Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!  ( 11915 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 06:53:57

Feruzabegim:

Assalomu alaykum.
Hayot tashvishlari bilan bo'lib bolaligimizning so'nggi kunlari yaqinlashayotganligini sezmabmiz-ku, sinfdosh? Sen bilan bir partada o'tirib, urushib, yana yarashib o'tkazgan o'sha maktab kunlari tugayotganini anglashga vaqt ham topa olmabmiz, ey sinfdosh. Bilaman, bugun bosib o'tgan yo'lingga qarab, har bir kunni, har bir lahzani qaytadan eslayapsan. Eslayapsanu, nahotki darrov katta bo'ldim degan savolga javob izlash bilan ovorasan. Esingdami, sinfdosh, darsga kech qolib o'qituvchimizdan gap eshitganlarimiz, darslarimizni qilmay, bir birimizdan ko'chirganlarimiz, darsdan qochib, kinoga borganlarimiz? Barchasini hozir eslayotgandirsan-a, sinfdosh?
Bugun hammasi ko'z oldingdan birin ketin o'tib bormoqda.
Shunchalar yomon ko'rib, bir daqiqa kechroq chalinsang bo'lmasmidi degan o'sha qo'ng'iroq sadolari endi bizga armon. Bugun u so'nggi bor sen va men uchun bir umrga eslagulik bo'lib chalinadi. Shularni xayolingdan o'tkazayapsan-u, vujuding titrayotganini sezasan.
Bugun 11 yil orziqib kutgan kunimiz keldi. 11 yil-a? Vaqt shunchalar tez o'tarkanki, buni hatto sezmabmiz ham. Mana shu 11 yil ichida sen bilan nimalarni ko'rmadik, sinfdosh? Sen mening eng yaqin insonimga aylanding shu vaqt mobaynida. Endi esa, qaldirg'ochlarga o'xshab turli tomonlarga uchib ketayapmiz.
Mayli bugungi chalinadigan qo'ng'iroq biz uchun maktabdagi eng so'nggi qo'ng'rioq bo'lsin, mayli u bolaligimizga "alvido" desin, lekin sen bilan menga, bizning do'stligimizga xayr deya olmaydi, ha? Ushbu qo'ng'iroq chalinsada, sen bilan men yana o'sha qadrdon do'st, bir birimiz suyanguvchi ustun, va eng yaqin sirdosh bo'lib qolaveramiz-a? Albatta shunday bo'lib qolaveradi!
Yangi hayot ostonasida senga faqat sabr toqat, va matonat tilayman. Yo'ling har doim ochiq, yuzing yorug' bo'lsin!
Ilohim, parvozing bexatar bo'lsing, ey mening sinfdoshim!

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 06:54:12

Shoir:

Ushbularni o'qib mening ham maktab davrlarim esga tushib ketdi.
So'nggi qo'ng'iroq. Negadir menda g'amginlik hissi yo'q edi. Qaytaga xursand edim. Maktabdan "qutulayotganimga". Endi meni katta-katta oliygohlar kutardi (xayollarimda)...
Bir payt mundoq qarasam sinfdodh do'stim yig'layapti. Anvar sinfdagi eng quvnoq va hammani kuldirib yuradigan bola edi. Ne bo'ldiki, o'sha kuni uning ham ko'zida yosh.
Keyin xayollarimni yig'ishtirdfim-da, yana o'ylay boshladim. shuncha yil birga o'qib, endi bir-birimizni tashlab ketyapmiz-a??
Shu payt sinf rahbarimiz chiqib, so'nggi tilak-so'zlarini aytdiular. Ichlarim junbushga keldi...

Mana bunga ham 4 yil bo'libdi...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 06:54:27

Feruzabegim:

Assalomu alaykum.
Bu kunni qanchalik kutamiz. U kelganida esa hammaning yuragi entikadi, shuncha yil birga o'qigan sinfdoshlarini, qadrdon ustozlari va o'sha jajji maktabi u uchun qanchalik muhimligini anglab yetadi.
Bunday olganda, bitirayotganligimdan judayam xursandman. O'zimning sinfdoshlarim bilan bitirmasligim judayam jahlimni chiqarayapti. Lekin bu yerdagi sinfdoshlarimga ham shu qadar o'rganib qolibmanki, ularga qarab yana maktabim, O'zbekistondagi sinfdoshlarim va ustozlarim haqida o'ylab qolaman.
NIma bo'lganda ham hammalari omon bo'lishsin!
   

