Muallif Mavzu: Buyuk sahobalar o'gitlari  ( 13973 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Buyuk sahobalar o'gitlari
« : 09 Sentyabr 2006, 18:13:27 »
Abu Bakr Siddiqning o‘gitlari

“Men ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o‘Hillardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling...”
« So'nggi tahrir: 11 Sentyabr 2006, 08:13:30 muallifi AbdulAziz »

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuklarimiz o'gitlari
« Javob #1 : 09 Sentyabr 2006, 18:13:41 »
Hazrati Umarning o‘gitlari

“Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga Hilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuklarimiz o'gitlari
« Javob #2 : 09 Sentyabr 2006, 18:14:11 »
Usmon ibn Affonning o‘gitlari

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘Hillari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yoHdirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #3 : 11 Sentyabr 2006, 08:14:02 »
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Davomini ham kutamiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #4 : 11 Sentyabr 2006, 19:11:05 »
Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari

«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovHadir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambaHallik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambaHallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq oHirdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi».

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #5 : 13 Sentyabr 2006, 06:52:49 »
Salmoni Forsiyning o‘gitlari

«Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: “Zinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!” deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi».

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #6 : 13 Sentyabr 2006, 10:02:37 »
Assalamu alaykum,Laylo.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Shubhasiz, Saodat asri egalarining o'gitlari,
biz uchun Hidoyat yo'lini yoritguvchi mayoq kabidir.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #7 : 14 Sentyabr 2006, 00:01:42 »
Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:
Rasululloh  buyurdilarki:
-Agar  mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kular, ko’p yig’lar edingiz. Havoi nafs orzulariga berilib yashalgan bu dunyo hayoti sizga haqir ko’rinardi. Alloh yo’lida hayot kechirishni ustun qo’ygan bo’lardingiz.
Abu ad-Dardo Payg’ambarimizdan shu hadisni  naql etgandan so’ng, o’zi shunday hitob qildi:-Mening bilganimni bilsaydingiz, tog’-toshlarga chiqib ketib, Allohga yolvorar va o’z holingizga yig’lardingiz. Joningizni jabborga berib yig’gan, ko’z qorachig’iday asragan mollaringizni tashlab ketar, ular XECH NARSA emasligini tan olardingiz. Lekin, uzun orzu-havas sizlarning qalbingizdan oxirat tushunchasini sidirib tashlagan. Dunyo hayoti birdan-bir orzuingiz bo’lib qolgan. Shu tufayli to’g’rilikdan yuz o’girgansiz. Ba’zilaringiz esa qilgan ishlari falokatga olib borishini o’ylamagnaligi uchun havoyi istakalrini tark etolmagan. Bular hayvonlardan ham tubanroqlardir. Sizlarga nima bo’lgan o’zi,bir-biringizni to’g’ri yo’lga solmaysiz? Ahvol shundayki, so’zda bir-biringizning diniy birodarisiz. Ammo aslida yomonlik sizlarni bir-biringizdan ayirgan, bir-biringizni yiqitasiz. Sizlarga nima bo’ldi o’zi, dunyoviy ishlarda bir-biringizga yo’l ko’rsatasizu, oxirat masalasida huddi shu  ishni qilmaysizlar?
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #8 : 14 Sentyabr 2006, 00:14:39 »
Hech biringiz dunyoviy masalalarda yordam bergan kishingizga , oxiratga oid xususlarda sira nasihat qilmaysiz; bu hol, sizlarning qalbingizdagi imonning sustligi tufayli yuz berdi. Agar dunyo hayotini bilganingizday oxirat hayotini ham yaqindan bilsaydingiz, unga inonsaydingiz, u dunyo uchun ham biror ish qilar, Alloh o’rtaga qo’ygan imonu ahloq asoslariga rioya qilar edingiz. Chunki oxirat hayoti siz uchun abaduydir. Yo’q:”Dunyo hayotiga bo’lgan sevgimiz ajoyibroq!”-deyomaysiz, chunki dunyo hayotida ham ba’zan kelajakda qo’lga kiritishingiz mumkin bo’lgan narsa uchun qo’lingizdagi bor-yo’q  narsalaringizni fido qilasiz.(Masalan, bir yil keyin erishishingiz mumkin bo’lgan hosil uchun hozir qo’lingizda tayyot turgan urug’ni sochasiz). Kutgan narsangiz, bo’lmay qolish ehtimolini bila turib ham zahmatu mashaqqatlarga ko’milib, naqd narsangizni qo’ldan chiqarasiz. Siz komil imon sohiblariga xos alomatlardan  mahrum bo’lgan yomon insonlarsiz! Yoki, ayting, Allohning Rasuli Muhammad salolohi alayhi vasallam taqdim etgan haqiqatlardan shubhangiz bormi?
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #9 : 14 Sentyabr 2006, 00:15:26 »
Agar shubhangiz bo'lsa , bu shubhalaringizni bayon eting, men esa sizlarga haqiqatni dalillari bilan ko'rsatay, qalblaringizni qanoatlantiruvchi nur bilan yoritay. Allohga ont ichib aytamanki, sizlar aqli noqis kishilardan emassizki, ma'zur ko'rsam. Chunki dunyoviy ishlaringizda to'g'ri va foydali narsalarni farqlay olasizlar, qorningizga yraydigan narsalarni qo'lga kiritishni yaxshi bilasizlar, ularga ega bo'lasizlar. Sizlarga nima bo'lgan o'zi , bir oz dunyolikni qo'lga kiritsangiz, sevinib sakraysiz, lekin ozgina bir dunyolikni yoqotsangiz qayg'urasiz?! Shunday qayg'urasizki, bu narsa yuzingizdan o'qilib turadi, tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi va shu arzimas yoqotishni musibatday ta'riflaysiz va bilmaysizki, bu hususda gunohga botasiz.
Ko’plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo’la turib, yuzlaringizda zarracha o’zgarish, qayg’u alomatlari yo’q. Men hozircha, sizlardan  Alloh yuz o’girgan, deb o’ylamayman. Ba’zilaringiz o’zaro sevinib suhbatlashasiz. Har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni hafa qilmaslikka tirishasiz, ammo buni faqat u ham menu qabul qilganda hush muomalada bo’lsin deb shunday qilasiz.  Qalblaringizda esa bir-biringizga nisbatan ginayu adovat va dushmanlik bo’ladi.  Butun hayotingiz hoyu-havasdan iborat. Amlani unitish borsida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istardimki, Alloh meni sizlarning bu hollaringizga solmasizn, tinchlik-hotirjamlik bersin va meni Alloh Rasuliga yetishtirsin. Agar ular  hayot  bo’lsalar edi, sizlarning bu hatti-harakatlaringizga chiday olmasdilar. Mana, sizlarga haqiqatlarni  eshittirdim, aqlingiz bo’lsa, Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz, osonlik bilan topasiz. Men o’z nafsim uchun va sizlar uchun yolg’iz Allohdan madad so’rayman!
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Doniyor

