Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi. Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi, to qo‘shnisi "œbavoiq"idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi". "œBavoiq" nima?" deya so‘rashgan edi, "œAldov va zulm", dedilar-da, davom etdilar: "œQaysi bir banda haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi. Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi" (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).