Bolaligim, seni sog'indim  ( 86240 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 B


Mahdiyah  14 Iyul 2012, 16:53:05

Bugun yana bolalikni eslagim keldi...

5-6 yashar paytlarimiz edi... ko'chadan kelmasdik... g'am yo'q tashvish yo'q, dardimiz o'yin edi. :)
Kichkina bo'lganligim uchun liftning 8 qavatga chiqadigan knopkasiga bo'yim yetmasdi.
Opam bn bo'lsam opamni bo'yi sal uzun edi, cho'zilib 8 tugmasini bosaolardi.
Lekin o'zim ko'chada bo'lsam 8 qavatga chiqadigan kimdur kelgunicha ko'chada o'ynardim, kimdur kelib qolsa baxonada man ham uyga qaytardim  :D
Goxida ayam uyga chaqirsalar akam liftdan 8 ni bosib chiqazib yuborardilar.
Bir kuni dadam, opam ikkalamizga chiroyli ko'ynakcha olib keldilar.
Ko'chaga maqtanib chiqdik  :)
Har doimgidek manga kelgan narsa uzoqqa bormadi  ;D
Bir pastda qulashmachoq o'ynab ko'ynagim qayergadur ham ilib qolib, yirtilib qoldi.
Rosa hafa bo'ldim, eng yomoni esa xozir uyga chiqsam ayamdan dakki ehitishim edi.
Opam ikkalamiz liftga chiqib qaytayotgandik svet o'chib qoldi.
Lift ham to'xtadi, ichi qorongu, qorong'uki huddi ko'r odamga o'xshab qolasiz.
Bir pastda vohima yig'i-sig'i.
Panikadan havo yetmagandek bo'laverardi.
15-20 minutda liftyor kelavermagach dadam eshikni temir bn surib ochdilar.
Ichkarida ko'zlari yig'idan shishib ketgan ikkita qizlari turibdi.
Kulib yubordilar: "EEEE shungayam yig'lidimi..." dib.
Uyga chiqsak ayam xavotirda darrov yuz qo'limizni sovuq suvga yuvib bizni tinchlantirdilar.
Yirtilgan ko'ynak ham esdan chiqib ketdi  :D

Qayd etilgan


Mufazzala  14 Iyul 2012, 20:28:22

 :asl3:

Bolaligimda urush kinolar ko'rsam o'lgan askarlarga, ularni yiqilgan
otlariga rahmim kelib yig'layverardim.
Hayvonlar haqida kinolarda ham o'lgan hayvonlarga achinib rosa yig'lardim.
Ayniqsa "Bembi", degan film bo'lardi, yuragimni ezib tashlardi doim.
Bir kuni "Silovsin ovga chiqdi", degan hayvonlar haqida kino berildi.
Hammamiz o'tirib ko'rdik. Hayvonlarni ayovsiz qiradigan sahnalari
borakan. Onam menga qarab-qarab qo'yardi orada, ko'zimni uzmasdan
tomosha qildim oxirigacha. Tugagandan keyin endi boshladim piqillab
yig'lashni, ishib ketdi bir pastda ko'zlarim. Film tugagandan keyin yozuvlari
chiqayotgan paytda onam katta akamga "Akasi, o'qichi, nima dedikin", dedi.
Akam ham baland ovozda o'qiy boshladi, meni eshitsin, deb.
"Xurmatli teletomoshabinlar, ushbu kinodagi o'ldirilgan hayvonlarni hech qaysi biri
o'lmagan, balki uxlatadigan o'q otishib uxlatib qo'yishgan"
Shu payt xursandligimdan ishib ketgan ko'zlarim katta-katta ochilib ketgan.
Rostdanmi, rostdan o'lishmaptimi, deb :))
Endi o'sha paytdagi quvonchim boshqacha beg'ubor edi.
Uydagilaram xursaaand, qutuldik yig'lashidan, deb ;)

Keyinchalik o'qishni bilganimdan keyin o'sha kinoni ko'rsam oxirida
hech qanday akam o'qib bergan satrlar yozilmagan ekan. Shu ezilmasin yana,
deb hiyla qilishgan ekan:)

Qayd etilgan


Mufazzala  14 Iyul 2012, 21:41:37

 :asl3:

