Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337511 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 79 B


saltanat  28 Sentyabr 2009, 09:28:38

Anas r.a.dan rivoyat qilinadi."Rasululloh s.a.w. vafot etgunlariga qadar xontaxtada ovqatlanmadilar va yumshoq non emdilar".

Imom Buxoriy rivoyatlari.
An Navaviy  "Riyozus-solihiyn" 2-kitob 7-bet.

Qayd etilgan


Ansora  28 Sentyabr 2009, 09:51:42

Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratganligi haqida

Abu Hurayra: «Rasululloh sallalloho‘ alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganmen»,— deydilar: «Olloh taolo o‘z rahmatini yuz bo‘lak qilib yaratib to‘qson to‘qqiz bo‘lagini o'zida olib qoldi. Uning bir bo‘laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo‘lak raxmati tufayli butun borliq o‘zaro rahmdillik-qilg‘aydir. Hattoki ot ham o‘z bolasini mayib qilib qo‘yishdan cho‘chib tuyoqlarini ehtiyotkorona ko‘tarib bosg‘aydir» — dedilar».



ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH 4 chi jild. 19. Bob.

Qayd etilgan


saltanat  28 Sentyabr 2009, 10:40:31

Urva r.a.dan rivoyat qilinadi. Oisha r.a.:
 "Allohga qasamki, ey singlimning o'g'li,bizlar birinchi yangi oyni, keyin ikkinchisini, so'ngra uchinchisini ko'rardik.Ana shu uchta yangi oyning boshini ukki oyda ko'rardik.Ana shu muddat mobaynida Rasululloh s.a.w. xonadonlarining birortasida taom uchun o't yoqilmasdi", deganlarida men "Ey xolajon! Unda qandoq qilib hayot kechirar edinglar" desam, u zot: "Ikki qora (oddiy) ne'mat, ya'ni xurmo va suv hamda Rasulullohning (s.a.w.) ansoriylardan bo'lgan qo'shnilari yuborgan sutini uchib turishlari uchun sog'iladigan hayvon berib turishgan edi. U zot esa bizni o'sha sut ila siylardilar" dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
An Navaviy "Riyozus-solihiyn"    2-kitob 6-bet.

Qayd etilgan


Hadija  28 Sentyabr 2009, 19:10:04

Umar ibn Xattob  :ra: aytadi: Ammallarning eng afzali Alloh farzlarini ado etmoq, Alloh harom etgan ishlardan taqvo qilmoq, Alloh taolo huzuridagi narsalar xususida niyatni holis, rost qilmoqdir...

Qayd etilgan


lolo  28 Sentyabr 2009, 20:12:14

Ассаламу алайкум!

Абу Ҳурайра родисллоҳу анҳудан ривост қилинади. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Сизларга (гапирмасдан) қолдирган нарсаларимда мени ҳам (тинч) қолдиринглар (съни, мендан ҳар бир нарсани ссрайверманглар). Чунки сизлардан олдинги (қавм)лар ксп савол бериб, пайғамбарлари билан ихтилоф қилишгани сабабли ҳалок бслишгандир. Агар сизларни бирор нарсадан қайтарсам, ундан четланинглар. Агар бирор ишга буюрсам, қодир бслганингизча уни бажаринглар», деб айтдилар.
Имом Бухорий ва Муслим ривостлари.

Имом Аававийнинг "Солиҳлар гулшани" китобидан.

Qayd etilgan


saltanat  29 Sentyabr 2009, 08:30:58

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qiladilar.Rasululloh s.a.w. "Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1.Salomga alik olish;
2.Kasalni borib ko'rish;
3.Janazaga ergashish;
4Taom (yoki boshqa biror narsa)ga chaqirishsa javob qilish;
5.Aksa urganga javob qaytarish" dedilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


saltanat  29 Sentyabr 2009, 08:34:49

Abu Musodan r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.w. "Kasallrni borib ko'ringlar, ochlarga taom beringlar va asirlarni ozod qilinglar" deb aytdilar.

Imom BUxoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Hadija  29 Sentyabr 2009, 17:55:27

"Shubhasiz qabr bu Qiyomatning eng birinchi to'xtash joyidir. Kimki undan saqlansa (ya'ni qabr azobidan) undan keyingi keladigani osonroq bo'ladi. Agar kimki undan saqlanmasa, undan keyin keladigani yomonroq bo'ladi." At Termiziy, Ibn Moja va Ahmadlar tomonidan keltirilgan sahih hadis.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:36:46

Rasululloh (s.a.v.): "œBirodaringga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam ber", dedilar. Shunda bir kishi: "œYo, Rasululloh, agar mazlum bo‘lsa-ku, yordam beraman. Bordi-yu, zolim bo‘lsa-chi, u holda qanday yordam beraman?" deb so‘ragan edi, ul zot: "œUni zulmdan qaytarasan yoki to‘xtatasan. Mana shu unga yordam berishingdir", dedilar.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:37:10

"œKimda kim qarich yer ustida zulm qilsa (o‘ziniki qilib olsa), o‘sha yerning yetti qavati uning bo‘yniga osib qo‘yiladi".

Qayd etilgan