O'qishga kiruvchilar uchun yordam  ( 47466 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:37:42

Otabek;

Magistraturada o'qishni niyat qildim. Qanday maslaxat berasizlar?

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:39:25

AbdulAziz:

Agar haqiqatdanam ilmiy izlanish olib borish niyatiz bo`lsagina magistarturaga kiring. Agar faqat diplom uchungina magistraturaga kirmoqchi bo`sangiz bu niyatizdan srazu qayting :D ???

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:40:44

Otabek:

Men Chung-Ang universitetida magistraturada o'qimoqchiman...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:40:58

Kumushbibi:

Allohdan sabr va matonat tilayman.Lekin juda ham ajoyib yo'l tanlabsiz.Biroq buning ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor.Ko'z qo'rqoq,qo'l botir.Shu hikmatga amal qilsangiz kelajakda o'z kasbingizni ustasi bo'lasiz.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:41:15

Otabek:

Rahmat, Kumushbibi...
Do'stona maslahatingizga albatta amal qilaman...
Sizga ham matonat tilayman... :)

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:41:39

Mohinur:

O`zbekistondagi qaysi oliy o`quv yurtlarining kelajagi bor deb o`ylaysizlar?
Qaysi biriga hujjat topshirgan ma'qul?
   

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:42:01

Kumushbibi:

Qiz bola uchun medicinani tavsiya etgan bo'lardim.(O'zim juda ham orzu qilganman shu sohani)
Mani bilishimcha Business, Economicani kelajagi yaxshi.Yanaham o'zingizni xoxishingiz va ishonchingizga bog'liq.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:42:12

Samo:

qaysi oqishga kirsam boladi?

avval siz quyidagi kabi savollarga(ozingiz ham yangi savol vering)
javob topib songra qaror qiling

1. Men haqimda boshqalar qay fikrda?
2. Ozim haqimda ozimni fikrim?
3. yuqorida fikrlardan ozod bolaolamanmi?(yani yuqorida fikrlar meni qamrab olganlik darajasinini
kamaytiraolamanmi?
4. Inson boshqalarni firkrida yahshaydi ayrim hollarda. shulardan forig bolib hulosa qilasiz

endi ayrim maslahatlar
1. Insonlar maslahat sorashadi songra bahslashadi(bu maslahatni oqish, ish kabi narsalarga yuzlantirgan
maqul, diniy muqaddasotlarga yonaltirilsa muammolar yahshaydi inson)
2. Kuchli va bahtli bolishga MAJBURMAN.
3. Har bir sohada USTAsi bolishim kerak
4. Tanlagan kasbni hayotim davomida SEVIB amalga oshirishim kerak.

hozircha shu keyin davm etadi

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:42:33

Orzu:

Farzand larim hali yosh endi 6 yoshga to'ldi .Etuk inson kelajagi porloq inson bo'lib etishishi uchun nima qilsam bo'ladi .O'zim hech qaerda o'qimagan man . Abdulaziz sizday bo'lishi uchun nima qilsam bo'ladi siz maktabda nechanchi sinfgacha o'qigan siz maktabdan keyin qaerlarda o'qigan siz ? Shu siz aytgan lariz ga qarab 1 hulosa ga kelaman .Otabek ,Kumushxon , Forumchilar sizlar xam maslaxat beriglar (javoblar uchun raxmat)
   

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:44:02

AbdulAziz:

Avvalo assalomu alaykum SamO!
Forumimizga xush kelibsiz. Bundan keyin ham fikrlaringiz bilan istirok etib, eng faol forumchilardan biriga aylanasiz degan umiddaman.
Iqtibos
4. Inson boshqalarni firkrida yahshaydi ayrim hollarda. shulardan forig bolib hulosa qilasiz
Gaplaringizga qo`shilaman. Ba'zilarning o`z mustaqil fikrlari bo`lmaydi yoki birovlarning fikrini har doim ham qabul qilaverishadi va shu bilan cheklanib qolishadi. O`qishga kirish ham shunaqa jiddiy masalalardan. Hozirgi paytda o`qishga kirishda TAVAKKALCHILIK ketymaydi. Chunki o`qishga topshirayotgan intellektlar judayam ko`p. Ular orasidan sara bo`lish tavakkal yoxud birovlarning xom-hayoillari bilan bo`lmaydi. Bunda ilmga intilish, o`z ustida mudom ishlash va mehnat talab qilinadi. Albatta, qing`ir yo`llari ham bor. Lekin bu yo`llarga aqli bor insonlar qadam qo`ymaydilar degan umiddamiz.
endi ayrim maslahatlar
Iqtibos
1. Insonlar maslahat sorashadi songra bahslashadi(bu maslahatni oqish, ish kabi narsalarga yuzlantirgan maqul, diniy muqaddasotlarga yonaltirilsa muammolar yahshaydi inson)
Haq gaplar. Diniy mas'alalarda bahs olib borishni ulamolarimiz ma'qullamaganlar. Bundan ko`ra boshqa hal qilinmog`i zarur bo`lgan amallar bilan shug`ullanishni maslahat berganlar. Zero, din tortishuv, bhs maydoni emas. Uning ikki asosi mavjud!
Iqtibos
2. Kuchli va bahtli bolishga MAJBURMAN.
3. Har bir sohada USTAsi bolishim kerak
Inson o`z oldiga bir maqsad qo`ydimi, shu maqsad yo`lida olg`a intilmog`i harakat qilmog`i lozim. Bu yerda xolis niyat ham muhim o`rin tutadi. "Men eplay olaman", "qo`limdan keladi", "qo`rqish menga begona" kabi fikrlar bilan o`zini ishontirgan odam albatta maqsadga yetadi. O`qishga kirishda ham shu prinsipga amal qilgan muhim.
Iqtibos
4. Tanlagan kasbni hayotim davomida SEVIB amalga oshirishim kerak.
Bu narsa ham judayam zarur masalalardan. Chunki inson agar o`z o`qishini, kasbini, sohasini sevmas ekan, undagi harakat ham, shijoat ham so`nib boraverdi. Olg`a intilish uchun esa siz ilmni seving, o`qib charchamang, bilimdan orqaga chekinmang, harakat qiling, inshoolloh albatta maqsadga erishasiz.
Iqtibos
hozircha shu keyin davm etadi
Davomini biz ham kutib qolamiz.

Qayd etilgan