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 06:54:43

Shoir:

Sinfdoshlardan ayrilish juda qiyin. Chunki ular jajji bolalikdan to balog'at davri, undan keyingi davrgacha birga bo'lganmiz.
Bundan keyin kursdoshlar bo'ladi. Lekin ular sinfdoshdek bo'lolmaydi.
Sinfdosh har doim sizning dardingiz bilan yashaydi, qayg'uradi.
Qarib qartayib qolgan qariyalarni ko'rsangiz ham sinfdoshlari bilan o'sha yoshlikdagidek hazillashayotganlarini ko'rasiz...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 06:54:57

Maknuna:

Barcha maktabni bitirganlarni tabriklayman va
kelasi katta imtihonloarda omad yor bo'liushini tilab qolaman.

Qayd etilgan


Ansora  21 Aprel 2010, 13:50:31

Sinfdoshlari bilan ko'rishib turadiganlar bormi?

Qayd etilgan


lilu  21 Aprel 2010, 21:52:33

Sinfdoshlari bilan ko'rishib turadiganlar bormi?

biza internetda gaplashib turamiz.

Qayd etilgan


Akbarjоn  21 Aprel 2010, 22:09:51

So'ngi qo'ng'iroq...
xar kimda har hil ta'surot qoldirgan
Kimdir ko'ylagiga sinfdoshlariyu kichik maktabdoshlaridan estalik dasthatlar yozdirgan, kimdir daraxtlar oldidagi "skameyka" da mahzun o'yga berilib o'tirgan yana kimdir...
Menga esa So'ngi qo'ng'iroq deganda nimagadir ko'z oldimga Tinchlik korpusi orqali dars berisga AQSh dan kelgan o'qituvchimiz Kiff kelaveradi
Uning ham hayrlashuv kechasi edi bu, 2 yilik shartnomasi tugab uyiga qaytadigan vaqt...
So'ngi qo'ng'iroq lineykasi (yig'ilishi) bo'lyabdi, hama narsa odatdagiday o'tdi, ochib berildi, direktor so'zga chiqdi fikrlar gaolar, jeyin Shu AQSh lik o'qituvchiga so'z berildi
Avvaliga chala chala qilib  o'zbek tilida gap boshladi, ozroq gapirib gaplari bolinib bo'linib keta doshladi, biz xali to'liq o'rganmaganda dedik, qarasak ...
ko'zi to'la yosh, qiynalardi gapirishga, bo'g'ziga xayajon to'lib qolgan edi, yig'lavordi... oxiri gapini Inglizchada tugatdi
Sho'x sinfdoshlarimizdan kulganlar xam bo'ldi, unga qo'shilib ko'z yosh to'kkanlar ham bo'ldi... Ammo shu holatgacha o'zimni xecham bitirayotganday, bu o'quv maskanini tark etayoganday his qilmagan edim
shundan keyingina Songi qo'ng'iroq salobati bosadi, shundan keyingina voqe'lika yetarli baho berdim. Ha bu yer endi bizga begona bo'lyabdi, endi hohlasak xam bu yerlar bizni avvalgidek qabul qilishmiydi, sinfdoshlar endi begona, kimlar bilandir diydor qiyomatga qoldi...
Nimagadir So'ngi qo'g'iroq menga o'sha o'qituvchim Kiff Boumwold ni esga solaveradi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Aprel 2010, 18:10:29

7-sinida oqib yurganimiza.. Oshandan oqshomimiza qanaqa otishini rajalashtirardik... Bittasi man bunaqa kiyaman.. bittasi man limozin olaman diyishardii.. bittasii Tohir Sodiqovi chaqiramiza etishardi..Kiyin Ko'z oldimga .. birinchi sinifdagi Kichkina partalar stolchalar kelardi..Birinchi Qong'iroq....

Qayd etilgan


siddiqa  26 Aprel 2010, 01:39:49

 :as:

Sinfdoshlarim bn 7 yilgina o'qiganman .keyin boshqa joyga o'qishga borgizishgan yig'lab siqtashimga qaramay .

litseygacha bo'lgan Gimnaziya hayoti og'ir kelgan guruhdoshlar bn kelisha olmasdim ,
o'shanda sinfdoshlarni sog'inib yig'laganaman .........she'r ham yozgan ekanman o'qib qotib kuldim yaqinda .

hozir esa ularni deyarli umuman ko'rmayman ko'rishsak o'sha qaysar ,ishkal ,sho'h davrimizni sog'insam kk .

Qayd etilgan