Parvozing bexatar bo'lsin, ey mening sinfdoshim!  ( 14046 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


siddiqa  03 May 2010, 07:26:32

Har safar ko'chganimizda sinfdoshlariiiim deb yig'laganimda ayam bilan dadam voyeeeey o'rganib ketasan, qizim deb ovutishardi. kelajakda men ham inshalloh farzandimga shunday desam kerak aniq ;D

ha ,huddi shunaqa diyishadi ,lekin hamma joydagi guruhdoshlarni o'z qadri bor .

Gimnaziyaga 1 borgan kunim sinfdoshlarim sumkamni derazaga ilib bekitib qo'yishgan ,rosa hafa bo'lganman

Aslida bu odat ekan yangi o'quvchini kutib olish ,agar kelishib keta olishini bilishsa shunaqa qilisharkan . :) :)

Qayd etilgan


siddiqa  06 May 2010, 07:12:47

 :as:

maktabda darsdan kamroq qochardik chunki hamma bir biridan ajralgisi kelmasdi ......

Gimnaziyada o'qituvchilar qattiqroq sal pal qochib turardik .

Litsey hayoti o'zgacha naq gruppavoy quyonni rasmini chizardik hech kim u qildi bu qildi demasdi ..........hammamiz birday javob berardik 1 yoqaga o'sha paytlar sig'ardik .

Unversitet   o' 1 tasi qochaylik  darsdan desa 2 tasi o'ylanadi ,3 chisi hakam ,4 chisi ga baribir .5 chisi kelmagan . :D :D :D

a endi odam qo'rqadide ,bir yoqaga ko'pinchamas bir bir sig'ib turamiz .

Qayd etilgan


muhibb  06 May 2010, 10:56:31

8 sinfdaligimda juma namoziga domlamdan javob so'rardim. Domlam javob berardila. Bir kuni sinf rahbarim bugun borma, komissiya keladi, deganlarida, geografiya darsiga kirib o'tirsam, domla hayron. Nimaga ketmading? degandi.
O'sha yili rus tili fani juma namozi vaqtiga to'g'ri kepqoganida, o'ris domlayam javob berardi masjidga borishga. 17 ta boladan 15 tasi jumaga ketaman, deb javob so'rardi, bor-yo'g'i 5-6 ta bolagina masjidga borardi.

9-sinfda, bolla va qizla o'zaro gaplashishmasdi. Bir-birlariga boycott e'lon qilishgandi. Sinf rahbarimiz bir kuni hammani yig'ib, urushgandila. O'shanda manga qarab, "Islom dinida bir-biri bilan gaplashmaslik, arazlashmaslik yo'qligini bilasanu, nimaga boshqalaga shuni o'rgatmisan?" deb baqirgandila. shu gaplaridan keyin shunaqa berilib ketimmanki, 17 ta boladan 14 tasiga arab yozuvini o'rgatganakanman. (qogan uchta boladan bittasi o'zim, ikkitasi oldindan yozishshi biladigan bolla edi.)

10 sinfda o'qib yurganimizda, algebra domlamiz hammani oldida Aziz degan o'rtog'imizzi sharmanda qigandila. Aziz o'zi yaxshi bola edi, lekin matematikani bilmas edi. Darsdan keyin, domlaga 2000 so'm pul berib, "Oyim bervordila..." deganakan. O'qituvchimiz hammani oldida pulini qaytarib bergandila va kulib, 3 bahosini qo'yib bergandila.

Qayd etilgan


muhibb  06 May 2010, 10:58:29

offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.

Qayd etilgan


JaviK  06 May 2010, 12:56:48

Maktab davri juda qiziqda birinchi sinfga borganimda qochib kelganman, shunda oppodadam rahmatlik hayotda o`z o`rning bo`lishini hohlasen yahshi o`qi degan edi shundan yahshi o`qishga harakat qilaman. Birinchi marotaba ustozimiz so`kkanda hammani oldida yuzim qizargan, shunda ko`rdilarmi hech so`kish eshitmagan odamni yuzi tez qizaradi degandi,unda ham o`qishimdan emas, tanaffus paytide tempo o`yini  bo`lar edi,  saqichni qog`izini o`ynar edik, ustozimiz ko`rib qolib hammamiznikini oldilar,  men va oshnamga axlatga tashlab kelilar dedi, shunda o`zimiznikilarni olib, qolganlarini ko`chadagi paqirga tashlab kirsek, bilmadim cho`ntagimizni kavlagandi, qog`ozlar  chiqib turibdiku, uyatdan yuzim qizarib ketgan.
Katta sinflarga o`tdim, fizikadan olimpiadaga qatnashdim, va imtiyozli shaxodatnoma va kollejda ham qizil diplom, hudo hohlasa bi yil nasib qilib institutga kirsam qizil diplomga harakat.

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 May 2010, 17:32:04

Har dushanba kuni.. Qolimizani ko'ksimizaga qoyib MADHIYAni etardik Leneykada...

Qayd etilgan


siddiqa  07 May 2010, 03:50:46

offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.

Maktabda har shanba ,dushanba yig'ilishda chiyillashib aytardik ........sinfda ham.

 litsey ,unversitetda esdan chiqdi ,shunchalik ko'p narsalar esdan chiqdiki odam sog'inadi ,.

Qayd etilgan


muhibb  07 May 2010, 11:45:10

offtop uchun uzr, haliyam maktab va institutlada gimn-madhiya aytiladimi har kuni ertalab?

Bizani paytimizda har kuni aytilardi. Maktabda, alohida tekshirishla bo'lardi. Bittama-bitta gimn aytib berardik. Hatto institutda hamma kursdoshlarim xo'r bo'lib gimn aytardik.

Maktabda har shanba ,dushanba yig'ilishda chiyillashib aytardik ........sinfda ham.

 litsey ,unversitetda esdan chiqdi ,shunchalik ko'p narsalar esdan chiqdiki odam sog'inadi ,.

Kechagidek esimda. Universitetda birinchi para darsimiz bo'ladigan xona shundoq hovliga qarar edi. Domlamiz darsga hali kirmagani uchun, madhiya paytida ba'zi talabalarimiz o'tirib olgan edilar. Bir payt oynadan Zuhriddin Xusniddinov (o'sha paytda bu kishi rektor yordamchisi edilar) ko'rindilar. haligi o'tirgan bolalar darhol o'rinlaridan turib oldilar.
Madhiya tugagach, Zuhriddin aka erinmasdan, xonamizga kirdilar. Hamma so'ksalar kerak...deb turganida bitta jumla bilan hammani nokaut qildilar: "Hurmatli talabalar, madhiya davlatimiz ramzi. davlat esa, sizlarniki. Siz o'z ramzingizga qanday munosabatda bo'lishingiz lozimligini tushuntiradigan yoshdan o'tib bo'lgansizlar deb o'ylayman. xulosa chiqarish har kimning vijdoniga havola..."

Aytsam ishonmaysiz, o'sha kundan boshlab, har kuni va har bir tadbirda oramizda eng dadil va baland ovozda madhiyaga jo'r bo'ladigan talabalar, aynan os'ha kuni o'tirgan talabalar edi.

Qayd etilgan