Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Buyuk sahobalar o'gitlari

(1/5) > >>

Laylo:
Abu Bakr Siddiqning o‘gitlari

"œMen ham siz kabi bir odamman. Bilmadim, balki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bajara olgan xizmatni menga ham taklif qilarsiz. Vaholanki, Alloh taolo Muhammadni, alayhissalom, butun olamlardan afzal qildi va uni balo-ofatlardan asradi. Men esa tobeman. O‘z bilganimcha harakat qilishga haqqim yo‘q.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etayotganlarida ummatlaridan hech kimda bir cho‘p zarrasi qadar ham haqlari qolmagan edi. Mening esa vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan bir shaytonim bor. U kelganida mendan uzoqroq turingki, nogahon sizni urib qo‘ymayin yoxud soch-soqolingizni tortmayin.
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga solib, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, Haflatda qolmang. Chunki orqangizdan sizga yetishmoq uchun tez kelayotgan ajalingiz bor. O‘limdan qo‘rqing, otalardan, o‘Hillardan, aka-ukalardan ibrat oling. Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling..."

Laylo:
Hazrati Umarning o‘gitlari

"œShu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga Hilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»

Laylo:
Usmon ibn Affonning o‘gitlari

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"œUsmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
"œBas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘Hillari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: "œ(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yoHdirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".

AbdulAziz:
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Davomini ham kutamiz.

Laylo:
Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari

«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovHadir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambaHallik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambaHallikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq oHirdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi».

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version