Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337314 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 79 B


ossiyobinti  02 Dekabr 2009, 20:29:18

                                                                           36-hadis

 Anas r.a dan:

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: - Alloh ta'olo dedi: Ey Odam bolasi, modomiki, sen Men duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, (ularning ko'pligiga ham) parvo qilmasdan mag'firat etaman. Ey Odam bolasi, agar gunohing bulutlarga qadar yetsa-da, Mendan istifg'or tilasang, seni mag'firat etaman. Ey Odam bolasi, agar sen huzurimga yer yuzini qoplaydigan gunohlar bilan kelsang va Menga hech narsani sherik qilmagan holda ro'baro' bo'lsang, Men seni yer yuzini qoplaydigan mafg'irat bilan qarshi olaman!..  

Termiziy rivoyati. hasan-sahih hadis.

Qayd etilgan


ossiyobinti  02 Dekabr 2009, 20:46:18

                                                                            37-hadis

Abu Hurayradan r.a.dan:

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dedilar:- Alloh ta'olo aytadi: Kimda-kim Mening do'stimga dushmanlik qilsa, Men unga (qarshi) urush e'lon qilaman. Bandam Men uning zimmasiga farz etgan amallardan ko'ra suyukliroq narsa bilan Menga nisbatan qurbat-yaqinlik hosil qilmagan. Bandam Menga nafl ibodatlar bilan tobora yaqinlashaverganidan, Hatto uni yaxshi ko'rib qolaman. Agar uni yaxshi ko'rsam, Men uning eshitadigan qulog'i ko'radigan ko'zi, uradigan-tutadigan qo'li va yuradigan oyog'i bo'laman. Agar Mendan so'rasa, (so'ragan narsasini) unga beraman. Agar Mendan panoh tilasa, uni panohimga olaman.

Buxoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2009, 23:12:50

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
"œBiror qalb yoqki, Tangrining qo’lida bo’lmasa, agar xohlasa u qalbni to’g’rilab qo’yadi, xohlasa adashtirib qo’yadi. Darajalar tarozusi ham uning qo’lidadir. Birovlarning darajasini ko’tarib, boshqalarani pasaytirib turadi".

Qayd etilgan


ossiyobinti  10 Dekabr 2009, 20:50:25

                                                                                 38-hadis          

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: <<Alloh ta'olo men uchun ummatimdan bilmasdan, unutib va majbur holatda qilingan ishlarni kechdi>>.

Ibn Moja, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati.

Qayd etilgan


ossiyobinti  10 Dekabr 2009, 20:57:01

                                                                      39-hadis
Abdulloh Ibn Umar (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki yelkamdan tutib dedilar:
-Dunyoda bir g'arib yoki yo'lovchidek bo'lgin.
Abdulloh Ibn Umar (r.a) aytardi:
-Kun botsa, tongni kutma (Ya'ni, tonggacha yashayman deb o'ylama). Tong kirsa, kech bo'lishini kutma. Kasallikdan oldin sog'ligingni, o'limingdan oldin hayotingni g'animat bil>>.


Buxoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Muslima_Abubakr  08 Fevral 2010, 21:34:18

Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Parvardigori Alloh taboraka va ta’olodan rivoyat qilib dedilar: - Alloh ta’olo hasanotlarni ham, yomon amallarni ham yozib qo‘ydi (ya’ni, farishtalariga ularni voqelikka muvofiq yozib qo‘yishni buyurdi). So‘ng bayon qildiki, kim bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, keyin uni qilmasa-da, Alloh ta’olo uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, uni amalga ham oshirsa, Alloh ta’olo uni o‘z huzurida o‘n hasanotdan yetti yuz barobargacha — behad ziyodalar bilan yozib qo‘yadi. Agar banda bir yomonlikni ko‘ngliga tugsa-yu, so‘ng uni qilmasa, Alloh ta’olo o‘z huzurida uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yomonlikni ko‘ngliga tugib, uni amalga oshirsa, Alloh ta’olo uni bitta yomonlik sifatida yozib qo‘yadi.

Buxoriy va Muslim rivoyati.

Xar safar shu xadisni o'qiganimda Allohning naqadar rahimdil Zot ekanligini,Va Uning dini end mukammal din ekanligidan va musulmon bo'lib tug'ilganimga Alhamdilullah deyman!

Qayd etilgan


JaviK  26 Fevral 2010, 09:34:36

47-Hadis

Aziz va Jalil bolgan Alloh derki: Kim, Qur'oni-Karim oqish mashg'uliyati sababi bilan mendan istamoqdan qolib ketsa, men unga, istaganlarga berganimdan ortig'ini beraman.
(Termiziy, 2917)

Qayd etilgan


JaviK  27 Fevral 2010, 09:19:04

48-hadis

Anas r.anhudan rivoyat qilinadi: Rosul Akram s.a.v shunday dedilar: Kim bizning namozimizi o’qisa(A’liyul Qori aytadilar: namoz bilan Islomning jamii bilimlari mujassamlanadi) va qiblamiz qibla deb bilsa(Aliyul Qori aytadilar: qiblaga qarashimiz biz uchun maxsusdir), qurbonliklarimizi yesa(Aliyul Qori aytadilarki: bas albatta qurbonlikni yeyishlikda tavfiq bordir ham chunonki u ya’ni yeyishlik ham ibodotdandir) bas(y’ani yuqoridagi sifatlarga ega bo’lgan inson) u muslimdir. Shunday muslimiki uning uchun Alloh ning va uning rosulining omonati(Aliyul Qori aytadilar: u inson kofirlarning muhitidan va ularga nisbatan shar’iy bo’lgan o’ldirmoqlik va o’ldirsihlikdan Allohning va uning Rosulining omonligida va uning himoyasidadir).  bordir. Bas Allohga uning omonati(Aliyul Qori aytadilar: uning moli va joniga nisbatan qilingan tajovuzning bejazo qolmaslidir) to’g’risida xiyonat qilmang.

Qayd etilgan


siddiqa  29 Mart 2010, 06:35:13

 :as:

Abu hurayra ra dan rivoyat qilinadi .
" Nabiy sallallohu alayhi va sallam:

"Rohmanga ibodat qilinglar ! Salomni tarqatinglar !Jannatga salom ila kirursizlar
" dedilar .

(Termiziy )

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  29 Mart 2010, 20:56:41

Мусҳаб ибн Саъддан, у отаси розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«А­й Аллоҳнинг А асули, қайси одамларнинг балога учраши шиддатлироқ?» дедим.
«Анбиёлар. Сснгра уларнинг мисолидагилар ва уларнинг мисолидагилар. Киши динининг ҳисобига қараб, балога гирифтор қилинади. Агар дини маҳкам бслса, бало ҳам шиддатли бслади. Агар динида рақиқлик бслса, динига қараб балога дучор қилинади. Бало банда ила у ер юзида гуноҳсиз ҳолатда юрадиган бслгунича бардавом бслади», дедилар».

Qayd etilgan