Bolaligim, seni sog'indim  ( 86201 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Mas'ud  30 Sentyabr 2009, 02:18:23

shu she'rimni mana shu mavzuga qo'yishim kerak edi shekilli...:-)


Qalbga sig’may olam dardlari,
Ba’zan chuqur o’yga tolaman
Juda xomush bo’lgan paytlarim,
Bolalagim eslab qolaman"¦

Eslayman-u, ichimda bir joy,
Jiz etadi.
O’rtanadi jon"¦
"œOymoma" deb atalgan ey, oy -
Qayerdasan, qayda, bolajon?

Zumga bo’lsa ham o’sha damga,
Bo’lar edim jon-jon deb qaytgan"¦
Ba’zan ketsam edi quvilib,
Quvlamachoq o’ynagan paytga"¦

Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
 "œKatta bo’lsam"¦" degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda"¦

Bekinmachoq istagan ko’ngil,
Shamol kabi yeladi goho"¦
O’tib ketgan yillar ortiga
Yashiringim keladi goho"¦

Bolaligim, oh, bolaligim,
Shaloladan sho’x bolalagim
Qaytib kelmas beg’ubor davrim -
Gunohlari yo’q bolaligim"¦

Ketib qolding"¦ juda ham erta,
Endi seni qaydan topaman?
Sening bilan qilgan orzuni,
Bugun g’amlar bilan yopaman"¦

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing"¦
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing"¦

Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman"¦


London... 2009 yil...

P.S. "Oymoma" degan so'zga izoh: yoshligimda, tilim chiqib, 4-5 ta so'zni ayta boshlaganimda aynan "Oymoma" so'zini juda burro aytgan ekanman...:-)

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Sentyabr 2009, 07:35:36

Juda yaxshi she'r ekan.
Manga juda yoqdi.
Ayniqsa mana shu satrlar...



Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
"œKatta bo’lsam"¦" degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda"¦

....................................

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing"¦
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing"¦


Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman"¦


London... 2009 yil...


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2009, 07:16:23

Chamasi 5 yoshlarda edim. Bir kuni akam, amaki akam qishloq yo'llarida o'ynardik. Bir payt katta bir moshina yo'ldan bizga qarab kelaverdi. Oldinlari bunaqa moshinani ko'rmaganman. Akalarim meni qo'rqitishdi. "seni olib ketishadi hozir, bular yosh bolalarni olib ketishadi" deb. Shunda qo'rqqanimdan uyga ovozimning boricha yig'lab yugurdim. Onam meni yig'lab kelganimni ko'rib meni yupatishga harakat qildi. Lekin o'shanda hatto uyga kelib xushimdan ketibman. Uydagilar rosa qo'rqishibdi. Shunchalik qo'rqqan ekanmanki o'zim ham hozir o'ylab kulgim keladi . . .  :D

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2009, 07:25:00

Yoshligimda ko'p arazlash odatim bor edi. Bir kuni opam mazali ovqat pishrdi. Nimadir bo'ldiyu men arazlab ovqat emayman deb yotib oldim. Onam rasa yalindi lekin turmadim. Otam ham yalindi xullas hech kim turg'izaolmadi. Lekin ichimda yana yalinsa ekan shu safar yalinsa boraman deb yotibman. Lekin boshqa yalinishmadi va dasturxon yig'ishtirildi. Hamma o'z ishiga tarqalishdi. Va mazali ovqat ham tamom bo'ldi. Ichimda shunday afsus qildim bekor turmadim deb. Rosa egim kelib turgandida o'shanda lekin yeya olmadim. O'shanda arazlaganimga juda afsus qilganman . . . :D

