Bolaligim, seni sog'indim  ( 86280 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 14 B


Ziyovuddin  22 Iyun 2009, 11:15:28

Hozir hammani bolaligidagi bir-biridan qiziq voqealarni o'qib kayfiyatim ko'tarildi. Beixtiyor o'zimning bolaligimdagi voqealar ko'z oldimdan o'tdi. Yoshligimda unchalik sho'x bo'maganman. Yovvoshgina mo'min-qobilgina bo'lib yurardim. Lekin mahalladagi bir-ikkta o'zimga o'xshagan churvaqalarga qo'shilib qolsam "yovvoshgina"ni teskarisi bo'lardi.
 Bir kuni qo'shnimiznikiga mehmonlar keldi. Qizil "Moskivich". Bolalar bilan balonlarini birin-ketin pisaytirishni boshladik. Keyin portlashi uchun gulishiteliga (tutun chiqadigan joyiga) tosh, yog'och tiqib tashladik. Hamma "ishni" bajarib bo'lgach bir etak dovuchani terib olib mehmonlarni mashinaning egasini jig'ibiyron bo'lishini rohat bilan tomosha qildik. Balonlar ishirildi. Endigi navbat "portlashga". Xaydovchi mashinani o't oldirganida moshina negadir portlamadi. Biz tiqib qo'ygan narsalar hammasi chiqib ketdi. Hozir ham o'sha mehmonlar kelib turishadi, buni esa ulardan haligacha sir saqlaymiz.

Qayd etilgan


siddiqa  29 Iyul 2009, 06:32:38

bolaligimni eslasam judayam kulgum keladi ,qo'shni bolalar va qizlar deyarli tegdoshlar edik ,asosiy 3 do'st yoshlarimizning farqi 1 yoshdan edi eng kichigi yon qo'shnimiz bir bolakay edi ,va 2 qizcha ,men va dugonam,dugonam bn adash edik ,men kichkinagina bo'lganim un meni kichkina a uni o'zini ismi bn chaqirishardi ,hullas bir kun urishib qoldik ,judayam chayir edim qanday o'sha qo'shni bolachani boshini yorib qo'yganimi bilmimanda ,keyin oilaviy odobnoma bo'lib zo'rg'a yarashuvdik ,bolalikda kechirim so'rashni bilmasdik .

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Iyul 2009, 13:59:10

Shu mavzuga kirib yana bir bor beg'ubor bolalikni esladim.
Eng shirin tuyg'ular bolalik damlari bilan bog'liq bo'lsa kerak hammada ham.

Bolaligimda dadam bilan ko'p birga yurardim.
Qayerga borsalarham har doim ergashardim.
Dadamni erkatoylari bo'lganman (singlim tug'ilgunicha)  :D
Bir kuni kechki payt dadam bilan qayergadurham ketayotgandik.
Dadamni qo'llaridan ushlab olgandim.
Ko'zlarim esa osmonda, yulduzlar, dum-dumaloq oy.

Qarasam oy man bilan birga yuryabdi, mani ta'qib qilyabdi.
To'xtadim, u ham to'xtadi.
Yana yurdim, u ham ketimdan ergashdi.
Dadam "Ha nima bo'ldi?" dedilar.
Man dadamga "Dada! Qaren anu oyni ketimdan ketyabdi, etin ketimdan yurmasin" deb jahl qilgandim.
O'shanda dadam rosa kulganlar.

Bolalikda qalb ham, o'ylar ham beg'ubor...

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Iyul 2009, 14:12:14

Bog'chada ham qiziq voqealar ko'p bo'lgan.
Bog'chada kasha bilan grechka yeyishni yoqtirmasdim.
(Kashani hali ham yoqtirmayman!  :D)
Ikkalasi bilan ham qiziq voqea bo'lgan.
Odatda ovqat yemasak bog'chaopalar majburlab bo'lsa ham edirishardi.
Chunki uyga och ketishimizni hoxlashmasdi.

4 ta 4 tadan 1 stol atrofida o'tirardik.
Yana obedga kasha ob kelishdi.
Hamma yeyishni boshladi.
Man esa kashaga hatto qarolmasdim.
Bog'chaopa manga "Dilnoza san nimaga yemayabsan?" dib so'radi.
Man unga kasha yemasligimni aytdim, u esa mani qaysarlik va injiqlik qilayabdi deb o'yladi.
Manga qattiq gapirdi, kasha yishimga majbur qildi.
Qoshiqni olib ovqatni og'zimga solishimni bilaman, shu zahoti hammasi tarelkamga qaytdi.
Ko'zlarim qizarib ketganidan bechora bog'chaopa qo'rqib ketdi va mani boshqa hech qachon kasha yeyishga majburlamadi. :)

Grechkani nimaga yoqtirmasdim bilmiman, lk hozir juda yaxshi ko'raman.
Opam bn u paytda 1 gruppada edik.
Dadam bizni ob ketishga keldilar.
Opam ovqatini yeb bo'lgandi, man esa grechkaga termulib o'tirardim.
Dadam "Ovqatingni yemasang uyga ob ketmiman, faqat Rohatoyni ob ketaman" dedilar va opamni kiyintira boshladilar (unda qish edi).
Dadam atelan opamni sekin, shoshmasdan kiyintirdilar, bu orada Dilnoza ovqatini yirmikin deb.
Qarasalar qoshig'imga ham tegmadim.
Kn jiddiylashdilar, manga "Mayli biz ketdik, ovqatingni yemaguningcha bog'chada qolib ketaverasan" didilar.
Man shu yig'lashni boshladim, shunaqngi ich ichimdan yig'ladim, bog'chapamizniyam rahmi kelib "Ha yemasa mayli, majburlamen" dib mani tarafimni olgandi.
Yig'latib yig'atib, baribir uyga ob ketdilar.
Lekin baribir grechkamni yemadim.  :D

Qayd etilgan


siddiqa  31 Iyul 2009, 08:13:50

Kichkinaligimda ukam bilan urishibqolganimizda onam , hozir qullarimni kutarsam, qushga aylanib uchib ketaman dib qurqitganla. Rossa yiglaganedik kechirin dib.
Uzimni bollarim quloq solishmaganida shu narsa esimga tushdi. Hozir qullarimni kutarib, qushga aylanib uchib ketaman disam.....indami qarab turishibti. Nimaga indamyabsla disam...Qanqa qilib odam qushga aylanishini kurmoqchimza!!  Rossa kulibman, urishishni urniga :D

hozirigi zamon bolajonlarini judayam ishontirish qiyin .

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Iyul 2009, 08:43:16

Maktabda ham qiziq voqealar ko'p bo'lgan. 3 sinf edik. Hali oq-qorani bilmaydigan vaqtimiz.

Rus tilidan bir yangi o'qituvchi kelgandi.
O'zbek sinfi bo'lganligi uchun oramizda rus tilini bilmaydiganlar deyarli 70% edi, yozuvniku gapirmasa ham bo'ladi.

O'qituvchi: "Hozir sizlardan diktant olaman. Kichkinagina diktant yozasizlar. Kn xatolarni tekshiraman. Shunga qarab kim rus tilini qay darajada bilishini bilib olaman" didi.

Bog'chada ham, maktabda ham man bn birga bo'lgan dugonam Kamola rus tiliga umuman tushunmasdi.

O'qituvchi bizlarga oson bo'lsin dib, gap qayerda tugasa nuqta, vergul qayerda kelsa vergul kabi belgilarni etib ketdi.
Yarim betcha diktant yozdik.
O'qituvchi yozganlarimizni birma-bir tekshirdi.
Dugonam Kamolani diktantiga kelganida o'qib rosa kuldi.

O'qituvchi qayerda "-" "," " ' " belgilarini etgan bo'lsa, Kamola hamma yerda "tire, zapitaya (vergul), udarenie" dib yozganakan.  :D

Qayd etilgan


imlaah  06 Avgust 2009, 18:19:57

Bolalik ehhh kim qachon esga olganda yuraklari to'lqinlanmay iloji bo'lmasa kerak. Vodiyning uzooq qishloqlarini qo'msayman bolaligimni esga olsam.Mahallamizning oqko'ngil insonlarini sog'inaman.
Mahallamizda hamma yosh oilalar yashardilar opoqdadamlar va buvimlar kabi katta yoshlik insonlar "qaynonadan qochganlar mahallasi" deb kulishardi mahallamiz haqida gap ketsa.Ota onalarimiz uyda bo'lmasalar hamma qo'shni bolalar bir uyda yig'ilib o'tirar edik .Har kim o'z uyida o'tirgani qorqardik.Mahallani hamma bolasi birga yig'ilib olsak qo'shni mahallani bolalari bilan "jangga" kirishardik.Eng ajoibi bizni mahallamiz bolalari hammamiz kichikna bolalar edik .O'g'il bolalar urushardi qiz bolalar ularga tosh ,umuman "dushmanni zonasiga" otish mumkin bo'lgan narsalarni yetkazib berardik.
Hozir eslasam o'sha vaqtda kichkina bola bo'lsalar ham mahallamizdagi qo'shni aka ukalarimiz qizlarni ehtiyot qilishar ekan. Yoshlarimiz ulg'ayib oq qorani taniy boshlaganimizda ham mahallamizdagi hamma oilani bolalari huddi aka ukalardek ahil edik.Beg'ubor bolaligimiz yoshligimiz birga o'tgan mahalladoshlarimiz mana bugun turfa yoshda turli yurtlarda ba'zilari bu olamni tark qilishga ham ulgurgani insonni qattiq o'yga cho'mdiradi  :(