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #10 : 14 Sentyabr 2006, 08:14:15 »
Hazrat Alining (r.a.) vasiyati

Hazrati Ali (r.a.) o'g'li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar:
-Bilmagan narsang haqida so'zlama;
-vazifang bo'lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir;
-falokat kelishidan qo'rqqan yo'lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo'rquv bilan olg'a surmoqdan hayrlidir;

-o'zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o'rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir;
-kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo'lsa, ertaga shu narsaga erishadi;
-so'z ahli bo'lishdan ko'ra ish ahli bo'lgin
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #11 : 14 Sentyabr 2006, 12:12:49 »
Abu Dardoning o‘gitlari

«Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas’ul bo‘lmagan narsalarga mas’ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so‘roqqa tutmang.
Ey inson o‘g’li! Sen o‘z amalingga boq. Zero, xalqdan ko‘rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayg’u chekadi va hech qachon alami so‘nmaydi.
Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilingiz. O‘zingizni o‘liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo‘ldan ozdirib, Haflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo‘lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang».

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #12 : 15 Sentyabr 2006, 12:13:13 »
Muoz ibn Jabalning o‘gitlari

Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
“Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
O‘g’lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambaHalni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #13 : 17 Sentyabr 2006, 21:12:07 »
Utba ibn Qazvonning o‘gitlari

Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: “Utba ibn Qazvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo‘lganida bizga bir xutba o‘qidi. Allohga hamd va sanodan so‘ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan,  bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo‘Hi bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so‘ngsiz bir hayotga o‘tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo‘lingizda eng xayrli narsa nima bo‘lsa, o‘shani o‘zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so‘ngsiz bo‘shliq insonlar bilan to‘lajakdir. Bunga hayron bo‘lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo‘q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo‘lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o‘lkaning hokimlarimiz. O‘zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo‘lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman”.

Laylo

  • Mehmon
Re: Buyuk sahobalar o'gitlari
« Javob #14 : 20 Sentyabr 2006, 11:11:51 »
Abu Zarr G’iforiyning o‘gitlari

Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
“Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, Ka’ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o‘ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki oHiz gapirmoqchiman, — dedi.
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o‘rab olishdi. Abu Zarr Qiforiy ulardan:
— Mobodo yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz safar uchun kerakli narsalar tayyorlaysizmi, yo‘qmi? — deya so‘radi.
Odamlar:
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ring.
— Qanday hozirlik ko‘rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo‘lish uchun haj farzini ado etingiz. Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo‘lishini o‘ylab, issiq kunlarda ro‘za tuting. Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qoronHusida turib, namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so‘z aytib yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering. Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga ehtiyojingiz yo‘qdir.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, so‘zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin, — deb hayqirdilar”.

 

Buyuk sahobalar hikmatlaridan

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 5423
So'nggi javob 08 Fevral 2008, 22:42:35
muallifi AbdulAziz
Tursunoy Sodiqova. Dunyo buyuk uquvxonadur

Muallif AbdulAzizBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 31211
So'nggi javob 02 Mart 2010, 12:11:21
muallifi Ansora
Sahobalar hayotidan

Muallif AbdulAzizBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 213
Ko'rilgan: 83866
So'nggi javob 15 Mart 2013, 08:33:44
muallifi sadida
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (4-kitob). Buyuk Fath

Muallif MuslimаBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 305
Ko'rilgan: 103410
So'nggi javob 07 Fevral 2009, 10:20:42
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26092
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz