Bolaligim, seni sog'indim  ( 85826 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 14 B


Hamza  03 Mart 2009, 15:28:04

Assalomu aleykum birodarlar. Men bu saytga yangidan qo`shildim. Menigh ismim Hamza

Qayd etilgan


Muhseena  03 Mart 2009, 16:04:49

9-10 yoshimda buvam kasal bo'lib qo'lganlar.O'shanda buvamga shifo so'rab,namoz o'qiganman.Chunki o'shanda kimdir Hudodan so'ranglar,shifo bersin deganini eshitganman. Bomdodni ertalab quyosh chiqib ketgan bo'lsa ham o'zimcha tahorat olardimda,namoz kitobini qo'limga olib qanday yozilgan bo'lsa shunday o'qirdim.Lekin negadir juda qattiq ishonch bilan o'qiganman.Lekin farz nima iymon nima bilmaganman o'sha paytda.

Qayd etilgan


siddiqa  07 Mart 2009, 06:20:05

qo'shnimiz bo'lardi ,juda yahshi ayol edi ,lekin hamma ehtiyot bo'lib muomala qilishardi ,aqllarini noqisroq deyishardi ,kim nima desa desinu shu qo'shnimiz kaminani juda yahshi ko'rardi ,6 yoki 7 yosh edim ,qaysar emasdimu lekin aytganim bo'lishini hohlardim ,bu narsani hamma ko'tarardi lekin akajonim :D :D :D,uyda hafa qilishdi keyin hamma narsamni onamni kotta chiroyli sumkalari bo'lardi shunga yig'dimda ,qo'shni holanikiga ko'chib ketdim ,hozirgacha eslab kulishadi ,keyin amallab kech bo'ganda uzr so'rab olib ketishgandi .  :D :D :D

bolalik naqadar beg'ubor o'zining o'zgacha shirin g'amlari ,sho'hliklari bn go'zal .

Qayd etilgan


Muhseena  07 Mart 2009, 07:06:22

qo'shnimiz bo'lardi ,juda yahshi ayol edi ,lekin hamma ehtiyot bo'lib muomala qilishardi ,aqllarini noqisroq deyishardi ,kim nima desa desinu shu qo'shnimiz kaminani juda yahshi ko'rardi ,6 yoki 7 yosh edim ,qaysar emasdimu lekin aytganim bo'lishini hohlardim ,bu narsani hamma ko'tarardi lekin akajonim :D :D :D,uyda hafa qilishdi keyin hamma narsamni onamni kotta chiroyli sumkalari bo'lardi shunga yig'dimda ,qo'shni holanikiga ko'chib ketdim ,hozirgacha eslab kulishadi ,keyin amallab kech bo'ganda uzr so'rab olib ketishgandi .  :D :D :D

bolalik naqadar beg'ubor o'zining o'zgacha shirin g'amlari ,sho'hliklari bn go'zal .
Mandayam shunaqasi bo'gan  :) Oyim man bilan opam etgan narsani obermaganlarida opam bilan kelishib katta sumkaga kiyimlarizmizzi soganmiz,hatto idish-tovoqlayam soganman.Orqamizdigi dalada chayla qurib yashimiz digandi.Oyim qivotgan ishimizzi ko'rib qarab-qarab ketganla,endi sumka bilan ko'chaga ketvotganimizda qo'shnimiz chiqib qogan,keyin kulib-kulib uyga qaytarib yuborgan.O'shanda 7-8 yoshda edim  :D

Qayd etilgan


Muhyiddin  06 Aprel 2009, 20:36:58





Eh!... Shu kunlarda men ham uyimizni, qishlog’imiz tepasidagi tog’-adirlarni juda-juda sog’indim!"¦
Maktab paytlari lolaqizg’aldoqlar tergani u erga chiqardik. Baland-baland adirlarni bir zumda zabt etib, yana pastga qarab shamoldek elib yugurardik"¦
Ayniqsa pastga qarab yugurishni juda yaxshi ko’rardik, yugurayotganimizda qadamlarimizni shunaqangi katta tashlardikki, eslasam, go’yo uchub ketayotgandek bo’lardik"¦
Va ovozimizni boricha baqirardik:

Mana senga olam-olam guuuuuuuul !!!
Etagingga siqqanicha oooooooooool !!!

deb"¦
Qizil gilam kabi to’shalgan bepoyon qizg’aldoqzorlar ichida bearmon kezardik"¦.
Uzun-uzun bo’yli, chiroyli  qizg’aldoqlarni terib, olib kelib o’qituvchi opamizga ilinardik"¦

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 13:08:23

Assalamu alaykum.
Haa, bolalik ajoyib beg'ubor paytlar bo'ladi...
Inson katta bo'lgan sayin bolalaigini aslasa, albatta, labiga kulgu yuguradi.

