Bolaligim, seni sog'indim  ( 86275 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 14 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:19:30

Behzodbek:

Assalomu alaykum.

Bolaligini sog'inmaydigan odam bo'lmasa kerak. Albatta, hali qarib yoshimiz bir joyga borib qolmagan bo'lsa ham, lekin hozirdan bolalikning beg'ubor damlari tez-tez yodga tushadigan bo'lib qolibdi. Ha, bolalik boshqacha edi. Gunohlardan xolilik, hatto gunohlar, yomonlik qilish hissi yetti uxlab tushingga ham kirmaydigan bir davr. Pok bir davr...

Keling, bolaligimizni xotirlaymiz. Go'zal damlar, shirin voqealarni bir-birimiz bilan baham ko'ramiz.

Eng yosh davringizni eslay olasizmi? O'shanda necha yosh bo'lgansiz? Masalan, men bir yosh bo'lgan davrimdagi bir voqeani tiniq xotirlayman. O'shanda atak-chatak qilib endi yurayotgan paytlarim edi...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:19:42

Behzodbek:

O'shanda yangi uyimiz hali bitmagandi. Otam (dadamning dadalari, hozir yoshlari 80 ga borib qolganlar) bir xonaning ichini shuvayotgan edilar. Ikkinchi xonadan bu xonaga o'tish eshigida, adashmasam, arava yoki odam o'tishi uchun bir taxta qo'yilgan edi. Men shu taxtaning ustiga chiqib, devorga qo'lim bilan tayangancha sekin yurib o'tganimni eslayman. Ota-onamga bu haqda gapirganimda hayron bo'lishadi: o'shanda men bir yosh bo'lgan ekanman.

Xo'sh, siz ham yoshligingizni eslab turasizmi? Qanday shirin xotiralaringiz bor. Ehtimol, biz bilan baham ko'rarsiz?

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:20:05

Feruza

Mening bolalagim. Qaytib kelamaydigan beg'ubor davrim........

Men bolaligimda singlim bilan juda ko'p tortishib turardim. Oxir oqibat ayamlar yoki dadamlar ikkalamizni ikkita xonaga qo'yib, ajratib qo'yishardi jazo sifatida, lekin 5 daqiqa ham o'tmay singlim meni "qutqarishga" kelardi o'zining xonasidan "yaxshirincha qochib". Keyin yana hech nima bo'lmaganday o'ynab ketaverardik.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:20:29

AbdulAziz:

Yoshligini xotirlamaydigan inson bo'lmasa kerak. Bolaligimni faqat yaxshi kunlar bilan yod etaman. Aslida hamma ham shunday eslasa kerak. Chunki bunda nar armon bor, na mashaqqat. Bunday tuyg'ular bolalik uchun yot!

Men 1 yoshga to'ldim. Og'zimda so'rg'ichim bo'lsa-da, lekin aqlim tiniq. hali yura olmasam-da, har tugul tikka tura olaman. Man ayajonimi yaxshi ko'raman, ular manga "qaqa" oberadila. Dadajonimiyam yaxshi ko'raman. man qo'limdegi mushukchamni dadam olib berdilar. Hali qarab turasizlar, yurishni o'rganib olay. Hammalaringni ta'zirlaringni beraman.

Tezroq yurgim kelyapti. Anu ko'rinib turgan Shohimardon tog'lariga chiqqim kelyapti. Anularni qarang: manga qarab "kul-kul" deyishyapti :)

Ey, fotograf aka, tezroq oling, manam charchap kettim. Yo yig'lab, bir maza qivolaymi? Qarab turasizlar hali...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:20:44

Maknuna:

Man yoshligimda juda urushqoq va qizg'onchiq bo'lgan ekanman. Agar o'yinchog'imga kimdir qo'l cho'zsa, u bilan urushishdan ham toymas ekanman.
Bolaligimda juda ko'p qo'g'irchoqlarim bo'lardi. Ularni bir uyga yig'ib olib rosa o'ynardim... O'g'il ukalarim agar shu xonaga kirib qolishsa, ularni haydab solardim... Har kuni oyijonimda shu qo'g'irchoqlarimga kiyim tikib berishlarini iltimos qilardim...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:20:58

AbdulAziz:

Yoshim ikkiga to'ldi. Yurishni ham o'rganvoldim. lekin haliyam so'rg'ichimni tashlaganim yo'q. Endi mani orqamdan yugurib yurishibdi. To'g'ri-da, manam boshqalar ko'rgan narsalarni ko'rgim kelyapti. Shunichun ayamlarga bildirmastan ko'chaga chiqib ketyapman.

