Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337370 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 79 B


yoqutxon  30 Avgust 2010, 20:27:35

Rasululloh(s.a.v) aytganlar:
- Qiyomat kuni eng qattiq azoblanadigan odam ilminig nafi tegmagan olimdir.
Suyutiy:1-j, 59-b

Qayd etilgan


UzMuslim  30 Avgust 2010, 22:22:47

Abu Hurayra(r.a) rivoyat qilinadi:
Rasululloh(s.a.v) aytdilar:«Allohga Qasamki,Men bir Kunda Allohga yetmish martdadan ziyodroq istig'for aytib,tavbalar qilaman»
(Imom Buhoriy Rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAzim  03 Sentyabr 2010, 02:16:20

Adiy ibn Hotim r.a dan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v aytdilar: "Do'zaxdan bir dona xurmoning yarmi bilan bo'lsa ham saqlaninglar, kim shuni ham topolmasa, unda yaxshi so'z bilan". Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


AbdulAzim  03 Sentyabr 2010, 02:18:36

Abu Hurayra r.a dan: Payg'ambar s.a.v aytdilar: "Yaxshi so'z ham sadaqadir". Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


AbdulAzim  03 Sentyabr 2010, 02:21:44

Abu Zarr r.a dan: Rasululloh s.a.v menga shunday dedilar: "Yaxshilikdan hech narsani past sanama, hattoki birodaringni ochiq yuz bilan qarshi olishni ham". Muslim rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 12:35:20

Oisha (r.a)dan rivoyat qilinadi:
 Rasululloh(s.a.v): «Laylatul Qadrni Ramazonning oxirgi o'n kechasinning toq(kecha)laridan izlanglar»,dedilar».
Ikki Shayh va Termiziy Rivoyat qilgan

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 12:39:16

Oisha (r.a)dan rivoyat qilinadi:
«Nabiy(s.a.v) qachon (oxirgi) o'nlik kirsa,belni mahkam bog'lab,kechani tiriltirar va ahillarini ug'otar edilar».
Beshovlaridan rivoat qilinadi..

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 12:43:43

Abu Hurayra(r.a) rivoyat:
 «Nabiy(s.a.v) : «Kim Laylatul Qadrni iymon va ixlos ila qoim bo'lib o'tkazsa,uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinur», dedilar».
Beshovlaridan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


yoqutxon  05 Sentyabr 2010, 20:08:45

Payg'ambarimiz (s.a.v)dan bizgacha ushbu habar yetib kelgan:
-Insonlarning axloqi buzilganda va mazhab ixtiloflari avjiga chiqqanda, Olloh Rasulining go'zal  axloqini namayon qilgan odamga yuz shahidning savobi beriladi

Qayd etilgan


yoqutxon  05 Sentyabr 2010, 22:07:48


Anas Ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
-Bir joyda Rasululloh o'tirgandilar, ul zotning kulimsiraganini ko'rdik. Shunday jilmaydilarki,ikki oldinga tishlari ko'rindi.Umar"Nega kuliyapsiz, ey Ollohning Rasuli?''-dedi.Rasul buyirdilarki:
"ummatimdan ikki odam Olloh huzurida hisoblashdilar.Biri"Ey Rabbim,-dedi,-birodarimdan haqimni olib ber!"Olloh unisiga:"Birodaringning haqini ber" deb buyurdi.U dediki" Ey Rabbim savoblarimdan biron narsa qolmadi".Bu safar Olloh haq so'raganga"Savoblaridan biron narsa qolmabdi endi nima qilasan?"-dedi.U dediki" Ey Rabbim gunohlarimdan olsin"(Bu so'zni aytayotganda RAsulullohning ko'ziga yosh keldi).So'ngra buyirdilarki"Bu hodisa ulug' bir kunda sodir bo'ladigan narsadir.U kun insonlar o'z gunohlarini boshqalarga o'tkazishga muhtojlik his qiladilar".



Qayd etilgan