Muallif Mavzu: Hadislar — ezgulik kaliti  ( 218567 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Хадича

  • Mehmon
Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #780 : 12 Sentyabr 2012, 21:49:37 »
Kishi musulmon do'sti orqasidan duo qilsa,farishtalar : " Omin!  Xuddi shu senga ham bo'lsin! " -deyishadi.
( Muslim rivoyati )

Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg'onsa,uch marta dimog'iga suv yetkazsin. Chunki shayton insonning dimog'ida tunaydi.
( Muslim rivoyati)


Yer yuzida " Alloh, Alloh" ,deb aytuvchilar qolmagunicha qiyomat qoyim bo'lmaydi.
( Muslim rivoyati )


Insonlar orasida ikki sifat borki,ular kufrdir: nasabni haqorat qilish,o'likka dod-voylab yig'lash.
( Muslim rivoyati )


Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo'lsa,u jannatga kirmaydi.
(Muslim rivoyati)

Kim biror kishini " Kofir" yoki  " Allohning dushmani" deb aytsa, o'sha aytgan so'z u kishida mavjud bo'lmasa , aytuvchining o'ziga qaytadi.
( Muslim rivoyati )

Хадича

  • Mehmon
Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #781 : 15 Sentyabr 2012, 21:51:50 »
Hazrat Abu Hurayra roziyalloh anhu Payg'ambar alayhissalomdan rivoyat qilibdurlarki:
Payg'ambar alayhissalom aytibdurlarki,sizlardin har kim bir majlisg'a kirsa chiqib ketar vaqtida albatta uch marotaba "  субхакаллахумма ва бихамдика ашхаду алла илаха анта игфарли ва туб алаййа"  ( Ollohim,seni sharafing ila shohidlik beramanki, Ollohdan o'zga xudo yo'qdur. O'zing mag'firat aylab tavbalarimizni qabul etgil) degay va ushbu tasbehni aytmasdan chiqmag'ay. Chunki,agar ul majlis xayrlik majlis bo'lsa,bul tasbehni savobi ila ziyoda bo'lur. Agar behuda va gunohlik majlis bo'lsa bul tasbeh anga kafforat bo'lg'ay.

( Muhammad ibn Abubakr, " Hadisi Usfuriy" kitobidan. Telefonimda krillcha " g' " harfi yo'q ekan. " игфарли" so'zi " ig'farli" deb o'qilsin. )

xojar

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 45
  • -oldi: 78
  • Xabarlar: 40
  • Jins: Ayol
  • La ilaha illalloh!!!
Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #782 : 19 Sentyabr 2012, 10:22:34 »
Hatto bittasi kelib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga:
– Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! – dedi.
– Rost so‘ylarmisan? – dedilar Payg‘ambar janobimiz.
– Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi qo‘raman! – dedi u.
– Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi
selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, – dedilar.
Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir
musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning
qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir.

("Haqiqiy sevgi" kitobidan )
Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o'zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to'kis ado etguvchilardir , ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar. Xaj-35.

Mana bu ikki g'anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o'ta qaynoq suv quyilar.  Xaj-19.

Sen:" Ey Robbim , mag'firat qil,raxm qil. O'zing raxm qilguvchilarning yaxshisisan ", deb ayt. Mu'minun-118.

Хадича

  • Mehmon
Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #783 : 09 Oktyabr 2012, 11:29:07 »
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so'radilar:
" Yo Rasulalloh,musulmonlarning afzali qaysi kishidir ? ",
" Qo'lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir"- deb javob berdilar.

Ummu Salama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar :
" Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralari eshigi oldida kimlardir janjallashayotganini eshitib,ularning oldiga chiqdilar-da : " Men ham ( sizlar kabi ) insonmen,huzurimga janjallashib kelganingizda biringiz ikkinchingizdan ustamonroq chiqib qolib,meni o'z dalillaringizga ishontirib qo'yishingiz mumkin,shunda haq qolib,nohaq foydasiga hukm chiqarib qo'yishim hech gap emas. Men xato hukm chiqarishim natijasida jabr ko'rgan bir musulmonning haqi do'zax otashining bir parchasidur,nohaq kishi uni istasa ,olsin, istamasa,olmasin,bu uning o'ziga havoladur ! " - dedilar.