5-6 sinflar bo'lsam kerak. Kechki paytga ovqat qilayotgandim, mastava.
Onam ishlardi, ishdan kelgunicha ovqat pishishi kerak edi oila qonunchiligimizda :)
Maktabdan kelib birinchi qiladigan ishim qo'ylarni boqish va kechga ovqat tayyorlash edi.
Orasida hovlini supurib, suv sepish ham boridi(biram yomon ko'rardim shu ishlarni, o'sha paytda albatta))
Dars qilishga ulgurolmay uxlab qolishdan qo'rqib adabiyot kitobimni o'choq boshiga olib kevogandim.
Ora-sirada ko'z tashlab qozondagi ovqatni qovurardim(piyozlari kuygaaan))
Shu payt Tog'am kelib qoldi, "ayang qani", dedi. Ishda, hali kelmadi, dedim. "Nima qilyapsan", dedi.
Ovqat, dedim. Kelib o'choqqa yaqinidagi so'riga o'tirdi va "sen ovqatingni qilaver, men senga kitobingni
o'qib beraman, eshitib qilasan", dedi. Xursand bo'p ketdim, tayyor o'qiydigan odam, men eshitaman holos, mazzayu.
Qayerga keldinglar degan savoliga Abdulla Oripovni hayoti va ijodi, deb javob berdim, qo'limda kapgir.
Tog'am o'qishni boshladi, men eshitib ovqatimni davom ettiraverdim. Astoydil, yuragidan chiqarrib, obrazga kirib
o'qib berardi. Aqoidga o'xshagan "qitmir"ligi bor edi tog'amni.
O'qib berishicha Abdulla Oripovni "Onajon" she'rini yozishiga sabab bo'lgan voqea juda og'ir emish.
Onasi o'lganidan keyin bu ayriliqqa chiday olmay aqlini yo'qotganmish va "Ruhiy hastalar hastahonasida" yotib
chiqqanmish. O'sha paytlarda hastaxona balkonida o'tirvolib shu she'rini yozganmish va yana ajoyib-g'aroyib men
eshitmagan voqealar shoir haqida. Hayrooonman, iye o'qituvchimiz bu haqida aytmagandiku. O'zim hali o'qib chiqishga
ulgurmagan edim. Chippa-chin ishondim hamma "uydirmalariga". Chunki orada ishonqiramay Tog'amga qaraganimda
ko'zlari kitobda gapirardi.
Shu bo'yi ishlar bilan boshqa kitobni qo'limga ololmadim. Ertasiga adabiyot darsida birinchilardan bo'lib qo'limni
ko'tardim. Chunki darsga Tog'amning "sharofati" bilan gap yo'q tayyorlangandimda.
Rosa qo'limni ko'tardim, ammo ustoz hadeb sen chiqaverasanmi doskaga, dedi shekilli o'sha kuni mendan darsni so'ramadi.
Agar so'raganida rosa sharmanda bo'lishimni va hamma ustimdan kulishini keyin Abdulla Oripovni ijodini o'zim o'qib anglaganman :)
Yaxshiyam o'shanda ustoz meni chiqarmagani doskaga, haliyam eslab xursand bo'p ketaman :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  26 Noyabr 2012, 08:16:36

yana esladim...yana sog'indim bu bolalikni...

Uyimizda pechat mashina bo'lardi.
Dadam domla bo'lganlari uchun ko'p ishlarini shu qadimgi kompyuterda bajarardilar.
Man ham o'zimcha pechat qilishga qiziqib minnimalarni pechat qilardim... :D yozishni bilmasam ham, chunki hali maktabga chiqmagan edim.

Shu pechat moshinada dadam Qur'ondan o'zlari yodlagan suralarni yozib qog'ozga bizga berib yotlatkandilar.
Man kichkina bo'lanim uchun manga eng osoni "Qulhu Alohu ahad..." opamga "Nas" surasini, akamga "Falaq" surasini bergandilar.
Devorga yopishtirib qo'ygandilar, shunga qarab yotlardik.
Yodlaganimizga esa albatta mukofot berardilar, pul yoki biror bizga qiziq narsa.
Kim birinchi yodlab bo'lsa unga mukofot ko'proq tegardi  :D

Yoki biror sog'liq uchun foydali bo'lgan, lekin odatda bolalar yeyishni yo'qtirmidigan narsalar (qovoq, sholg'om...) ni ham shunaqa pul berib yedirardilar  ;D

Bola ekanda... qiziquvchan bo'larkan... qani kattalar ham shunday qiziquvchan bo'lsalar... qani pul berib namoz o'qitsam... qani pul berib Qur'on yotlattirsam...

Alloh oqibatimizni go'zal qilgin

Qayd etilgan


Mufazzala  31 Dekabr 2012, 02:50:58

Assalomu alaykum!

Shu 7-8 yoshlar atrofida bo'lsam kerak(aniq eslolmadim)
Sehrgarlar haqidagi ertak va filmlarni miriqib eshitib, tomosha qilardik.
Chippa-chin ishonardik hammasiga.
Bir kun shularni ta'siridami onamga savol berdim:
-Agar sizga sehrgar "Ayt nimani hohlaysan", desa nima der edingiz?
Onam savolimga savol bilan javob berdi:
-O'zingchi, nima derding?
-Menmi, men bitta kaatta, aqlli robotim bo'lsin uy ishlarini hammasini o'sha qilsin, derdim, dedim
"aqlli" javobimdan fahrlanib. Keyin onam aytgan gaplarini esa mana necha yil o'tsa ham-ki haliyam unutmadim. Onam:
-Men o'zimga sog'liq va kuch-quvvat bersin, hamma ishlarni o'z kuchim bilan bajaray, derdim...dedilar.

