Alloh taolo aytadi:
"œYaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa yoki G’arbga qaratgan kishilar emas, balki Alloh taologa, uning farishtalariga, oxirat kuniga, kitoblariga, payg’ambarlariga ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlariga, yetim-yesirlarga, miskinu faqirlarga, musofiru tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda besh vaqt namozni vaqtida o’qigan va zakot bergan, Alloh bilan o’zi o’rtasidagi, bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo qilgan, yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir. Manashunday sifatlarga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda yaramas hulqlardan o’zlarini ehtiyotlydilar va o’zlarida yetuk insoniy fazilatlarni mujassamqiladilar". Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti bor:
-to’g’ri e’tiqodli bo’lmog’;
-odamlar bilan yaxshi munosabatda bo’lmog’;
-o’z ustida ishlamoq va o’zini ibodat hamda itoatga o’tgatmoq. Kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymoni mukammal bo’lgaydir"¦
Imom Buxoriy rivoyati