Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337576 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 79 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:05:19

Mo'minlar Amiri, Abu Hafs Umar ibn Khattob shunday dedilar: "Bir kuni, Rasululloh bilan o'tirgan edik, kiyimlari nihoyat darajada oq bo'lgan wa sochi nihoyat darajada qora bo'lgan bir kishi kirib keldi. Uning ko'rinishidan safar alomatlari ko'rinmasdi, wa bizlardan birontamiz ham u kishini bilmas edik (na muqim wa na musofir emas edi) . To'gri Paygambarimizning oldilariga kirib borib, tizzasini tizzalariga tekkizib wa qollarini sonlariga qoyib o'tirdi-da, shunday dedi: "Ey Muhammad! Menga Islom haqqida habar bering." Shunda Rasululloh :
"Islom bu - Allohdan o'zga haqiqiy ma'bud yo'qligiga wa Muhammadning Allohning Elchisi ekanligiga shahodat bermoqliging, namozni barpo qilmoqliging, zakotni bermoqliging, Ramazon oyida ro'za tutmoqliging, wa ilojing bo'lsa (qurbing yetsa) baytullohga (Ka'ba) hajj qilishliging" deb javob berdilar. U kishi esa: "To'gri aytdingiz" deb qoydi. Biz u kishiga o'zi savol berib o'zi tasdiqlab ham qo'ygani uchun hayron bo'ldik.
( u kishi): " Menga iymon haqqida habar bering", dedi. (Paygambarimiz u kishiga javoban): "(Iymon bu) Allohga, Farishtalariga (Malaika), Kitoblariga, Payg'ambarlariga, Qiyomat kuniga, wa hamda Qadarning yahshi wa yomoniga iymon keltirishliging (sidqi-dildan ishonishliging)", dedilar.
U: "To'gri aytingiz", dedi-da va: "Menga Ehson haqqida habar bering", dedi. (Paygambarimiz u kishiga javoban): "(Ehson bu) Allohga ko'rib turgandek ibodat qilmoqliging, agar buni o'zingda tasawwur qila olmasang, "meni Alloh ko'rib turibdi" deb ibodat qilishligingdir", dedilar. U kishi: "Menga Qiyomat haqqida habar bering", deb so'ragan-da, (Paybambar u kishiga javoban) : "So'rolguvchi (Muhammad alayhis salom) so'rovchidan (savol bergan kishidan) bilguvchiro'q emas (ya'ni sizning bilmaganiz kabi, men ham bilmayman" deb javob berdilar. (u kishi): "unda, alomatlari haqqida habar bering", dedi. (Paygambar u kishiga javoban) : "cho'ri ayolning o'zining hojasiga homila berishligi wa yalang ayoq, yalang'ich, kambagal cho'ponlarning baland binolar qurishda (bir birlari bilan) musobaqa o'ynashlari" deb javob berdilar. U kishi chiqib ketdi, bir oz o'tirdim, keyin (Paygambar menga qarab): "Ey Umar. Savol bergan kim ekanligini bilasizmi?", dedilar. Men esa: "Alloh wa Rasuli bilguvchiroq", dedim. Shunda: "U kishi Jabroil (alayhis Salom) edilar, sizlarga diningizni o'rgatishlik uchun kelgan edi", deb javob berdilar. (Imom Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:05:35

Abdulloh An-Nu'man ibn Bashir shunday dedilar: Men Rasululloh ning shunday deganlarini eshitdim: "Darhaqiqat, halol (amallar) ochiq-oydindir wa Harom (amallar) ochiq-oydindir. (lekin) ularning oralarida shunday shubhalik amallar borki, ko'pchilik insonlar bular haqqida bilmaydi. Shunday ekan, kimda kim shubhalik narsalardan taqwo qilsa ( chetlansa), o'zining dini wa nomusini saqlab qolibdi, wa kimda kim shubhalik narsalarga aralashar ekan, cho'pon chegaralangan joylar atrofida o'tlatayotib taqiqlangan joylarga o'tib ketgani kabi, harom ishlarga ham aralashib qolibdi. Darhaqiqat, har bir podshohning hududi (cheqarasi) bordir, wa Allohning cheqarasi Uning taqiqgan (harom qilgan) amallaridir. Darhaqiqat, odam jasadi (badani)da bir parcha go'sht borki, agar u salomat bo'lsa, butun jasad salomat bo'ladi. Agar u fasodga uchragan bo'lsa, butun jasad fasodga uchraydi. Ogoh bo'lingki, bu qalbdir. [Imom Bukhori wa Muslim rivoyatlar]

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:05:48

"Ummatimdan kim qirq hadisni odamalrga ta'lim berish uchun yodlasa men qiyomatda unga shafoatchi va guvoh bo'laman va u Alloh huzuriga faqih-olim bo'lib boradi"

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:06:17

"Ummatimdan ikki toifa bor-ki ular tuzalsa odamlar tuzaladi, ular buzilsa odamlar buziladi.Bu ikki toifa: amirlar va olimlardir".

