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKim suv toshqini yoki yong’inning oldini olsa, unga shahid bo’lgannning savobi berilur".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki mo’min kishini "œkofirsan" deb haqoratlasa, go’yo uning qonini to’kkanchalik gunoh qilgan bo’ladi".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œTangri sizlarni otalaring nomi bilan qasm ichishdan qaytaradi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:48:50

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBu dunyoda ikkiyuzlamachi bo’lgan odamning qiyomatda o’tdan yasalgan ikki tili bo’ladi".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œKimki shuhrat topish niyati bilan yasanib kiyim kiysa, u to uni yechmaguncha Tangrining rahmat nazaridan uzoqda bo’lur".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBexosdan sodir bo’lgan fojiali o’lim — mo’min kishi uchun rahmat, fosiqu fojir odam uchun hasratdir".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:49:00

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œMo’min — mo’minning ko’zgusidir. Mo’min — mo’minning birodaridir, unga maishiy ishlarida yordamlashadi, yo’qligida moli va obro’sini himoya qiladi".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œHaqiqiy mo’minning qo’lidan ham, tilidan ham mo’minlar ozor topmaydilar".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œMo’minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilnadi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:49:13

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œOtaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo’lish Allohga gunohkor bo’lish bilan barobardir".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œHalol rizq istash har bir musulmon uchun vojibdir".
_____________________________________________________________________________

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œDoimo to’g’ri so’z bo’linglar, chunki u jannatda yahshilik bilan birgadir. Yolg’onchilikdan saqlaninglar, chukni u yomonlik bilan birga do’zaxda bo’ladi. Allohdan to’g’ri e’tiqod va ofiyat so’ranglar, chunki har bir kishiga imondan keyin ofiyatdek ulug’ ne’mat berilmaydi. Bir-biringiz bilan o’zaro hasadgo’ylik, bug’zu adovatda bo’lmanglar. Oralaringizdagi aloqani uzmanglar va arazlashib yurmanglar. Alloh buyurgandek uning o’zaro do’st va birodar bandalari bo’linglar".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:49:30

Rasululloh Arafa kunini juda muborak sanaganlar ekan . hadislarda shunday deyilgan:
Arafa kunini hurmat qilingiz, zero Arafa Alloh qadrlaydigan kundir.
Arafa kuni ro`za tutganlarning ikki yillik otgan va kelasi gunohlari kechiriladi.
Arafa kuni 1000 marotaba Ihlosni Bismilloh bilan o`qiganlarning barcha gunohlari kechiriladi.
Besh kecha borki, duolar qaytarilmaydi.Rajab oyining ilk kechasi, shabonnig 15 kechasi, juma kechasi, Ramazon va qurbon hayitining kechalari.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:50:07

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œYolg’on gapirib odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo’lsin, vayl bo’lsin, vayl bo’lsin"
(Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyati)


"œKishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bundan Allohning g’azabi keladi. So’ng unga musibat yuboradi, (musibatni) atrofdagilarga ham yetkazadi. Yana bir kishi gapirib, Allohni rozi qiladi. Unga rahmatini yuboradi, so’ng atrofdagilarga ham".
Ibrohim Naxaiy.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:50:16

Hadislarda bayon qilinishicha, yomon olimlar quyidagilardir:
1.Bor ilmlariga amal qilmaydiganlar;
2.Ilmlarini suiiste’mol qiluvchilar va dunyoviy maqsadlarga vosita etuvchilar;
3.Olimlar oldida maqtanish, ahmoqlar bilan munozara qilish, majlislarda rais bo’lib o’tirish va xalqlarning yuzini o’zilari tomonga burish uchun ilm tahsil etuvchilar;
4.Alloh taoloning roziligini qasd etmagan holda ilm o’rganuvchilar;
5.Riyokor va munofiqlar;
6.Boshqalarga hasad qiluvchilar;
7.musulmonlarning imon va aqidalariga xo’jayinlik qiluvchilar;
8.hojat va mustahiq kishilar bor bo’lib turgan vaqtda ilmlarini yashiruvchilar;
9.tahqir etuvchilar, ya’ni, o’zlaridan ilmi xom kishilarni xor qiluvchilar.
10. bor ilmlarini zoe’ qiluvchilar;
11. Ilmlari sababli o’z o’zlariga husni zon (oqibatni go’zal deb o’ylash) bog’lovchilar;
12. Kishilarga amri ma’ruf va nahyi munkar qilib, shu buyurgan narsalarni o’zlari qilmaydiganlar va tiygan narsalaridan o’zlari tiyilmaydiganlar;
13. Din nomi bilan dinga gumonlar va xurofotlar kirituvchilar;
14. Darvishlar va zohidlar kiyimlari ichida zohiriy ibodat bilan mashg’ul bo’lganlari holda sun zon, g’iybat va naminat (chaqimchilik) kabi axloqsizliklarni o’zlariga odat qiluvchilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:50:24

Bir farz hususida.
Payg’ambar (s.a.v) aytadilar: "œNafsim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar yoki Alloh taolo o’z huzuridan azob yuboradi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi".
Termiziy rivoyati

Hazrati ali (r.a.) Payg’ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: "œAgar ummatim zolimni ko’rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo’rqsalar, ular foyda bermaydigan kishiga aylanadi".
Ahmad va Hokim rivoyati

Abu Dardo (r.a.) aytadi: "œAlbatta yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar. Bu ishni ado etmasangizlar, Alloh sizlarga zolim podshohni ega qilib qo’yadi. Kattalaringizni hurmat qilmaydi, kichiklaringizga rahm etmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so’rashadi, yordam berilmaydi, istig’for aytishadi, mag’firat qilinmaydi".
Bazzor rivoyati

Qayd etilgan