"Atirgul" bo'reg'i  ( 3141 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  25 Fevral 2012, 00:40:38

 :asl3:






Masalliqlar:

2 dona tuxum
2 stakan sut (400 ml)
1 stakan yog'
0.5 qoshiq droja
2 qoshiq shakar
1 qoshiq tuz
6.5 stakan un

Ichiga:

300 gr qadar brınza yoki tvorog
xohlaganlar mayda togralgan 0.5 stakan qadar petrushka solishi mumkin.

Yoyilgan xamirlarni orasiga surtish uchun saryog' va salat yog'i aralashmasi.

Tayyorlanishi:

Xamir masalliqlaridan yumshoq xamir qoring. Xamirni teng 6 bo'lakka bo'ling.
30 daqiqa kutgandan keyin xamir bolaklarini yoying.
Yoygan xamirlaringizga eritilgan saryog' bilan salat yog'i aralashmasini surting.
Yufqani rasmda korganday 4 bolakka bolib, geng tarafiga pishloq (brınza yoki tvorog) solib gul shakli berib orang.
Yoglangan listga biroz joy qoldirib tering, 1 soat iliq joyda xamirni oshishini kuting.
Xamir oshgandan keyin ustiga tuxum sarig'i va qatiq surting, xohlasangiz sedana seping, 200 darajada usti qizarguncha pishiring.
Yoqimli ishtaha.








Hammaga yoqdi uydayam, mak sepilganlar kolbasali, sedanalilar pishloqli.

Qayd etilgan