Bolaligim, seni sog'indim  ( 85915 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 14 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:22:12

Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Men yoshligimdan o'qishga mehr qo'ygan bo'lsam ajab emas. To'rt yoshligimda men va bir yosh katta akam bog'chaga boradigan bo'ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o'qish-yozish o'rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog'chadayam o'qishni o'rgatishadimi, deb so'radim. Onam yo'q, deb javob berganlarida xafa bo'lib ketgandim.

Akamlar maktabga qatnab, o'qish-yozishni o'rganishib olishdi. Men ularning kitoblariga, daftarlariga tikilib o'tiraverardim. Bir kuni o'rtancha akam barcha alifbe harflari bor bo'lgan bir varaq olib kelib berdi. Men undan akamlardan so'rab-so'rab o'qishni o'rganib oldim. Bog'chada tarbiyachi opalarim menga bino tepasiga yozilgan gaplarni o'qitkizishardi.
1-sinfga kirganimda, o'qituvchilar "ona, ana non" degan kichkina gaplarni qayta-qayta o'qitkizishaverardi. Men siqilib ketardim, tezroq katta-katta matnlarga kelsagu derdim.

Xullas, o'qishga mehr qo'yib yomon bo'lmadik, alhamdulillah, ishlarimiz yaxshi.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:22:26

Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Bog'chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. O'shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akamni bog'chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni olishlari mumkinligini aytishdi. Ota-onam meni berib, akamni qaytarib olib ketishmoqchi bo'lishdi. Lekin men qolishni hecham xohlamadim. Nega endi akam ketadiyu, men qolishim kerak. Bog'cha opalar meni majburlab ushlab olishdi. Men rosa dod deb yig'ladim, qo'llaridan qochib ketaman, deb tipirchiladim, lekin baribir ota-onam va akm ketishdi, men o'sha yerda qoldim. O'shanda rosa xafa bo'lgandim.

Bog'chaga ham o'rganib qoldik. Akam ham keyinroq qatnay boshladi. Uch mahal ovqat berishardi. Lekin bog'cha opalarning qizlari, og'illari pecheni va shirinliklarni hammadan ko'p yerdi. Hech kim ularga indamasdi. Chunki ular tarbiyachilarning farzandi edi-da.
Bir kuni bog'chamizga komissiya keldi. "Bolalar, kimga ovqat va pechenilarni ko'p berishadi", deb so'rashdi. Ahad va Salim degan bolalar bog'cha opalarning o'g'illarini ko'rsatib, ismlarini aytib berishdi. Komissiya a'zolari tarbiyachilarni bizning oldimizda izza qilib ancha gaplar aytdi. So'ng ular ketgandan so'ng tarbiyachi opalar Salim bilan Ahadni rosa urishdi.Men o'sha payt nega aytganlari uchun bunaqa qattiq urishishganini tushunmagandim.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:22:55

Feruza:

Ota onam uchun meni bog'chaga jo'natish va u yerda qoldirish haqiqiy mashaqqat edi. :) bilmadim, nimaga bog'chani bunchalik yomon ko'rganman. Balki ikkita gruppani birlashtirishgani uchundir. (3 marta bog'cha almashtirganman, har doim yangi bog'chaga o'rganish qiyin bo'lardi.)Xullas, yomon ko'rardim.Har kuni yig'lardim bormayman deb, nima qilib bo'lsada maqsadga erishish yo'lida o'z "taktikamni" qo'llardim. Bog'chadan qolib, ayamlar bilan ishga borishni yaxshi ko'rardim. Ishga borish bog'chaga borishdan ming marta afzal edi men uchun. Hozir esa bog'chamni judayam sog'inaman. Hatto qaytib bog'chaga borishni orzu qilganman, na iloj maktab o'quvchisi bog'chada ........... ;)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:23:11

Behzodbek:

Bog'chada ba'zan bizni sayrlarga olib chiqishardi. Guruh-guruh bo'lib tarbiyachilar boshchiligida turli joylarga borardik.

