Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 79 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:07:46

Albatta Alloh to'rt toifa kishini to'rt toifa kishiga hujjat qiladi: boy kishilarga Sulaymon a.s.ni, qullarga Yusuf a.s.ni, kasallarga Ayyub a.s.ni, kambag'allarga Iyso a.s.ni

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:39:43

Qiyomat kuni oilmlarning siyohi shahidlarning qoni bilan o'lchanadi.
Ummatimdan kim 40 hadisni odamlarga ta'lim berish uchun o'rgansa, men Qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo'laman.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:41:46

Ummatimdan kimki 40 hadisni yod olsa, Qiyomat kuni Alloh huzuriga faqih olim bo'lib boradi.
Olim yer yuzidagi Allohning ishonchli kishisidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:45:40

Ummatimdan ikki toifa bor-ki, agar ulat yahshi bo'lsa odamlar ham yahshi bo'ladi, ular buzilsa odamlar ham buziladi.Ular: olimlar va amirlardir.
Allohga yaqinlashtiradigan ilmni ziyoda etmaydigan kunni quyoshi chiqishidan menga hayr va baraka yo'qdir.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:48:06

Qiyomatda uch toifa kishida shafoat qilish huquqi bor. Ular: payg'ambarlar, olimlar va shahidlar.
Bu hadisdab ma'lum bo'ladiki ilm olish va olimlik payg'ambarlikdan keyin va shahidlikdan yuqori turar ekan.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 12:52:43

Sizlar hozir - olimlari ko'p, qori - hatiblari oz, javob beruvchilari ko'p va so'rovchilari oz zamonda yashaypsizlar. Bu zamonda amal ilm olishdan ustundir. Hali shunday zamonlar keladiki, u zamonda olimlari oz, qori-hatiblari ko'p, javob beruvchilari oz va so'rovchilar ko'p boladi. U zamonda ilm olish amal qilishdan ustun va afzal bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyun 2006, 13:00:06

Qiyomat kuni Alloh olimlarni hammadan keyin tiriltiradi va ularga:" Ey, olimlar jamoasi, men ahvolingini bilganim uchun ilmni sizlarga berdim.Men ilmni sizlarni azoblash uchun bermadim.Boring sizlarni avf qildim",deydi.
Yuqoridagi hadislar Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al- Gazzoliyning "Ihyou ulumid - din"( Din ilmlarini jonlantirish) kitobidan olindi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 09:49:32

Sizlar o'zingizga ulamolar suhbatida o'ltirmoqni va hukamolar suhbatini tinglamoqni lozim ko'ring. Chunki yomg'ir o'lik yerni tiriltirganidek, Allohni hikmar nuri o'lik qalblarni tiriltiradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 09:51:50

Kimga Alloh taolo Qur'on ilmini bergan bo'lsa-yu, u boshqa odamni o'zidagidan yahshiroq narsaga ega deb bilsa, Alloh taolo ulug'lagan Qur'onni kamsitgan bo'ladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 09:53:58

Kim ilm olish yo'lini tutsa, Alloh taolo uni jannat yo'liga yo'llab qo'yadi.
Maloikalar ilm tolibining qilgan ishidan mamnun bo'ladilar, kerak bo'lsa unga qanotlarini yozadilar.

Qayd etilgan