Abu Hurayra rivoyat qiladilar :
" Rasululloh sallallohu alayhi va sallam :
" Hech kimsa faqat toat -ibodat qilgani bilan jannatga kiravermaydi " - dedilar.
Sahobalar : " Hattoki,siz hammi ? "deb so'radilar.
Janob Rasululloh :
" Ha, shunday, gar Alloh taolo meni o'z fazlu rahmati og'ushiga olmas ekan,men ham ( yolg'iz toat-ibodat bilan jannatga kira olmasmen) . Shu boisdan ham to'g'ri yo'ldan ozmangiz,quyushqondin chiqmangiz, o'zingizga o'zingiz o'lim tilamangiz... Gar kishining qilmishi yaxshilikdan iborat bo'lsa,shoyad yaxshiliklari yana ham ziyoda bo'lsa, va gar ul yomonlikka moil bo'lsa,shoyad insofga kelib, Alloh taolo rizoligin istab qolsa ! "-dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar :
" Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar :
" Kimki birovga ( xoh ma'naviy, xoh moddiy va xoh jismoniy ) zulm qilgan bo'lsa,bugunoq,dinoru dirham bo'lmaydigan kun ( Qiyomat ) kelmasidan burunoq uning oldida o'z gunohini yuvsin !
Agar zolim kishi bu dunyoda amali solihlar ham qilgan bo'lsa,ularga tegadirgan savoblardan qilgan zulmiga yarashasi olib qo'yilur. Basharti amali solihlari bo'lmasa,zulm ko'rgan kishining gunohlaridan olinib,uning bo'yniga yuklanur "

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #784 : 11 Oktyabr 2012, 18:46:07 »
 :asl3:

Rasululloh (S.A.W.) dedilar : Yettita halok qiluvchi(gunohlar)dan saqlaninglar!" dedilar."Yo Rasululloh,ular qaysilar?" deb so'radilar."Allohga shirk keltirish,sehrgarlik,nohaq odam o'ldirish,yetimning molini yeyish,sudxo'rlik,jang paytida ortga qochish,pokiza va faxshdan bexabar mo'mina ayollarni buzuqlik bilan tuhmatlash"(Buxoriy va Muslim rivoyati).
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 674
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Javob: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #785 : 09 Iyun 2013, 06:33:59 »

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ramazondan boshqa oyning ro'zasini to'liq
tutganlarini ko'rmadim. Sha'bonda tutganchalik ko'p ro'za tutganlarini ham ko'rmadim. Uning
faqat ozgina ro'zasini tutmas edilar. Balki hammasini tutar edilar, desak ham bo'laveradi».


Imom Nasaiy Usoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytiladi:
«Ey Allohning Rasuli, oylardan hech birida Sha'bonda ro'za tutganingizdek, ro'za tutganingizni
ko'rmadim», dedim.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Bu bir oyki, odamlar undan g'ofil qolurlar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir
oyki, unda amallar Robbil olamiynga ko'tarilur. Mening amalim ko'tarilayotganda ro'zador
bo'lishni yaxshi ko'raman»
, dedilar.

Ro'zasi farz qilingan Ramazon oyidan oldingi oyda, Sha'bonda ro'za tutishni yaxshilab mashq
qilib, Ramazonga kirilsa, uning ro'zasi yana ham mukammal va benuqson bo'ladi. Bu xuddi farz
namozidan oldin sunnat namoz o'qib, yaxshilab tayyorgarlik ko'rib olishga o'xshaydi.
                                                                                                   
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Javob: Hadislar — ezgulik kaliti
« Javob #786 : 31 Iyul 2013, 16:46:19 »
Assalomu alaykum.

Abu Hurayra roziyallohu anhuning hadisi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Agar (ro’zador) unutib yeb-ichib qo’yadigan bo’lsa, ro’zasini komil qilsin (ya’ni ochib yubormasdan oxiriga yetkazsin). Chunki Alloh uni yedirib ichiribdi”, dedilar. Buxoriy,Muslim rivoyati.
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

 

Ro'za haqida hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Ro'za

Javoblar: 215
Ko'rilgan: 86886
So'nggi javob Kecha 15:03:32
muallifi MirzoMuhammad
Namoz haqida hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Namoz

Javoblar: 26
Ko'rilgan: 20130
So'nggi javob 10 May 2012, 09:36:07
muallifi Fayzulloh
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Islom

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 13283
So'nggi javob 22 Oktyabr 2006, 07:40:39
muallifi Doniyor
Baxt kaliti (rivoyat). Paulo Koelo

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6145
So'nggi javob 02 Noyabr 2006, 07:17:45
muallifi AbdulAziz
Namoz vaqtlari haqida hadislar

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 14794
So'nggi javob 09 Sentyabr 2007, 19:40:18
muallifi Munira xonim