"Allohga yaqinlashtirguvchi ilmni ziyoda qqilmaydigan kunning quyoshi chiqishida men uchun baraka yo'qdir".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:06:36

"Qiyomatda uch toifa bo'ladi-ki , ularda shafoat qilish huquqi bo'ladi,ular payg'ambarlar,olimlar va shahidlardir".

"Sizlar olimlari ko'p qori-hatiblari kam so'rovchilari oz va javob beruvchilari ko'p zamonda yashayapsizlar,bu zamonda amal ilm olishdan afzaldir,Hali shunday zamonlar keladiki,u zamonni olimlari oz qori-hatiblari ko'p, so'rovchilari ko'p va javob beruvchilari kam bo'ladi, ana o'sha zamonda ilm amaldan afzal bo'ladi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:06:54

"Alloh taolo payg'ambarlardan va'da olgani kabi kimga ilm bergan bo'lsa undan ilmni yashirmasdan odamlarga o'rgatish va'dasini olgan.Ilm o'rganib uni boshqalardan yashirgan kishini Alloh qiyomatda uni olovliyugan ila yuganlab qo'yadi".

Rasululloh (s.a.v.):" Mening halifalarimga Allohning rahmati bo'lsin " dedilar.Shunda Ul zotdan so'rashdi:" Sizning halifalaringiz kim?" U Zot:" Mening halifalarim sunnatlarimni tiriltirib uni Allohning bandalariga o'rgatganlardir"dedilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:07:04

Imom Buhoriy rivoyat qiladilar:
"œUsayd ibn Huzayr roziyallohu anhu kechasi "œBaqara" surasini o’qiyotgan edi. Yaqinida oti bog’liq turar edi. Birdan ot tipirchilab qoldi. Qiroatdan to’xtagan edi, ot ham to’xtadi. Yana o’qigan edi, ot ham tipirchiladi. O’g’li Yahyo yaqinida uxlab yotardi. Ot bosib olmasin deb, borib uni qo’liga oldi va boshini osmonga ko’tardi. Tong otgandan so’ng hodisani Payg’ambar alayhissalomga so’zlab berdi. U kishi:
"œO’qi, ey, Ibn Huzayr", - dedilar. U bo’lsa:
"œEy, Allohning Rasuli, Yahyoni bosib olmasin, deb qo’rqdim, uning yaqinida edi. Boshimni ko’tarib, uning oldiga bordim. Osmonga qarasam, bulutga o’xshash narsa, ichida chiroqqa o’xshagan narsalar ham bor. Ularni ko’rmay deb, chiqib ketdim", - dedi. Payg’ambar alayhissalom:
"œU nimaligini bilasanmi?" — dedilar. U:
"œYo’q" — dedi. U zoti bobarakot:
"œUlar sening ovozingga kelgan farishtalar, agar tong otguncha o’qiyverganingda, odamlar ularga nazar solsa bo’lardi. Ular berkinmasdilar", - dedilar

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:07:13

Imom al-Hokim Amr ibn Shuaybdan rivoyat qiladilarki, bir kuni Payg’ambarimiz alayhissalom sahobai kiromlariga:
"œSizningcha kimning iymoni ajoyib?" — dedilar. Sahobalar:
"œFarishtalarniki" — dedilar. U zot:
"œUlar Robbilarining oldida turib, iymon keltirmasalar, qanday bo’ladi?" — dedilar. Sahobalar:
"œPayg’ambarniki" — dedilar. Payg’ambar alayhissalom:
"œUlarga vahiy tushib turib, iymonga kelmasalar, qanday bo’ladi?" — dedilar. Sahobalar:
"œBizniki" — dedilar. U zoti bobarakot:
"œMen oralaringizda turib, iymon keltirmasalaringiz, qanday bo’ladi?" — deb turib, so’ngra o’zlari javob qildilar:
"œMen uchun xaloyiqning ichida iymoni ajoyibi sizlardan keyin sahifalardagi kitobga iymon keltirgan qavmlardir", - dedilar

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:07:22

Rasululloh s.a.v.dan:" Misvokni lozim tutinglar chunki unda o'n hislat bordir:
1. Og'izni poklaydi.
2.Allohni rozi etadi.
3. Rahmonga,farishtalarga muhabbatli ko'rsatadi.
4.Shaytonni g'azablantiradi.
5.Milkni mustahkamlaydi.
6.Og'izni hushbo'y qiladi.
7.Balg'amni kesadi.
8.Og'izdagi achchiqni ketkazadi.
9.Ko'zni ravshanlashtiradi
10.Turli sassiq hidlarni ketkazadi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:07:33

Yaqinda shunday zamonlar keladi-ki ummatlarim besh narsani yahshi ko'rib besh narsani unutadilar: dunyoni yahshi ko'rib ohiratni unutadilar, hovlilarini yahshi ko'rib qabrni unutadilar, mol - dunyoni yahshi ko'rib hisob - kitobni unutadilar, ayollarni yahshi ko'rib hurlarni unutadilar, o'z nafslarini yahshi ko'rob Allohni unutadilar. Ular mendan uzoqdirlar va men ham ulardan uzoqman

Qayd etilgan