Qayd etilgan


Ansora  01 Oktyabr 2009, 09:13:52

Obbo' Muhammad Amin, sizni tasavvur qilyabman:) Huddi meni eng kichkina ukamday, "nozli" katta bo'lgan ekansiz-da:)
Kichkina ukam bilan oramizda 12 yosh bor. 4 opasi bo'lgani uchun 4 yoshigacga yerga bosmagan, doimo quchog'imizda edi. Uhlaydigan mahali kelganda esa, 4 opasi adeyolni 4 tarafidan silkalab uhlatardik. Ukam bilan munosabatimiz juda boshqacha edi:) Hech qachon u bilan bir narsa ustida janjallashmadik. Unv-ga kirganimda endigina maktabga boshlagandi. Toshkentdan uyga 2-3 haftada bir borib turardim. Uyga borganimda ukam "opa, siz bilan uhlasam mayli-mii" derdi:) Har borganimda ukaginam meni mahallani boshida kutib o'tirardi, uyga birga kirib borardik.
Kunlardan bir kuni yana odatdagiday mahallaga kirib boryabman. Ukam ko'rinmaydi. Chunki tushdan keyin bo'lgani uchun doim ko'chada o'ynaydigan mahali edi. Uyga kirib bordim, qarasam ukam yig'lamsirab turibdi. "Ha nima bo'ldi," dedim. Ukam esa, mahalladagi o'zidan 4-5 yosh katta bolaning uni urganini aytib yig'ladi. Shu kungacha ukamni hatto biz ham chertmaganmiz. Opalik mehri boshqacha narsa ekan, o'shanda his qilganman. "Jigarim", deyilishi bekorga emas ekan, ukamni ahvolini ko'rib jigarim yongan o'shanda... "Kel, dedim meni İskandarning yoniga boshlab bor. Ukamni urgan bola zotan mahallani eng "shum bolasi" edi. Shum bolamiz, İskandar, mahalladan 10 daqiqa uzoqlikdagi suvni yonida bollar bilan o'tirgan ekan. Uzoqdan ko'rishi bilan tushundi, nimaga kelganimni. Yonimga kel, deb chaqirdim, qochmoqchi, darrov yoniga borib, "sen nimaga o'zingdan kichkina bolani urasan," deb huddi ukamni urganday men ham bir-ikki tushirdim...Bola hech kutmagandi..."Bundan keyin dedim, qolgan bollarga ham qarab, Dilmurodga kim qo'l ko'tarsa, Toshkentdan darrov yetib kelaman. Dilmurod hech kimni urmagan, urmaydi ham, u nimaga kaltak yeyishi kerak," dedim:)

Shu-shu mahallada ukamga hech kim "zarar bermabdi" :) Haligacha eslab kulisharkan:)

Hatto shu İskandar, maktabda bollarga "Dilmurodga yomon gapirmanglar, Toshkentda yomon uradigan opasi bor:) ,deb ularni ogohlantirar ekan.

Oradan ancha o'tdi, hamma katta bo'ldi. İskandar shunaqangi odobli bola bo'libdi-ki hayron qoldim, qo'lini ko'ksiga qo'yib salom berar, qo'limdan sumkalarimni olib, yordam bergandi. Men ham unga shirin gapirib, shokolad berdim:)

Bazan o'ylab qolaman, yaraga darrov muolaja qilmasak, u gazzak olib, oyog'imiz, qo'limizni kesilishigacha olib kelishi mumkin. Bola tarbiyasi ham shunday bo'lsa kerak. Balki İskandarni to'g'ri yo'lga kelishiga mening gaplarim va uncha qattiq bo'lmagan "tushirishlarim" sabab bo'lgan bo'lsa ne a'lo....

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Oktyabr 2009, 09:19:57

Agar inson xotirasini o'chirib tashlash mumkin bo'lganida, biz birin ketin yomon xotiralarni o'chirib tashlar edik.
Biroq, unda baxtli kunlarimiz bu qadar qadrli bo'larmidi...
(SMSdan)


Haqiqatda hayotdagi qiyinchiliklar borligi uchun ham hayotimiz yanada sermazmun, yanada qadrli, yanada totlidir...
Shuning uchun ham g'amgin kunlarimda yana o'sha shodon bolalikka qaytgim kelaveradi, bolalikni har lahzasi man uchun eng go’zal damlardek tuyiladi...

Singlim bilan oramiz 6 yosh bo’lgani uchun ancha vaqt erkatoy bo’lganman, u tug’ilgunicha.  :D
Doim dadam bilan birga yurardim.
Qayoqqa borsalar ham birga ob ketardilar.
Turli xil bayramlarga erinmay parklarga olib borib, aylantirib kelardilar.
Har yakshanba yonimizdagi START STADIONIGA borardik.
Fizkultura bilan shug’ullanib mazza qilib koptok, obruch, prigalkalar o’ynardik.
O’zlarini bollari yetmagandek domdagi hamma bolalarniyam ergashtirib olardilar.
Qaytangi yanayam qiziq bo’lardi.  :)
Ishdan qaytayotganlarida ham ko’pincha xo’rozqand olib kelardilarda, hammaga tarqatardilar.

Hali maktabga chiqmagan paytlarimda biror bayram bahona bizni aylantirib kelardilar.
Akam bilan opam ayam bilan qo’l ushlashib yurishsa, man har doim dadamni yelkalarida yurardim, HAMMADAN TEPADA!!! :D

Gohida opamni bir yelkalariga mani bir yelkalariga o’tkazib sayr qilardik.
Parklarda yurganimizda ham mani yelkalariga o’tkazvolib tomoshalar bo’layotgan joyda tomosha ko’rardik.

Exxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx bolalik, bolalik"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
Goho qaytgim keladi, goho sani sog’inaman, goho eslab yig’lagim keladi"¦"¦..


Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Oktyabr 2009, 07:48:36

Bolalikning beg'uborligiga nima etsin. Har bir inson katta bo'lgandan keyin bolalikka qaytishni xohlashadi lekin ming afsuski buni iloji yo'q :'(

Kecha institutdan kelar ekanman bir to'da bolalar o'ynashardi. Shu payit osmondan Vertalyot o'tib qoldi. Hammasi qiziqish bilan yugirib , baqirishib tamosha qilishdi. Keyin yana kelishadi deb o'sha joyda poylab turishdi. Shunda ularga qaradimda " Hoy bolalar endi kelmaydi" dedim. Shunda hammasi menga qarab "KELADI, KELADI . . . KELADI" deyishib yugirib kelishdi. Shunda ulardan biri menga qarab "Siz qaerdan bilasiz kelmasligini?" deb savol berib qoldi. Shunda nima deyishni bilmay kelmaydi dedim kelmaydida dedim. Ularga kulib, hazil qilib gapirganim uchunmi hammasi menga yopishib ketishdi. "Meni ko'taring deb biri kelsa boshqa tomondan yana biri yugirib kelib meni ko'taring deb meni juda ham xursand qilib yuborishdi. Ularning yuzida faqat kulgu va tabassum, xushchaqchaqlik ufurub turibdi. Ularga qarab quvonasan kishi.
Ularning qanchalar baxtli ekanligini ko'rib bolalikka juda qaytgim keldi . . . :D

Qayd etilgan


siddiqa  06 Oktyabr 2009, 09:15:25

 :as:
o'qishga shoshib ketayotgandim ,yonimizda maktab bor ,birdaniga tanish so'zlar va tanish muhit qalbimni cho'lg'ab oldi ,
maktab devorlarini yorulgudek bolajonlar
Assalamu aleykum ustoz barlla baqirishardi ,
unversitetga keldik ,
hurmat .
talabalr turishadi

va o'tirishadi ,kimdir ichida salom beradi ,kimdir
salom talabalar degan o'qituvchilarga ichida alik oladi .
negadir yig'lagim kelardi ..........................
gimnaziyada bir ustozimiz bo'lardi ,tarihdan shu o'qituvchimizga salom berishga ulgurmasdik
shart kirardilar va
assalamu aleykum bolalar ...............
lekin ustasi ustade ..alik olishgayan majbur qilardilar (samimiy)
va aleykum assalamo ustoz ..........
keyin nega birinchi salom berasiz derdik indamasdilar ....keyin tushundik .
yana yig'lagim keldi ..............yana sinf bilan turib baralla salom bergim kelib ketdi .

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Oktyabr 2009, 06:15:28

Bolalik bu insonning podisholigi. Kecha bir kursdoshim osh qilib mehmonga chaqirdi. Ular turadigan kvartirada bir oila ham qo'shni ekan. Uning bir yosh chamasi 5 yoshlardagi o'g'ilchasi bor ekan. U bilan rosa kelishib qoldik. U kelib birdaniga aka siz moshina bo'laolasmi? deb menga qaradi. Qanaqa moshina desam "Egningizga meni chiqaring" deydi. Bolakayni egnimga chiqarib rosa o'natdim U esa" moshinamni hali benzini tugamadimi, hali benziniz bora? deb rosa xursand bo'ldi. Bo'ynimdan burab men burgan tomonga yuring men sizni boshqaryapmanku deb xohlagan tomaniga buradi goh devorga urildik goh moshinaga lekin rosa maza qildik. Oxiri u yoqqa yugurdik bu yoqqa yugurdik keyin charchaganimdan benzin tugadi endi. O'rtoq tushung endi deb egnimdan tushurdim. Moshinadan keyin sakratkich bo'ldim undan keyin aylantirgich xullas rosa maza qilib o'ynadim. Bolakay juda xursand bo'lib "aka bugun shu erda qolasmi?" deya murojat qildi. Uyga ketaman desam bo'lmasa yana uchuring deydi. Xullas men ham xursand u ham. Maza qildik.
Shuning uchun ham aytishadida bolaligim podisholigim . . . :D

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Oktyabr 2009, 06:45:15

Bolalik eh qanday ajoyib damlar. Bolalikda har bir so'zingiz bajariladi. Nima desangiz darhol muhayyo bo'kadi.

Kecha bolalar bilan bir oz o'ynadim. Aniqrog'i yoshligimni esladim. maza qildim. Meni har doim bolalarning yuziga qaraganimda ularning yuzidagi quvonch, kulgu, qalbi top tozaligi quvontiradi. Bundan zavq olaman. Ular bilan o'ynasangiz bag'ri dilingiz ochiladi. Bolalik bu insonlarning eng ajoyib damlari bo'lsa kerak menimcha . . . :D

Qayd etilgan