Bolaligim, seni sog'indim  ( 85861 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Akbarjоn  14 May 2011, 15:18:40

bolaligimda bu vaqtlar uyimizda ikkta katakon qo'qon gilos bo'lardi (katta sariq gilos) shunaqa vaqtlarga to'g'ri kelardi pishishi
shu vaqtlar juda yaxhsi edida

xozir juda qimat bo'lgan vareni qilish uchun ishlatiladigan achiq gilos (kichik qizil) gaku umuman qarab qo'ymasdik
uni faqat butulkani ichiga solib cho'p bilan urib sokini ichish uchungina terardik halos

xozir esa bozorlarda palon pul, Banan, kivi chiqmagan to'riga ular chiqib olishgan :D

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2011, 16:34:50

En arzonidan, eng qimmatidan, ko'chada yurib, eng qimmat restoranlarda o'tirib, bazan bir o'zim, bazan do'stlar davrasida, goh yoz, gohida esa qishda yedim, yedik.

Lekin, lekin o'sha bir paytlar, yoshim 7-8 ligida, qishloqni cnang ko'chalarida, buvimdan yolvorib olgan pulimizga olib, bir-birimizga ko'z ko'z qilib yegan muzqaymog'imizni mazasini hech qayerdan topa olmadim...

Qayd etilgan


Anonim  22 Sentyabr 2011, 06:26:32

Bolalik nega shunday ekana har kimni ex qani endi bir kun bolsa ham bolalikka qaytsam edi degizadi. Bolalikdagi buvimning uylari ertalabki yangi yopilgan non bilan qaymoq. Tog'amlarning ustiga chiqib olib ot qilib minib yurganimiz. Bolalikda qiziq voqealar ko'p boladida buvamlarnikida edim savzi ekilgan agatga tushganimda kom kok bolgani uchunmi tapichkamni sabzilar orasiga yechgan edim ekan, oynab oynab kechka borib tapichkamni hammaga qidirtirganman. Shuni aytsa kerekda bolaligim podshoxligim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Yanvar 2012, 09:47:15

Bolaligini anchadan beri hech kim sog'inmabdi shekilli.

Boya "sog'indim..." mavzusini o'qib turib bolaligim esimga tushdi.
O'zi shu so'zni eshitsam har doim bolaligimni qumsayman.
Bolaligimizda yozgi kanikulni deyarli Qo'qonda o'tkazardik.
Buvimni uylarini yonginasidan kichik soy oqib o'tadi.
U vaqtlar soy suvi toza va to'lib oqardi.
Biz shu soyni loyidan qaldirg'och ini yasardik.
Mahalladagi barcha bolalar shunaqa qilib incha qurishardi.
Ayrimlar yasab-yasab, kn ota-onalari uyga chaqirib qolsa, qurgan inchasini buzib ketardi  :)
Ayrimlarni ko'zi qiymasdi.
Bir kuni opam bn biz ham in yasamoqchi bo'lib soyga chiqdik.
Idish ham kerak bo'lib qoldi.
Hovlimizdagi artizon oldida turadigan cho'michni oldim.
Opam "buvim bilib qolsalar, o'lasan" didi.
O'yinni qizig'ida bilmasdan o'sha cho'michni soyga oqizvordim.
Rosa soy ketidan yurib ushamoqchi bo'ldik, lekin eplolmadik.
Kn boshimni egib, buvimdan qo'rqib sekin etdim.
Rosa urishib berdilar "U cho'mich mani rahmatli buvimdan esdalik qogandi, yurchi" dib soy suvini to'stirdilar.
Kn oxirgi marta qatta ko'rganimni so'rab izlashga tushdik.
Har xil topilmalar ichida axiyri cho'michimizniyam topdik   :D
O'shanda shunaqa xursand bo'gandim.
O'sha cho'mich anchagacha xizmat qildi, xozir ham bo'lsa kerak  :)

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  09 Yanvar 2012, 11:56:31

Bolalikniyam sog'nmay buladimi?
Doim yodimga tushkanda qandaydir ajib his his tuyg'ular qamrap oladi. Esimda 6 yoshman maktapka hali chmastim ertalap azonda ayamla uyg'otardila turb bomdotni birga uqirdik oilaviy k.n paqir b.n supurgni olib kuchaga chqip kucha supurardim. Suv toshirdim k.n kitopni olip hujraga borardim hujra yaqin bugani uchun man uydan qatnardim eng yoshi man edim uyerda har joydan kegan uquchla uqirdi tojiklayam boridi hamalari ajoyip bolalaydi mani ukaday kurib erkalatp yurishardi.to maktapka chqinumcha shu yerga qatnap yurardim.. Kn bekilip ketdi.hozram usha hujraga borgim keladi...

