Uy sharoitda quyultirilgan sut - Sgushonka tayyorlash  ( 24661 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  01 Mart 2012, 12:57:51

 :asl3:

Anchadan beri sgushonka qilishni o'ylab yurgandim, bugunga nasib ekan. Judayam oson ekan, faqat 2.5 soat gazga achinmasangiz bo'ldi:)

Men sof sut oldim, ya'ni qutilardagi sut emas, ulardan qanday bo'ladi bilmadim. Yog'i olinmagan sut bo'lgani uchun mazasi judayam zo'r edi.

Masalliqlar:

3 litr sut
1.5 kg shakar

Tayyorlanishi:

Sut qaynamasdan shakarni soldim. Orada bir alashtirib turdim. 2 soatlardan keyin yana ham ko'p aralashtirdim, chunki qo'yila boshlagan edi. Ham pat pat, deb otila boshladi:)

Xullas 2.5 soat deganda tayyor bo'ldi. Blenderda bir aralashtirib oldim 2-3 daqiqa qadar.
Yaxshiyam 3 lirt sutdan qilganim, adashmasam 2 litrga yaqin bo'ldi...rangi ham shokoladli bo'libdi:)

Foydasi tegadi, degan umiddaman:)


Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 12:59:10

Sgushonkani olovdan olganimda unchalik quyuq emasdi, vaqt otgan sari quyuldi va rangi ham qo'yiqlashdi...mazasiiii mmm, hammaga tavsiya etaman...

(oylanib qoldim, biz olgan tayyor sgushonkalarni rangi nimaga oq ekan)

Qayd etilgan


Зайнаб  29 Aprel 2012, 09:15:15

 :asl3:
Kapalak опа, шу қуюлтирилган сутни банкаларга ёпиб қишга сақласа бсладими? Азда сут, қатиқ бисёр. Қишда етишмайди. шунда маза қилиб банкаларни очиб дастурхонга тортилса ҳаммага ёқса керак :) Турармикан қишгача?

Qayd etilgan


Ansora  30 Aprel 2012, 15:47:12

:asl3:
Kapalak опа, шу қуюлтирилган сутни банкаларга ёпиб қишга сақласа бсладими? Азда сут, қатиқ бисёр. Қишда етишмайди. шунда маза қилиб банкаларни очиб дастурхонга тортилса ҳаммага ёқса керак :) Турармикан қишгача?

Valaykum assalom. Hech oylab kormagan ekanman:) sinash uchun 1 litr yopib koring, bizgayam aytasiz natijasini:)

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 18:38:12

Tayyorlanishi:

Sut qaynamasdan shakarni soldim. Orada bir alashtirib turdim. 2 soatlardan keyin yana ham ko'p aralashtirdim, chunki qo'yila boshlagan edi. Ham pat pat, deb otila boshladi:)

Xullas 2.5 soat deganda tayyor bo'ldi. Blenderda bir aralashtirib oldim 2-3 daqiqa qadar.
Yaxshiyam 3 lirt sutdan qilganim, adashmasam 2 litrga yaqin bo'ldi...rangi ham shokoladli bo'libdi:)

 
Ansora opa 2 litr sugushyonka bizni kichkina oilamiz uchun ko'plik qiladi. aytaylik 1.5 litr sutga 0.75 kg shakr qilib ishlatsa bo'ladimi
keyin pishirishda har bir bosqichini birma-bir yozing itimos ertaga dam olish kunida qilib ko'rmoqchi edim. qancha harorat kerak qancha qaynagandan keyin aralashtirish bohlanadi ... har bir mayda detallarigacha javobizi kutib qolaman

Qayd etilgan