Bolaligim, seni sog'indim  ( 59462 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 B


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 10:44:37

Bolalik beg'uborlik! Afsuski biz o'sha qordan ham pokiza davrlarni bosib o'tib bo'ldik. Ortimizda shirin xotira bo'lib qolgan, qalbimizda o'chmas naqshlarda iz qoldirgan bolalik endi bizni manguga tark etdi. Jiyanlarimni ko'rganda beixtiyor yodimga tushadi. Ancha yuvosh edim, borligim bilinmas edi. Ammo o'yinqaroqligim ham yo'q emas edi. Ko'cha changitib to'p tepardik, o'shanda 6-8 yosh bo'lsam kerak. Har kuni shu ahvol, o'yin-kulgu... ! Bu ajib xush yillarni qanday tezlikda o'tkanini bilmay qoldim. Oqar daryodek, uchar shamoldek o'tib ketdi... ! Endi katta bo'ldik, hayotdagi yo'limizni o'zimiz belgilashimiz, yaxshi inson bo'lishimiz kerak. Oldinda bizni qanday sinovlar kutayotganidan bexabarmiz, ammo barchasiga tayyor turishimiz lozim. Beg'ubor bolalik biz uchun shiringina tarixga aylandi. Uni yuzimizda tabassum ila, ko'zlarda yosh ila, qalblarda xayajon ila eslar ekanmiz, uni bizga ato etkan Zotga shukur aytamiz!

Qayd etilgan


Muxsiya  06 Iyun 2013, 14:36:25

bolalik - beg'uborlik qani endi bir soatga bo'lsayam bolalikka qaytishni iloji bo'lsa

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  06 Iyun 2013, 16:58:07

Bolalik qasrida shox sulton edim,
Oy edim toy edim sho'x shodon edim
Kecha bag'ringizda erka jon edim
Erka jonni erta quchdimu armon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Suyansam kim soya kim bo'lar qoya
Kimda hasad kimda ezgulik g'oya
Kimda ibrat kimda pinhon kinoya
Bugun atrofimda yaxshiyu yomon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Kimdir yetaklaydi kimdir ezadi
Kimdir qo'lin cho'zmay yurak bezadi
Aqlim yetmaydiyu yurak sezadi
Bir yog'im biyobon bir yog'im bo'ston
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

Bo'yimga qaramang o'yimga qarang
Alamlar kuylangan ko'yimga qarang
Ko'z yoshimdan toshgan soyimga qarang
Uzr bolaligim uzr qadrdon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon

[QILICHBEK MADALIYEV Qo'shiq matni]

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 16:55:16

bolaligimda qo'shnimiz butilkaga qog'ozga o'ralgan saqish berardi(pulga ham sotar ediku lekin biz yertolalarni titib, shisha topib borib olar edik) amakimning qizi bilan bittdan shisha olib bordik. hozir olib chiqaman deb o'g'li uyga kirib ketdi. uy egalari tez yordam chaqirishgan ekan darvozalridan kiri kelishi bilanoq "Ana duxtir kelyapti endi ukol qiladi, qochdik" deb orqa tomondagi hovlisidan oshib o'tib qochganmiz. Shishalarni ham o'sha yerga tashlab jon holatda uga keldik. Birozdan keyin o'g'li ikkita saqich va shishalarimiz bilan keldi. Saqich olgani borganmidinglar mana saqich agar adashib borgan bo'lsangizlar shishalaringizni olib keldim  degan edi.

Qayd etilgan