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 18:12:10

Sentyabr oyi kelishi bilan bolaligimdagi maktab chog'larim xayolimga kelaveradi. (Bugun Turkiyada maktablar ochildi. Qaynotam o'qituvchilar. U kishiga 33 o'quvchidan iborat 1.chi sinf beribdilar:) Olloh qulaylik bersin, dadajon deb duo qildim.)
 Sentyabni hidi ham boshqacha bo'ladi. Bolaligimda maktab ochilishi bilan ertalab maktabga borardik, obeddan keyin esa, paqir, latta olib sinfni tozalashga qarab yo'l olardik. 10 sinfni tugatguncha "singkom" bo'lganim uchun butun bu ishlar meni zimmamda edi. Paqirni ichiga gazetaga o'rab yarim tandi non, bir bosh uzum solardim, ishlab charchsam yerman, deb:) Ayam bechorani butun paxta teradigan etaklarini men "yo'q qilardim" Sinf tokchalaridagi butun gullar asosan meniki bo'lardi. Hammaga gul olib kelinglar, deb tayinlanardi, 1-2 o'quvchidan tashqari hech kim olib kelmas, ayam bermadi, deyishardi. Meni o'zimga oid gullarim bo'lganligi uchun o'zimga xon o'zimga bek edim bu mavzuda:) Ayam aytardilar, bolam bu gullarni olib ketyabsan, ko'rasan yilni oxirida tuvagi qaytib keladi:) aytganlariday bo'lardi ham:) lekin men o'jar bola, hech o'ylamasdim bularni. Yetarki sinfimiz chiroyli bo'lsin. Ozoda bo'lsin. Hatto sinf eshigining ruchkasi sinib qolganda, ayam perashka yeysan, deb bergan pullaridan to'plab ruchka olgandim, hozmag'dan:)
Ehh qani endi 1 kuni qaytib kelsa, mayli yana chang to'zon sinfimni tozalashga, yana perashka yemay ruchka olishga tayyor edim:)

Qayd etilgan


siddiqa  15 Sentyabr 2009, 04:22:00

Sentyabr oyi kelishi bilan bolaligimdagi maktab chog'larim xayolimga kelaveradi. (Bugun Turkiyada maktablar ochildi. Qaynotam o'qituvchilar. U kishiga 33 o'quvchidan iborat 1.chi sinf beribdilar:) Olloh qulaylik bersin, dadajon deb duo qildim.)
 Sentyabni hidi ham boshqacha bo'ladi. Bolaligimda maktab ochilishi bilan ertalab maktabga borardik, obeddan keyin esa, paqir, latta olib sinfni tozalashga qarab yo'l olardik. 10 sinfni tugatguncha "singkom" bo'lganim uchun butun bu ishlar meni zimmamda edi. Paqirni ichiga gazetaga o'rab yarim tandi non, bir bosh uzum solardim, ishlab charchsam yerman, deb:) Ayam bechorani butun paxta teradigan etaklarini men "yo'q qilardim" Sinf tokchalaridagi butun gullar asosan meniki bo'lardi. Hammaga gul olib kelinglar, deb tayinlanardi, 1-2 o'quvchidan tashqari hech kim olib kelmas, ayam bermadi, deyishardi. Meni o'zimga oid gullarim bo'lganligi uchun o'zimga xon o'zimga bek edim bu mavzuda:) Ayam aytardilar, bolam bu gullarni olib ketyabsan, ko'rasan yilni oxirida tuvagi qaytib keladi:) aytganlariday bo'lardi ham:) lekin men o'jar bola, hech o'ylamasdim bularni. Yetarki sinfimiz chiroyli bo'lsin. Ozoda bo'lsin. Hatto sinf eshigining ruchkasi sinib qolganda, ayam perashka yeysan, deb bergan pullaridan to'plab ruchka olgandim, hozmag'dan:)
Ehh qani endi 1 kuni qaytib kelsa, mayli yana chang to'zon sinfimni tozalashga, yana perashka yemay ruchka olishga tayyor edim:)

maktab davri ham o'tib ketdi lekin hotiralar tirik ,har 25 mayda men ham gul oborar edim,hovlida 6-7 hil atirgullar bor edi ,mahalladigar olib ketishar lekin eng chiroyli atirgullarni hech ularga bergim kelmas edi ,dadajonim azon saharlab jajji qo'llarga tikon kirmasligi un atirgullar tikonlarini olib buket yasab qo'yardilar .eslasam kulgim keladi juda shoh bo'lganligim va akalar tarbiyasi ,yana ota onamning ish joylari maktabim yonida bo'lganligi sababli ularni kanda qilmay maktabga chaqirtirshar edi . ;) ;) ;) ;) ;) ;) ;)
ustozlarimni haligacha qumsayman ........

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 19:10:19

Eng kichkina ukam Dilmurod hali 3-4 yoshlarida edi. Qo'shni holamizni ismlari Havvo edi. Televizorda odatda yangiliklardan keyin Ob-havo ma'lumotlari berilardi. Hozir qanday bilmadim. Suxandon "Ob-havo ma'lumotlari bilan tanishing",  deyishi bilan, ukam: "Ayaaa Havo hola, deyabdi",,, derdi.

Hammamiz qotib kulardik:)

Qayd etilgan