Men ushbu hodisani eslasam doimo kulaman:
Hali maktabga chiqmagan yillarim edi. MAhallamizda yoshi teng qizlar ko'p edik. Bir qo'shni qiz bilan ehch chiqishmasdim, doimo urushardim. :) (Afsuski hozir ham chiqishmayman)
Shu qiz bilan bir kuni gap talashib qoldik, nimaligini eslolmayman. Lekin meni juda qattiq jahlimni chiqarganini aniq eslayman. Xullas, janjallashib ketdik. Va u meni sochimdan tortdi. SHunga qattiq jahlim chiqdida, uni kuchimni boricha ura ketdim. Shunaqa yomon uribmanki, ko'chamizdan turgan tuproq uyimiga yiqilib qolganini ham sezmabman. (Shunaqa vaxshay ekanman, shekilli)
Xullas, o'zimga kelib qarasam uni hamma yog'i tuproqqa belangan. Qo'rqib ketdim, onasi juda yomon gapiradigan ayol edi. Hozi onasi chiqadida, emni uradi deb qo'rqqanimda yugurib hovlimizga kirib, onam kiyimlarini taxlab qo'yadigan tepa tokchaga chiqib yashirinib oldim.Ancha vaqt o'sha yerda turganman shekilli, o'sha tokchada uxlab qolibman.
Onam bechora ishdan kelib, meni uyda "yo'q"ligim haqida buvimning shikoyatlarini eshitib, uyga kirib, kiyimlarini olish uchun tokchani ochganlarida men uxlab yotgan edim...  :)   

Qayd etilgan


Muhyiddin  18 Aprel 2009, 17:28:18



Chamasi endi bog’chani tugatib maktabga kirgan paytlarim edi. Maktabdan qaytgach mahallamizdagi bollar-qizlar birgalashib "œoq terakmi-ko’k terak", "œyashintopaloq", "œquvlashmachoq", "œto’purar", "œpar" kabi o’yinlarni o’ynardik. Biroz ulg’aygach bolalar alohida qizlar alohida o’ynaydigan bo’ldik... O’shanda, o’yin bilan bo’lib shom tushganini ham sezmay qolardik. Bir payt kimnidir oyisi yo opasi chaqirib qolardi, shunda darrov hammamiz bir-birimizga qarab, baravariga:

Uy-uyiga!
Takat uyiga!
Uyi yoqlar!
Tolni tagiga!..


("œTakat" degani "œkatak" bo’lsa kerak.)

deb qichqirgancha yugirib uy-uyimizga kirib ketardik. Bemahlda ko’chada hech kim qolmasdi"¦

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Aprel 2009, 20:10:08

Uy-uyiga!
Takat uyiga!
Uyi yoqlar!
Tolni tagiga!..


Ha, meniyam esimda, ko'chada o'ynardik, o'ynardik, uydagilar chaqirib qolishsa, "Uy-uyiga, to'y- to'yiga" deb ketardik. Nimaga unaqa degan ekanmiz, hayronman ??? ::)
Yoshligimda, menimcha 6 yoshlar bo'lganman, ko'chadagi qo'shni qizlar bilan qo'g'irchoqlarimiz bilan "Xola-xola" o'ynashni yaxshi ko'rardim. Kukla barbi der edik... Bir marta hovlimizdan 2-3uy naridagi Dildora ismli bir qiz uyida o'ynashni taklif qildi. Men ham boraverdim. U qizning ayasi tikuvchi edi. Har xil materiallardan qolgan -qutganlardan qo'g'irchoqlarimizga kiyimlar tikishni yaxshi ko'rardik. Vaqt shunchalik tez o'tib ketibdiki, kech bo'lib qolganiniyam bilmay qolibmiz. Bir vaqt Dildoralarnikiga mening ayam kelib, meni so'rab turganlarida chiqib qoldim. Shunaqa jahllari chiqdiiii. Uyga borgandan keyin dadamga "Hozir militsiyaga telefon qiling, bunaqa ko'chada uyma-uy sanqib yuradigan qizning bizga keragi yo'q, olib ketingizlar, deng" dedilar. Men shunchalik qattiq qo'rqqanman. Asti qo'yaverasiz. O'shandan beri ko'chada o'ynamaganman desam lof bo'laru, lekin doim so'rab chiqardim. Lekin hech qachon begonaning uyida ancha mahalgacha qolmaydigan bo'lganman. Ana shunaqa... ;)

Qayd etilgan


Foniy  20 Iyun 2009, 19:20:26

...ba'zilar "umrning bahori"ga o`xshatishadi,.. ajoyib damlar edi, beg`ubor orzular, tashvishlar yo`q,.. qalblar, ko`ngillar ham boshqacha edi,.. bolalik ketdi, biz bilan esa yuraklarni orziqtirib faqat shirin xotiralar qoldi,..

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyun 2009, 16:58:16

BOLALIGIM"¦

Bolalikning ko’chalari ko’zdan o’tar
Umr karvon to’xtamaydi, mangu ketar
Yuragimga zangor sog’inch tig’day botar
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Maysa gilam yalangoyoq chopar edim,
Ko’k dalada ko’kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo’ylaridan o’par edim
Yalpizginam sen ham meni sog’indingmi?


Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Bolalikning ko’chalari tor emasdi,
G’am tashvishga murg’ak qalbim zor emasdi.
Yulduz jonim o’kinchlarga yor emasdi
Ayt, sho’xligim, sen ham meni sog’indingmi?

Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?

Endi o’sha osmon to’la ko’zlar qani,
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo’l ushlashib yugurishgan qizlar qani,
Dugonajon sen ham meni sog’indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko’zlarimda qalqib turgan yoshlar aro.
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg’ilon ayt sen ham meni sog’indingmi?

Sog’indingmi, sog’indingmi,
Bolaligim sen ham meni sog’indingmi?


Qayd etilgan