Bolaligim, seni sog'indim  ( 85922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 14 B


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:28:23

6-17 yoshlik paytlarim men uchun eng beg'ubor demlar bo'lgan. Bu yoshdan boshlab futbol mening olamim, meni dunyoyimga aylangan. O'zimcha futbolchi bo'laman deb tinmasdan futbol o'ynardim. U xoh katta bo'lsin xoh kichik menga farqi yo'q edi. Oyijonim ish buyursa hozir qilaman derdimu yana futbolga qochib ketardim. Keyin oyim ishni qilinmaganini ko'rib menga rasa urishardi. Men esa indamasdan uyga kirib kelardim. Maktabma maktab futbol o'ynashga borardik. odatda darsdan umuman qochmasdim lekin mana shu futbol uchun boshqa mektabga borishimiz uchun 1 martagina qochganman. Agar qochmasak kech bo'lib ketardi. Keyin futbol o'ynolmay qolamiz deb tog'dan oshib oshib o'qituvchilar ko'rmasin deb tog' tepasidan ketganmiz. Futbol olami meni dunyoyimga aylangan edi . . .

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 09:31:10

O'rtancha singlim Nafisa bizga qaraganda ancha boshqacha edi, 3-4 yoshlarda bo'lsa kerak, sochlari qo'ng'iroq-qo'ng'iroq, ko'zlari doim kulib turardi. Bolaligidan har qanaqangi musiqa eshitishi bilan hech kim o'rgatmagan bo'lsa ham darrov sakrab o'ynab ketardi. Shu yoshlarida ekan, dadamni onalari "Anjon buvim" biznikiga mehmon bo'lib keldilar. Nafisa yana bizga rosaa o'ynab berdi. Buvim yaxshi ko'rib, "Voy o'zimni qoramayiz" qizim deb erkalab yubordilar. Nafisa bo'lsa birdaniga o'yinni to'htatib qochdi. Qarasak uyimizning ikkinchi qavatiga chiqadigan zinaga borib o'tirib olibdi. Mittigina qo'lchalarini kichkinagina yuziga qo'yib olgandi:)  "Ha Napi nima bo'ldi", deb so'radik. "Buvim nimaga menga qoraqiz", dedilar,, deb yig'lab yuborgandi:)

Nafisa jonim jigarim singlim, qayerda bo'lsang ham sog'-salomat bo'l. Ko'zlaring doimo kulsin. Rabbim butun opa-singillar qatorida mening ham singillarimni qo'risin insholloh...

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Sentyabr 2009, 09:53:33

Opam bilan yoshimizdagi farq 1 yosh bo'lganligi uchun deyarli Fotima Zuhradek edik.
Bir hil kiyinardik, sochlarimizni ham bir hil qilib o'rab qo'yardilar ayam.

Dadam bozordan nima olsalar ham ikkalamizga deyarli bir hil narsa olardilar. Lekin ko'pincha manga olgan narsalari ko'pga bormasdi.
Hayitdami biror bir bayramdami manga berilgan pullarni nimagadur yo'qotib qo'yaverardim  :D

Bir kuni dadam opam ikkalamizga boshga kiyiladigan ajoyib zo'ntik ob keldilar.
Boshga kiyiladigan joyida rezinkasi boridi, boshga qadab olib ketaverardiz, qo'l bn ushlamasdan.
Juda qulay edi.

Shu zontik kelgan kuni bolamanda...  :D o'ynab o'ynab oxiri 1 kun ham ishlatmasdan buzdim shu zontikni.
Keyin rosa yig'ladim...

Dadam tuzatib berdilar buzilgan zontigimni, kn tuzatilgan zontigimni tutdim ;D

Qayd etilgan


Ziyovuddin  24 Sentyabr 2009, 12:57:23

Kollejda o'qib yurgan paytimiz ham eng beg'ubor damlar edi.
Kollejimizda har kuni ertalab "Lineyka" (ertalabki yig'ilish) bo'lardi. Hamma guruhlar tizilib olib birma-bir hisobot berilardi. Odam ko'p bo'lganligi uchun mikrafonda gapirilardi. Hamma guruhlarni startsasi chiqib "Hurmatli navbatchi usta bizning falon guruhda buncha o'quvchi keldi bunchasi kelmadi" deb hisobot berilardi. Bir kuni bitta startsa chiqib hayajondanmi, yoki so'zlari esidan chiqib qoldimi boshqacharoq gapirdi: "Rahmatli navbatchi usta eeee....." :D minglab o'quvchilaru o'qituvchilar kulib yuborishdi.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  24 Sentyabr 2009, 13:01:41

Bir kuni rus tili darsida o'tiribmiz. Rus tili o'qituvchimiz ruschani umuman tushunmaydigan 2ta kursdoshimizni o'rnidan turg'izib "ikkalen hozir ruschada suhbatlashasanla" dedilar. Bittasi boshladi: "Begzod kak tebya zavut" :D

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 13:11:47

Bizni sinfga esa tarix darsidan kiradigan domlamiz juda qattiqqo'l edi. Sinfdosh qizlardan biri doskaga chiqdi, domla: "Ho'shhh, O'zbekistonni 1 chi Prezidenti kim", deb so'radi.

