Farzandlarimizga namozni qanday o'rgatamiz?  ( 12199 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  01 Mart 2012, 18:17:39

 :asl3:

Bu mavzuda farzandlarimizga vaqt soati kelganda namozni qanday o'rgatishimiz haqidagi fikrlaringizni yozsangiz.

Bolaga namozni yaxshi ko'rdirish kerak, meni fikrim.

Avvalo ota-ona namoz o'qisa, bola kichkinaligidan o'rganib boradi, ko'zi o'rganadi avvalo.

Foydali fikrlaringizni kutaman...

Qayd etilgan


Abubey  01 Mart 2012, 18:23:34

Ўзингиз очган мавзуингиздаги билдирган фикр саволингизга жавоб бслибди.
Ота-она намозхон бслса, бола сзи қизиқиб боради. Одатда, болачалар ксрган нарсасини қилишга жуда қизиқувчан бслади. Тили чиқа бошлаганда аста аста ҳар хил бслмоғур гаплардан ксра, кичик суралар, хусусан Ихлосдан ёдлатиш бошланса, нур устига нур бслади.

Qayd etilgan


Ansora  01 Mart 2012, 18:28:07

Qolganlar ham fikrlarini bildirsa, degandim, harqalay oramizda bu mavzuda tajribaga boy akalarimiz, opalarimiz bor...

Men nasib bo'lsa bolamga ko'ra kichkina joynamoz olmoqchiman, biroz katta bolsin:)

Qayd etilgan


Humayro  02 Mart 2012, 10:00:04

mani 3 yoshlik jiyanim endigina kavsar surasini o'rgandi, tili kech chiqqanligi bois. namozga aqli yetmasada hali, namoz o'qiyotganda oldidan o'tmaslik, gapirmaslik, osilmaslik, birov chaqirsa borib namoz o'qiyapti deb aytishlikni yaxshi biladi.

Qayd etilgan


Shuhrat_  03 Mart 2012, 07:12:49

Bolani yoshligidan namozga qiziqtirish kerak va o'rgatish kerakki farz buyurilgan yoshda uzi bemalol o'qisin.
(o'g'il bolaga 12yoshdan qiz bolaga 9yoshdan farz buyurilada)
O'g'limni namozga o'rgatkanman namoz o'qidigan uyga qarab yursam,
dada namozgami ? Deb turadi.
Lekin bolani namozdan bezdirib ham qo'ymaslik kerak.
Yangi o'rgatayotganda o'rtoqlari bn o'ynayotgan bulsa , misol uchun, peshin namozni farziga chaqiring, shunda bolamiz namozdan bezimaydi va sekin sekin o'rganadi

Qayd etilgan


Ҳанафий  03 Mart 2012, 08:14:57

Ассалому алайкум.

Iqtibos
(o'g'il bolaga 12yoshdan qiz bolaga 9yoshdan farz buyurilada)

Ака айнан шу ёшдан фарз бўлади деб ҳукм чиқариб бўлмайди. Қачонки, қиз бола ҳайз кўрса, ўғил бола эса, эҳтилом бўлса ( тушида булғанса ) балоғатга етган бўлади ҳамда унга намоз, рўза каби ибодатлар фарз бўлади.

Qayd etilgan


Zohid85  03 Mart 2012, 09:07:25

 :bsm3:
Kichik 4-5 yoshlarimizda singillarim, amakimni farzandlari b.n 'kim ko'p sura yodlash' o'ynardik. Xar yodlagan oyat yoki kichik suralar u.n kattalardan 'xaqqimiz'ni tezda undurib olardik. Xech kim quruq qolmas edi. Kamida 'pao-pao' saqichi unar edi. Xozir bu usulni jiyanlarimga qo'llayapman. Rag'bat yaxshi usul menimcha.

Qayd etilgan


Ansora  20 Mart 2012, 23:01:44

 :asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?

Qayd etilgan


Ҳанафий  21 Mart 2012, 19:15:41

:asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?

Ва алайкум ассалом.

9 ёшли бола катта болаку, қолаверса, бола пул учун намоз сқийдиган бслиб қолади.

Болага Аллоҳ шуни буюрганини, намоз сқимаса бслмаслигини схши гап билан тушунтириш керак.

Qayd etilgan


registan  21 Mart 2012, 19:20:43

:asl3:

Bir tanishim jiyaniga har o'qigan namoziga pul berardi, jiyani 9 yosh edi, bu yo'l to'g'rimi sizningcha?

Bolani 7 yoshida namozga chorlang, 10 yoshida ham o'qimasa uring degan hadis bor edi adashmasam.

Shuni qo'llash kerak. Pulga o'rgatish yaxshilikka olib bormaydi.

Qayd etilgan