Bir kuni uyimiz oldidan o'tdik. Shundoq darvozamiz oldiga keldik. O'sha paytlar biz tomorqada handalak ekardik. Bu payt handalak ayni g'arq pishgan mahal ekan. Katta akam tarbiyachimizga handalak olib chiqib berdilar. Keyin biz yana bog'chaga qaytadigan bo'ldik. Shunda men uyda qolishni, bog'chaga qaytib bormaslikni shunaqangi xohladimki, lekin bir og'iz tarbiyachimdan men uyda qolay, deb so'rolmadim. Oyog'im tortmasa-da, noiloj yana bog'chaga qaytishga to'g'ri keldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:23:22

Noza:

Man esa bog'chaga borishni yoqtirardim.
Bog'chada bizning honamizda 2 ta kotta qo'g'irchoq bor edi.
Komola dugonam bilan o'sha 2 qo'g'irchoqni bizning ruxsatimizsiz hech kim o'ynamas edi.
Bir kuni Komola dugonam bilan "Parehmakerski" o'ynadik. Komola parikmaher bo'ldi man esa unig mijozi bo'ldim. U sochimni turmakladi.
Peshonamga tushib turadigan sochlarimni taroqqa shu darajada o'radiki umuman echa olmadik. :D
Keyin Komola "Dilnoz endi nima qilamiz sochlarindan taroqni olib bo'lmayabdiku" didi va manga ularni kesib tashlashni taklif qildi.
Man ham rozi bo'ldim.
Qarabsizki peshonamga tushib turadigan sochlarim endi tikka bob turardi. Uyda ayam rosa urishdilar "Sochingni nima qilib qo'ydin" deb.

Hozir Komola bilan o'sha paylarni eslab rosa kulamiz.......

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:23:44

Feruza:

Ey tinib tinchimagan qizlareyyyyyyyyyyyyy

:) Menda ham bir safar shunaqa bo'lgan, lekin bir balo qilib ajratganman

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:23:56

Maknuna:

Nodi bilan man birga bog'chaga borardik.
Bir kuni bog'cha opa bizni uxlatib qo'ydi-de, o'zi chiqb ketdi. Biza xuddi uxlagandek, ko'zimizi yumib tururdik.
Ko'pincha shunaqa bo'lardi. Negadir uxlagimiz kemasdi.
Nodiga qarasam, uyam ko'zini ochvotti. Keyin, sekin boshqalaniyam uyg'otdik. Eee, boshqalayam uxlashmagan ekan.
Bog'cha opani bir qo'rqitmoqchi bo'ldik-de, spalniyning oldidegi xonaga 4-5 kishi kirib oldik. Boshqalaga bizani etib qo'ymanglar deb tayinladik...
Keyin bog'chaopamiza kirdila. hamma "uxlavotti". Biza yo'qmiz. Joni chiqib ketishiga azgina qoldi. Bolaladan qani ula deb so'rasa, hech kim javob bermiydi. Uyoq buyoqni qidirdi, biza yo'qmiz. Shu zayl ancha qidirgandan keyin, biza, bog'chopa deb chiqib keldik. Bechora yig'lab yuborgandi, o'shanda...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:24:09

Feruza:

Menda ham shunaqa voqealar ko'p bo'lgan. Nimagadir, bog'chadagi hech qaysi jajji erkatoy uxlashni yoqtirmaydi, shular orasida men ham bor edim.
Mening guruhimdagi bolalar turib olib, qo'shiq aytishardi, o'ynashardi, biz esa tomoshabin bo'lib qarsak chalardik. O'ziyam butun bog'chani ko'chirardik. Bog'cha opamiz kelganidan esa, hamma o'zini uxlaganga solardi.
Bolaligimning eng baxtiyor paytlari ekan o'sha damlar endi o'ylasam! ;)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:24:32

Maknuna:

Feruza, bog'chada eng sevib o'ynagan o'yinchog'ingiz qaysi edi?

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:24:43

Ozoda:

Bolaligim!!!!
O'zi insonning eng quvonchli damlari bo'ladida bu bolalik!!
Men bog'chaga oz borganman!!
Bir bordim, keyin bog'chadagi bolalar bitlab ketishgandi :D
Qiziq a????!!!!!
Ha, keyin ayam bilan dadam qurqishib meni bog'chadan olib qo'yishgandi!!
Ba'zida bog'chdan uyga qochib kelardim, keyin, men bilan singlim bora boshladi, singlim qayerga borsam o'sha yerga men bilan birga borardi, shuningdek, bog'chadan qochayotganimda rosa qiynalardim da, ahir singlim tez yugirolmasdi da :D ;D ;)

Qayd etilgan