Qiz bechora qo'rqqanidan "G'ani A'zamov" deb yuborgandi:)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  24 Sentyabr 2009, 13:36:32

Tarix o'qituvchimiz qattiq qo'l edi deganingizga esimga tushub ketdi.
Maktabda bizniyam tarix o'qituvchimiz bo'lardila. Yomon qattiq qo'l ayol edilar. Qizlanimasu lekin bollani ayamasdan urardilar. Bir kuni qayogadir chiqib ketdilar. "Kelgunimcha ovozlarin chiqmasin" dedilar. Biz bo'lsak koridorga chiqib olib to'polon qildik. Kimdir hazillashib "kevotila" deb baqirdi, hamma sinfga yugurib kirib hech narsa bo'lmagandek dars qilishga tushib ketishdi. Man endi sinfga kiraman deb turganimda bitta shumtaka sinfdoshim eshikni orqasidan tortib berkitib turibdi. Kira olmayapman. Bir mahal o'qituvchimiz kelib qoldilaku. Manga qarab nima qilib turibsan dedilar. Eshikni tortsala ochilmayapti. Bor kuchlari bilan bir tortgan edila eshikni orqasidan ushlab turgan sinfdoshim uchib chiqdi. Yoqasidan ko'tarib rosa urdila. Man bo'lsam rosa semirdim :).

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 13:41:27

Bir kuni 5 chi sinfdamiz. O'qituvchimiz sen o'quvchilarga qarab tur, deb chiqib ketdi. Klaskom bo'lganim uchun darrov jiddiy yuz bilan qo'limga ramkani oldim. Ramka ham shu harhil mavzuda panolar bo'lardi devorda shuni tahtasi:)
Bollardan birini o'tirr, deb bir tushirdim kal boshiga. Bir qaradim, qon oqyabdi, qo'rqib ketdim. ma'lum bo'lishicha ramkada kichkinagina mih qolib ketganakan:)

Bola Oybek edi ismi, doood deb yig'lay boshladi, darrov o'qituvchimiz keldi, menga hech narsa demadi, Oybek uni ukasi edi, nima ham desin, dars vaqtida bollarni tashlab ketdim desa o'zi aybdor:)))

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2009, 13:47:38

Yana bir kun sinfdosh bollardan birini yomon urdim lekin, nima qilay hadeb so'kinadi. İsmi A'zam edi, quloqlari qizarsin:)
Uyiga qarab yig'lab ketdi, ayam bilan dadamni chaqiraman, deb. Himm dedim, zamir tugading sen:(
Ota-onasi keldi, menikini ham chaqirishdi, bir sinfga o'qituvchi bilan ota-onalar gaplashgani kirib ketishdi. 1 soatcha o'tdi, chiqishdi, hammani yuzida tabassum. Hech kimni jahli yo'q:)
Keyin bilsam, ota-onalarimiz ham sinfdosh bo'lib, A'zamni onasi meni dadamni urgan ekan bolalikda :D :D :D

Qayd etilgan


Ansora  29 Sentyabr 2009, 19:59:11

Osh qilgan paytlarim bazan bolaligimda bo'lgan voqea esimga tushaveradi...
Ayam sariq kasal bo'lib kasalxonada yotgandilar. Arafa kuni ham keldi. Men hali 8 yoshdaman, lekin hayotimda ilk marta sigir sog'dim,(sigir qanday soqqanimni aytib beraman keyin) ovqat qildim. Har kuni bir hil ovqat, qaynatma makaron. Ayajonim, jonim onam dadamga bir kuni: Zamiraga ayting, makaronni o'rniga guruch solsin, bugun, deb yuboribdi. Bolaman-da shunga ham aqlim yetmagan...
Hullas dadam arafa kuni ishga ketayotib menga oshni zirvagini(suvigacha bo'lgan qismini) tayyorlashimni, o'zlari kelib damlashlarini aytdilar. Men ham hayotimda birinchi marta osh qilishim, ayamdan ko'p ko'rganman, lekin 8 yoshning ta'sirimi, qo'lim-oyog'im titraydi, bir tarafdan dadamdan cho'chiyman...
Hullas oshni tomatigacha tayyorladim, hammasi joyida ko'rinardi. Lekin birdan o'zimni ko'zim tegdi shekilli, tomatni keragidan ancha ko'p solib yuboribman. Qozonga qarayman qozonni ichi qoraga yaqin qo'yiq qizil:(((

"O'ldim", dedim. Aybimni yopish uchun qozondagi suvni olib o'rniga qaynagan suv sola boshladim. Cho'michga chiqqan go'sht, sabzilarni ham qaytarib soldim.
Dadam ishdan kelib oshni damladilar, Xudoga shukr, osh shiringina bo'ldi...

Alloh, xonadonlarimizni "onasizlikdan" saqlasin iloyim.....

Qayd etilgan