Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi: "Rasululloh s.a.v. Halokatga olib boruvchi yetti narsadan qochinglar", dedilar. "Ular nima ey Rasululloh s.a.v.?", deyishdi. Janobi payg'ambarimiz s.a.v.: "Alloh taologa shirk keltirmoq, sehr jodu qilmoq, noxaq birovni o'ldirmoq, sudxo'rlik, yetimning xaqqini yemoq, jang maydonidan qochmoq, begunoh pokdomon mo'mina ayollarga tuxmat qilmoq", dedilar.
Buxoriy