Bolaligim, seni sog'indim  ( 60375 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 10:50:34

Yana sog'indim seni bolalik...

Demakki o'sha beg'uborlikni sog'indim...
demakki gapingni o'tkazolgan vaqtlaringni sog'indim...,
seni hammadan ham ortiq ko'rishlarini sog'indim...,
seni suyib erkalashlarini sog'indim...,
kichik xato uchun qancha malomat eshitayotgan bu "kattalik"da, katta xato uchun "kulgu" bilan jazolagan bolalikni sog'indim ...

...bolaligim...seni sog'indim...

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 10:48:24

 :as:

Yaqin yaqingacha ham ayam ko'p eslardilar bu voqeani.. Aytaverganlaridan yod bo'lib ketgan.. Lekin o'zim eslolmayman :D :D
Toshkentga yangi kelgan vaqtimizda men 3-4 yoshlarda bo'lgan ekanman..
Dadamni birodarlari meni rosa yaxshi ko'rishrdi ekan, doim "bir o'pib qo'yay" deb yurisharkan..
Bir kuni ularni ichida meni eng ko'p yaxshi ko'rgan Shavkat akani to'yari bo'libdi, bir necha kun o'tib biznikiga keibdilar men ular o'tirgan xonaga kirmoqchi bo'lganimda ayam "endi o'pmang degin" deb o'rgatibdilar.
Men xonaga kirsam ular yana o'pmoqchi bo'lgan ekanlar ularga qarab "Shavkat akam endi o'psez uyat bo'larkan, o'pmasakansiz" degan ekanman ::) ::)
Ehhh o'shanda hozirgidan aaanchagina aqlli bo'lgan bo'lsam kerak :-[ :-[

Qayd etilgan


Molli  04 Noyabr 2009, 11:00:25

Men bolaligimda judayam ko`p choy ichardim ekan. Hozir ham tog`alarim "Hojiquduq" deb erkalatib qoyishadi. Meni yoshligimda ayam buvimlarnikiga tashlab ishga ketardikan. Qaysi togam yoki holam kelib choy ichsa men ham borib choy ichardim ekan. Hech ham toymas ekanman  ::)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  04 Noyabr 2009, 11:44:23

nimaga endi Molli tushunmadimda Molli hon

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 06:36:27

Bolalikni sog'inmay qo'yishdimi diman forumdoshlar???
Hamma kattalik bn ovora bu dunoda o'tib ketgan bolalik bn kimni ishi bordek huddi?

1 haftacha oldin oynadan qarab turganimda qo'shnimiz kechki payt qayergadur ketayotgandi.
Moshinasiga o'tirdi. O'g'li qizi va otasi qo'shnimni kuzatishayotgandi.
Qizaloq hali kichkina (chamasi 5-6 yoshda), moshina o'tirgan dadasini ko'rib yugirib borib moshinaning oynasidan boshini uzatdi, dadasi yuzini tutgandi o'pib qo'ydi...
Beihtiyor ularni ko'rib yuzimga tabassum oldim ...
Man ham kichkinaligimda dadam ishdan kelsalar yugurib borardim
O'zlari o'rgatgan she'rni bor ovozim bn etib berardim:

"Dada hormen!
Ishga bormen!
Mani ko'tarin
Oh oberin"
  :D

Dadam hali oyoq kiyimlariniyam yechmasdan bizni ko'tarib olardilar...
Albatta biror bir shirinlik bn uyga qaytardilar (ko'pincha)...

Bir tanishim shu so'zlarni ko'p takrorlardi:
Qaniydi insonda hotirasidagi keraksiz narsalarni o'chirishga imkon bo'lsa edi...?
Yo'q! Unda quvonchli daqiqalarimiz u qadar totli bo'lmasdi...

