Yolg'izman hattoki do'stlar yonida...  ( 20937 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:02:06

Assalom:

Qo`lida osh bo`lar satang bolaning,
Yuragi tosh bo`lar satang bolaning,
Butun dunyo ahli kulgan kunda ham
ozida yosh bo`lar yetim bolaning...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:02:23

Kumushbibi:

Mening tashvishlarim keldimi malol,
Yo yosh umringizni qildimmi uvvol?
Yarimta yuragim titib bir savol
Ona!nega meni tashlab ketdingiz?

Yetimlik qursina-a,ruhim xor bo’ldi,
Kimlarga keng dunyo,menga tor bo’ldi
Yo’l qarab ko’zlarim,sizga zor bo’ldi
Ona!nega qalbim g’ashlab ketdingiz

"œYetimcha"-shirin so’z topganim bo’ldi,
Alamli,achchiq dard yutganim bo’ldi.
Bilmam,non yo zaxar totganim bo’ldi
Ona!ne kunlarni boshlab ketdingiz

Sarg’aygan suratingiz artib gardini
Yig’idan o’zimni tiya olmayman..
Yol’giz bu dunyoda onajon nega?
Tashlab ketganingiz bila olmayman...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:02:37

Shamshir:

 Nima deyman men?
Ko`nglim yarim o`ksib o`sdim,
doim egik ham boshim.
Bo`yim o`sib,bo`y yetsam ham,
to`xtamas ko`zda yoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
og`rib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

Holim abgor,ming dardim bor,
yemoqqa yoq non-oshim.
Merosimda shu kulbamday
nurab borar bardoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
siqib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

Bisotim shu-yurakkinam,
parcha-parcha sirdoshim.
Borim ham shu, ko`cha-kuyda
yo`qdir do`stim, yo`ldoshim.
chap ko`ksimda mushtdekkina
sanchib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`ramang sevgilim.

To`y qilamiz tomoshaday
yor-yorlar aytilmagay.
Yor-yor aytib sep ilguvchi
yangalar topilmagay.
chap ko`ksimda yurakman deb
sezib turar bir yerim.
Otang qayda,onang qani?
deb so`raysiz sevgilim.
nima deyman men?
Shamshir (27.11.05)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:02:52

 * * *

Yetimxonalarning nomlarini turlicha atashadi: avval «Bolalar uyi» deyishardi. Endi esa «Mehribonlik uyi» deb atash rasm bo‘ldi. Ajabki, nom o‘zgargani bilan mohiyat o‘zgarmaydi. Mehribonlik uylarida bolalar ota-ona mehriga tashna bo‘lib yashaydilar. Bir yetim bola «adam bilan oyim kelmaydilar, bobojonim kelib turadilar», deydi. Ota-onasi tirik bo‘la turib yetim qolgan bu bolaning o‘kinch to‘la yuragida yana qanchalar nafrat bor ekan! Uning ota-onasi ehtimol ajrashib ketgandir, so‘ng har biri boshqa oila qurgandir. Boshqa oiladan farzandlari bordir. Yurakning bir parchasi bo‘lgan bolani yetimxonaga tashlab qo‘yib hotirjam yashovchilarni odam deyishga til bormaydi. Bular-ku mayli, nahot o‘sha yetimlarning amakilari yoki tog‘alari, ammalari yoki xolalari bo‘lmasa?! Jiyanlarini bag‘irlariga olib, o‘z farzandlari qatorida voyaga yetkazish savobidan nechun ular bebahralar?
Bizda ilgari yetimxonalar yo‘q edi. Bizda iymon egalari ko‘proq edi...

Tohir Malik

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:03:01

Qur’oni Karimda «Farzandlarimni boqolmayman, degan havotir bilan ularni o‘ldirmanglar, men ularni rizqi bilan beraman», degan ma’nodagi oyati karima mavjud. Ulamolarning tafsiriga ko‘ra, johiliyat zamonida arablar «bolalarmizni boqolmaymiz», deb tug‘ilgan hamoni tiriklayin ko‘mib tashlashar ekan. Oyati karima ana o‘shalarni ogohlantirish uchun nozil qilingan. Ammo shu bilan vazifasini o‘tab bo‘lmagan. Bola o‘ldirish to hanuz davom etadi. Buni endi «madaniy, tibbiy» tilda «abort» deb atashadi. O’zbekcha qilib esa «bola oldirish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri atama. To‘g‘risi - bola o‘ldirish! Ona qornidagi tirik jonni majburan olib tashlashni bundan o‘zgacha atash mumkin emas. Bolasini o‘ldirishga rozi bo‘lgan ota-onani esa «qotil» demoqlikdan o‘zga nom yo‘q. Bu jinoyatni, ha, aynan jinoyatni butun dunyodagi ongli odamlar qoralaydilar. Barcha dinlarning olimlari bu jinoyatga qarshi kurashadilar. Ammo... uni yoqlovchilar ham bor. Ba’zan televizorda horijdagi namoyishlarni ko‘rib qolaman. Hukumatning abortni man etish haqidagi qonunlaridan norozi bo‘lganlar yo aqldan ozgan kimsalar, yoki fohishalardir.

Tohir Malik

Qayd etilgan


Mas'ud  21 Sentyabr 2006, 15:36:41

...Siqilib g'amlardan bo'lganda mahzun,
Yo'qolib ketganda umid hislarim.
Bo'lsa tor yo'llarim uzundan uzun,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo'lsa so'zlarim.
Mehrga tashna bu foniy jahonda,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hayotdan go'zallik istayman holos,
Oltin tog'ni havas qilmas ko'zlarim.
Har qachon, har joyda Sizdan iltimos,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Siz sabab nogahon omadim kulsa,
Oftobdek charog'on etsa yuzlarim.
Mo'jazdek yuragim quvonchga to'lsa,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hammamiz otlansak boqiylik tomon,
Qalblarni bezasa ezgulik, iymon,
Jannat go'zalligin his qilgan zamon,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hurmat ila...JaruleUZB...04.16.06

Qayd etilgan