Qayd etilgan


Abu Muso  20 Mart 2012, 22:23:07

  :asl3:

Bolaligim xotiralridan 2 ta hikoya aytib beray men ham...  :D

1-Hikoya:

Maktabga ham bormasdim, 4-5 yoshlar edim chamamda... Ko'chada doim birga o'ynaydigan,

tengdosh o'rtog'im bilan urushib qoldik. Yerdan bir siniq oyna bo'lagini olib, bo'yniga uribman jaxl

bilan. U bo'ynini ushlagancha qoldi, men esa yashin tezligida uyga, aniqrog'i har doim ayb qilib

qo'ysam berkiniib oladigan karvotimning tagiga qarab chopdim. Yozning uzun kunlari edi, bu

voqea peshin vaqtlari bo'lgan bo'lsa, to shomgacha o'tiribman. Uydagilar sezishmadi ham, men

esa uyimizga militsiya xodimlari bilan o'rtog'imning ota-onalari kelishini kutib o'tirdim. Sababi,

mendagi tushuncha bo'yicha, uni o'ldirib qo'ygandimda .  ;)  Xullas, qosh qoraygach ko'chaga

sekin chiqdim. O'rtog'im esa tirik va o'ynab yurardi.  :D Borib bilsam, hatto bo'yni qirilmagan ham

ekan. Birdan yarashib ham oldik, faqat 4-5 soat qo'rqinchli fantaziya bilan karovot ostida qiynalib

o'tirganim qoldi...  ;D Haqiqatda, bolalik beg'uborlik ekan!

Qayd etilgan


Abu Muso  20 Mart 2012, 22:26:39

:asl3:

2-Hikoya:

3-4 yoshlar orasida edim menimcha... Xullas gugurtni yangi kashf qilgan paytalrim edi.  ;)

Uyimizga shu vaqtlarda traktorda somon olib kelishdi. Men nima qilardim, albatta tekshirib

ko'rdim somon qanday yonishini.  :D Qolganini tasavvur qilavering, xullas somondan bir

hovuch kul qoldi. Aka-opalarim rosa qo'rqitishdi, dadam kelsa o'ldiradi, deb. To dadam

ishdan qaytgunlaricha, karavotimning tagida har xil o'ylovlar bilan o'tirdim. Dadam ishdan

kelganlarida esa, hovlini aylanib qocha boshladim. Aka-opalarim quvib, tutib kelishdi... Men

qo'rqib kutgan lahzalar... Ammo dadam "boshqa gugurt bilan o'ynamagin, xo'pmi?",

dedilarda, bo'yinlariga mindirib erkalatdilar. Bilmadim, o'shanda rangim juda ham bir ahvolda

bo'lganmi, xullas dadam qattiq urishmagan bo'lsalarda, yetarli bo'lgan. Oxiratlari obod bo'lsin!

Qayd etilgan


Ummu Muslima  22 Mart 2012, 21:28:11

 ;D
iy Abu Muso rosa "yuvosh"bola bo'lgan ekansizku,sizdan kutmagan edik  :13

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Mart 2012, 23:06:00

;D
iy Abu Muso rosa "yuvosh"bola bo'lgan ekansizku,sizdan kutmagan edik  :13

 :asl3:

Aytishadiku, bola bo'lsang sho'x bo'l..., deb. ;)

Qayd etilgan


Aqoid  23 Mart 2012, 04:47:58

Zarari yo'q. Abu Muso akamizga ham navbat allaqachon yetib bo'lgan nasihat qilishning "gugurt oynamagin"- deb, Muso, uning ukalari-kelajak avlod yetishib kelyapti. :-)

Qayd etilgan