Qayd etilgan


Akbarjоn  24 Yanvar 2010, 00:50:35

Biz ham bir bolaligimizni eslaylik unda, ruhsatlariz bilan :)

Yoshligimda huda shox bo'lgan edim, 4 yoki 5 yoshlik paytlarim uyimizda mevali daraxtlar juda ko'p edi,  bahorning oxiri yoz kelganida daraxtdan tushmasdik, bi voqeani eslasam o'shandagi qo'rquvni xalixam xis qilaman.
Bir daraht bor edi, ikkinchi yil meva qilishi xali kichik, Gilos daraxti. Ayri shaklida o'sgan. Shu daraxtga chiqib Gilos teridim, ayri joyiga chiqib olganman, bir ayog'im ayrining ustida edi. keyin nima boldiyu tushaman deb yerga yiqildim, daraxtning ayri qismiga ayog'im ilinib qoldi :) Ayog'i osmondan bo'ldi deyishadiku xuddi shunday bo'lgandi, Rosa qo'rqqanman qolim yerga tegmiydi, :D bir ilojini qilib tushib olgandim shunda
O'shanda birinchi marta o'lim nima ekanligini xis qilganman, o'lim bilan yuzma yuz kelish nima ekanligi, ko'z oldidan xayotdagi ko'rgan narsalarning hammasi o'tishi degan narsalar bor gap ekan. Alloh o'zi bergan o'zi oladi
Inna lillahi Innailayhi roji'un

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Yanvar 2010, 20:05:33

Bolalik beg'uborlik. Hech narsani o'ylamaysan xayolda faqat o'yin kulgu.

Bolaligimda qo'rqoq bo'lganman deb oldin ham yozgandim. Akalarim turli xil jurnalda chiqadigan haykallarni rasmini menga ko'rsatardi. Uni ko'rib xuddi meni bir narsa qilib qo'yadigandek qotib yig'lardim... :) Bundan jahli chiqqan opa va akalarim battar meni qo'rqitishardi... :) Men esa rasa yig'lardim. Hatto oddiy daftarni olib kelib hozir ochib haykalni ko'rsataman desa bo'ldi o'sha joyda men yig'lab yuborardim.... :) Haykal so'zi menga qo'rqinchni eslatadigan bo'lib qolgandi o'shanda....  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Fevral 2010, 08:36:36

Kechagi yog’gan qorlarni ko’rib bolaligim esimga tushdi yana...
Sovuq bo’lishiga qaramay ko’chadan kelishni xohlamasdik.
Bir dugonam bn ham bog’chada ham maktabda birga bo’lganmiz. Yuqori qavatda yashaydigan qo’shnim...
Ko’chada muzliklarda rosa uchib-uchib sovqotsak domimizdagi podezlardan birining pechkasida qo’lqoplarimizni qo’yib isitib olardik, o’zimiz ham isinardik.
Keyin yana qorda o’ynashda davom etardik.  :D
Eng qizig’i tomlarda osilib turadigan sumalak (sosulki)larni ko’rsak tamom...  :D
Sindirib olib yerdik...  ;D
Kn shamollardik... ayam "œyana sosulka yegansanda, shunga shamollading" dirdilar.
Man esa tan olmasdim, chunki urishib berishlaridan qo’rqardim.  ;D
Lekin mazza qilib o’ynardik... butun 3 oy qish haqiqiy qishdek bo’lardi...
Gohida ko’chada moshina ustidagi qorlarni qirib qorbo’ron o’ynayotgan bolakaylarni ko’rib ularga rahmim kep-ketadi...  :)

Qayd etilgan


siddiqa  22 Fevral 2010, 08:02:18

Men bolaligimda judayam ko`p choy ichardim ekan. Hozir ham tog`alarim "Hojiquduq" deb erkalatib qoyishadi. Meni yoshligimda ayam buvimlarnikiga tashlab ishga ketardikan. Qaysi togam yoki holam kelib choy ichsa men ham borib choy ichardim ekan. Hech ham toymas ekanman  ::)

 :as:

shu choy masalasida judayam kulgim kelaveradi ,Gimnaziyada oshhonada biz dejur bo'lsak 5,6 sinflar deyarli choy bermasdik ,sinfdoshlar judayam sho'x edik ,

tasavvur qilyapsizmi dejurlik soat 4 gachon davom etardi ,

choy tarqatishga keganda oz'imizdan 1 sinf katta  8,9 sinfga quyib chiqardik .kichkina sinflar iye choy bermislarmi deyishsa ....Yosh bola ko'p choy ichsa bo'lmaydi deb bahona qilardik ........ :D :D

Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Aprel 2010, 18:52:47

bolaligim seni sog'indim../ SENSATSIYA QOSHIQ BOGAN-a?

Qayd etilgan