Otabek:
Assalomu alaykum!
savolingizga batafsil javob berishga xarakat qilaman.
Koreya oliygohlarida kontrakt pulini eshitib, biroz bo'lsa-da, shashtingiz qaytishi mumkin: bu yerda 1 semestr uchun 4000$ miqdorda kontrakt puli to'lanadi. Lekin bu koreyslar uchun og'irlik qilmaydi. Zero, talaba darsdan bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ish qilib, 1 oyda bemalol 1000-1500$ daromad qila oladi. Demak, talaba o'zining kontrakt pulini o'zi to'lay oladi. Men darsdan bo'sh vaqtlarida ingliz tilidan repititorlik qiladigan bir koreys talaba bilan suxbatlashganimda u 2 xaftada 1200$ daromad qilishini aytdi. Shuncha daromad qilgach, talaba albatta qiyinchilikni sezmaydi-da. Buning ustiga Koreyada abiturientlar bir vaqtning o'zida 4-5 ta oliygohga xujjat topshirish xuquqiga ega. Kirish imtixonlari 1 yilda 2 marta o'tkaziladi: qishda va yozda.Ya'ni, qishda 4-5 ta institutga xujjat topshirasiz. Agar Xudo ko'rstmasin birontasiga xam kirolmasangiz, yozda yana xujjat qo'ltiqlab ,4-5 institutga borasiz. Xullas, talabalik baxti nasib etadi. Buning uchun bilimli bo'lsangiz kifoya...