Qayd etilgan


Хадича  31 Dekabr 2012, 16:17:05

Assalomu alaykum.

Bolalik hotiralar-deganda eng birinchi ko'z oldimga keladigan voqea bor.
O'shanda 6 yosh edim. Singlim endi tug'ilgan payt. Onam oshxonada ovqat qilayotgan edilar. Man boshqa xonada beshikda yotgan singlimi uxlatib,tebratib o'tirgandim. Qarasam,ancha tebratib o'tirsamam uxlamayapti,qaytanga yig'lab toqatimi toq qildi. Yosh bo'lganmiz. Bola yig'lab nima hohlayotganini bilmaganmiz. Beshikni tez tez tebrata boshlaganman,tezroq uxlab qolsin,deb. Qo'llarim og'rib ketgandi.keyin tez-tez tebratib turgandim,birdaaaaan beshik qo'limdan chiqib ketdi....
Ketdi ag'anab,dumalab xonani u burchagiga...
Onam yugurib kelganla keyin. Man qo'rqib ketgandim. Bolani ovutganlar . Ushandan keyin unaqa qattiq tebratmiydigan bo'lganman :D
Ancha yil o'tsayam shuni esliymiz hozir kulib. Opacham bilan mandayam xuddi shunaqa hol bo'lgan ekan. :D
O'ylab qolaman,yaxshiyam bolani beshikka qattiq bog'lasharkan,dib.
Yana bolalik hotiralardan to maktabga chiqquncha rosa ko'chada o'ynardim. Qum o'ynab,uylar yasaganimiz. Taxtalardan olov yoqib,kartoshkani olovda pishirib ustini olib yeganimiz. Juda totli edi.
Maktabga chiqqanda qiziqmagandim,hamma kitob daftarlar zerikarli edi. Alifbe.ni o'rgana boshlagandik.bir kuni Onam man bilan birga o'tirdilar,dars tayyorladik. " N " harfi edi. Non,ninachi rasmlari bor kitobni tomosha qilib,usha kuni birinchi marta dars qildim. Ertasida maktabda 5 olib,o'zimi a'lochi ko'rib,ertagayam 5 olaman,deb yana o'tirib dars qila boshlaganman. Ko'chani endi yomon ko'rib qolgandim.uyda o'tirib Alifbe kitob o'qib,yozib,ertaga hammadan zo'r boho olishga intilardim. Shu-shu hayotimga darslar kirib keldi.
Kitobga qiziqishimga Otam sababchi bo'lgandilar. Bir marta balnitsaga yotganimda, 2-3 sinf bo'lsam kerak.esimda yo'q anig'i. Balnitsadan chiqayotganda kitoblar sotilarkan. Manga " Tulkivoy"degan kitob olib bergandilar. Qiziqib o'qiganman uyda rasmlariga qarab. Keyin har doim "yengi kitob obkeling"deb harxasha qilishi boshlaganman. Rosa qiziqib o'qirdim ertaklarni :)
Maktabda 3-4 sinfda " Tez o'qish"darsida eng birinchi bo'lish uchun tez o'qishi mashq qilardim. Eng yoqtirgan darsim shu "Tez o'qish"bo'lgan.bir kun bitta Shohsanam digan sinfdoshim manga teng kelib qolganini ko'rib,yana mashq qilib undan ko'p so'z o'qishga harakat qilardim.
Hullas, xotiralar ko'p. Qolgan sho'xliklarim haqida keyinroq :)

Qayd etilgan


Muxsiya  04 Iyun 2013, 12:26:41

Bolaligimda judayam sho'x bo'lganman, daraxtga tomga chiqishni yaxshi ko'rardim. Doim kim bilandir tortishsam o'ylab o'tirmay yerdan tosh olib peshonasini mo'ljallar edim. Biror marta mo'jal xato ketmagan. Undan keyin Bog'chada katta o'rik daraxti bo'lardi. Boshi yorilganlar shikoyat qilganda bog'cha opalar meni shu o'rikni eng baland shoxlaridan topishardi. Bir qizni onasi bog'chada ishlagani uchun barcha bolalar undan qo'rqardi. Ayasiga aytib urdiradi deb. Bir safar shu qiz bilan choy talashib peshonasini yorganman va o'rikka qarab chopganman. Arzanda qizini alamini olish uchun kelgan onani hozir o'zimi tashavoraman deb qo'rqitganman. Ayol rosa yalingan iltimos tushaqol seni hech nima qimiman yiqilseng meni melisa qamedi deb.