Yonimda o'tirgan mani - opam. U bilan birga o'ynaymiz. Ba'zida uni ko'ziniyam shamg'alat qilib turib, maydonga qochib qolaman. Keyin esa u mani qidira boshlaydi.

Kecha tog'am anu Shohimardon tog'iga olib chiqdilar. Juda zo'r ekan. Bir kunmas, bir kun o'zim chiqib ketaman-da. Mayli, hozir borib kashamni yeyishim kerak.

Lekin, man qaytaman, yana...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:21:11

Assalom:

Man ham bolaligimda juda sho'x bo'lgan ekanman.
Manimyam juda ko'p o'yinchoqlarim bo'lardi. Ayniqsa, kichkina soldatchiklarni to'plashni hush ko'rardim.
Ukalarim bilan birga shu soldatchiklarni o'ynardik.

Bir kuni oyim yo'qliklarida gaz bilan "o'ynashib" uyni yondirib yuborishimga azgina qolgan edi. Parda yonib, endi yong'in boshlanganda, o'zim baqirib, hammani chaqirgan edim...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:21:28

Kumushbibi:

Ayajonimning aytishlaricha,yoshligimda juda quvnoq bo'lgan ekanman..Amakimla kelsalar ko'zlarimni mahkam yumib,ular ketgaunga qadar shunday turarkanman.Ko'p sho'hlik qilsam ana,soqolli amaki kelyapti deb qo'rqitisharkan.. :)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:21:43

Noza;

Assalomu alaykum!

Man ham bolaligimni eslab goho yig'lab yuboraman.
Biz ham opa-singil, dugonalar har hil o'yinlar o'ynar edik.
Eng yoqtirgan o'yinim bekinmachoq edi.
Qizlar bilan qog'irchoqlar o'ynar edik, :D
kiyimchalar tikar edik.
Holakamsi o'ynasak man albatta kimningdur qizalaog'i bo'lar edim. Mani kotta qizlar rosa talashishardi : "Dilnoza mani bolam bo'ladi" deb.
O'yinchoqlarimiz ham juda ko'p edi.
Shunga qaramay opam bilan har doim ularni talashar edik.
Lekin dadam ikkalamizga ham bir hil o'yinchoqlar olib kelardilar.
Lekin yoshligimda ancha bosiq kamgap qiz bo'lganman,
hozir manimcha buni aksi yanan bilmadim :)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:21:58

Shamshir:

bolaligimda kop kasal bolganman, ota-onam ancha vaqt farzand kormaganliklari uchun erka qilib ostirishgan lekin juda ishimga pishiq bolgan ekanman, meni bolaligim boshqalrnikiga qaraganda kamroq bolgan.Faqat dadam bilan yurardim, nasib etsa rasmarni ham joylayman, 90 yillargacha faqat Kiyevda va Lelingradda yashaganmiz, ayam Jizzaxda qolardilar.Biz tel. qilib turardik. Bir kuni dadam quymoq pishirib beraman dedilar manga un olib kel dedilar man olib keldim. Quymoqni tayyorladik, biroz tindirdik qarasak qotib qolibdi dadam rosa kulgandilar ,,EEE ahmoqqinam albastir olib kelibsanku,, deb. ....Ayam bilan bilan bozorgabormasdim borsam qochib ketardim, bir safar Urgutga borgandik, zerikdimda ketdim borib daraxtni soyasida otirdim bir payt ayam yiglab kelib qoldilarku, qayerga ketib qolding deb, yarim kechasi picheniy yeydigan odatim bor edi faqat dadamni uygotardim dadam man uchun hama narsani qilardilar....Qishlogimiz ancha uzoqda 1 marta bir ozim 2 sinfda borib kelganman, hozir singlim 15 kirgan bolsa ham unga ruxsat berishmaydi.Dadamga oxshab o`ta rashkchi edim, bir kuni ayam kim bilandir gaplashayotib manga etibor bermagani uchun uydagi kyimlariga o`t qoyib yuborganman.Mehmon kutishda ayamga aql bolardim, pochcamlar kelishganda 6 yosh ekanman, rosa mehmon qilganman keyin ,,Anor yeshishni bilmaysizmi?dasturxonga tushirmang ayam urshadilar,, deganimda dadamga qarab ,,Poja bu bolangiz 6 yoshmi 60 yoshmi ?,, degandi....

Qayd etilgan