Qayd etilgan


sadida  05 Iyun 2013, 03:25:25

Agar mendan so'rasalar: Hayotda  senga yana bir marta imkoniyat berilganda nimalarni orqaga qaytararding deyishsa, men aytardimki, BOLALIKNI!!!


Men yoshligimdan uyqichi degan nomni olgandim. Ertalablari maktabga turolmasdim. Har doim kechikib borardim. Ba'zida aql kirib erta turib qolib maktabga o'z vaqtida borsam o'qituvchilar uchun yangilik bo'lardi. Buvamlani bitta gaplari bor edi: ''Agar dunyoni suv bossa ham sen be g'am uxlaseng kerak'' derdila. :D  Uchinchi sinfgacha g'irt dangasa, ikkichi edim. Yozuvlarim xunuk, o'qishdan ham qiynalardim, matematikadanu aytmasa ham bo'ladi. Keyin, uchinchi sinfda kimdur meni duo qilib dam sovordimi bilmiyman a'lochi bo'lib ketgandim. Hattoki to'rinchi sinfni oxirlarida sinf sardori qilib tayinlashgandi. Har dushanba ertalbdan hamma o'qivchi o'qituvchilar hovliga yig'ilib madhiya aytishardi. Beshinchi sinflar sardorlari bayrog'ni kutarishar edi. Har doim meni vaqtim kelganda uxlab qolib kechikib borardim atiy qilgandey. O'qituvchim sharmanda bo'ldim deb meni rosa urushardilar. Har doim maktabdan keyin ayam majburlab kaltek ko'tarib qur'on yodlatardilar. Ko'chada esa dugonalarim terilib turishardi, tezro o'qib bo'lsayu uynasek deb. O'zi ko'zlarim qur'onda bo'lardiyu hayol kuchada turardi. Zo'rg'a kalteklani yeb, yig'lab o'nta yoki yigirmata o'qirdim va maza qilib uynardim.  Sanog'ingga yetmasa baribir ko'chaga chiqarmiyman deb ayam turardila. Hozir esa singlim xuddi shunaqa qarab kulgilarim keladi. : ) Bolalikni har bir kuni qaytib topib bo'lmas tilloga uxshasa kerak. Suv orqaga oqmaydi degandek, yoshlikni ham orqaga qaytarib bo'maydi. Lekin bolalikdagi beg'ubor xotiralarni xotirlasak huddi usha vaqtda paydo bo'lib qolgandek bo'lamiz.

Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Iyun 2013, 04:03:22

eh bolalik, bolalik... ko'z yumib-chguncha o'tib ketibdi :(
ba'zan bolalikdagi erkaliklarim tutib qoladiyu, boshqalarning ko'ziga katta ko'rinib, ko'ngil ranjishiga sabab bo'ladi.
hah, ko'ngil bolada haliyam, bola...

Qayd etilgan


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 10:37:21

Bolalik, olislarda qolib ketgan manzillar... Har gal eslasam, ajabtovur xayollar og'ushiga sho'ng'ib ketaman. O'sha vaqtlarda naqadar shodon va bedard edik. Qayta berilmas bir tengsiz ne'matdir. Bu qadar beg'uborlikka to umrimizni oxirigacha ham erisholmaymiz. Farishtadek begunoh. Chunki, balog'atga yetmaguncha gunox yozilmaydi. Ushbu poklikni tasavvur qiling. Agar qarshimizda, bir insonni ko'rsatib, buning gardanida zarracha ham gunox mavjud emas, deyilsa, uning bir noyob avliyo inson ekaniga shubxa qilmaymiz. Xatto ishongimiz kelmaydi. Bu qadar beg'uborlik, bizning nazdimizda mavjud emasdek go'yo. Ammo ro'paramizda sho'x-shodon o'ynayotgan bolakay, ayni shunday beg'ubor ekanini juda kam tafakkur qilamiz. Biz ham bir vaqtlar, mana shunday, farishtadek go'dak edik. Ota-onamizni ko'z qo'rachiqlari edik. Mana yillar karvoni bizni o'sha manzillardan judayam yiroqqa, ortiga qaytmas yo'llar bilan olib ketdi. Biz yo'limizning eng munavvar joylarini bosib o'tib bo'ldik. Endi qarshimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibti. Bu hayot yo'lidir. Unda qoqinamiz, turtinib-surinamiz. Qiyinchiliklarga uchraymiz. Mehnatimizga yarasha yutuqlarga erishamiz. Xatolarimizga yarasha jazolarni tortimiz. Ammo, biz o'sha beg'ubor bolalikni aslo unutmaymiz...

Qayd etilgan