Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Buyuk sahobalar o'gitlari

<< < (2/5) > >>

Laylo:
Salmoni Forsiyning o‘gitlari

«Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: "œZinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!" deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi».

Munira xonim:
Assalamu alaykum,Laylo.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Shubhasiz, Saodat asri egalarining o'gitlari,
biz uchun Hidoyat yo'lini yoritguvchi mayoq kabidir.

Muslima_subh:
Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:
Rasululloh  buyurdilarki:
-Agar  mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kular, ko’p yig’lar edingiz. Havoi nafs orzulariga berilib yashalgan bu dunyo hayoti sizga haqir ko’rinardi. Alloh yo’lida hayot kechirishni ustun qo’ygan bo’lardingiz.
Abu ad-Dardo Payg’ambarimizdan shu hadisni  naql etgandan so’ng, o’zi shunday hitob qildi:-Mening bilganimni bilsaydingiz, tog’-toshlarga chiqib ketib, Allohga yolvorar va o’z holingizga yig’lardingiz. Joningizni jabborga berib yig’gan, ko’z qorachig’iday asragan mollaringizni tashlab ketar, ular XECH NARSA emasligini tan olardingiz. Lekin, uzun orzu-havas sizlarning qalbingizdan oxirat tushunchasini sidirib tashlagan. Dunyo hayoti birdan-bir orzuingiz bo’lib qolgan. Shu tufayli to’g’rilikdan yuz o’girgansiz. Ba’zilaringiz esa qilgan ishlari falokatga olib borishini o’ylamagnaligi uchun havoyi istakalrini tark etolmagan. Bular hayvonlardan ham tubanroqlardir. Sizlarga nima bo’lgan o’zi,bir-biringizni to’g’ri yo’lga solmaysiz? Ahvol shundayki, so’zda bir-biringizning diniy birodarisiz. Ammo aslida yomonlik sizlarni bir-biringizdan ayirgan, bir-biringizni yiqitasiz. Sizlarga nima bo’ldi o’zi, dunyoviy ishlarda bir-biringizga yo’l ko’rsatasizu, oxirat masalasida huddi shu  ishni qilmaysizlar?

Muslima_subh:
Hech biringiz dunyoviy masalalarda yordam bergan kishingizga , oxiratga oid xususlarda sira nasihat qilmaysiz; bu hol, sizlarning qalbingizdagi imonning sustligi tufayli yuz berdi. Agar dunyo hayotini bilganingizday oxirat hayotini ham yaqindan bilsaydingiz, unga inonsaydingiz, u dunyo uchun ham biror ish qilar, Alloh o’rtaga qo’ygan imonu ahloq asoslariga rioya qilar edingiz. Chunki oxirat hayoti siz uchun abaduydir. Yo’q:"Dunyo hayotiga bo’lgan sevgimiz ajoyibroq!"-deyomaysiz, chunki dunyo hayotida ham ba’zan kelajakda qo’lga kiritishingiz mumkin bo’lgan narsa uchun qo’lingizdagi bor-yo’q  narsalaringizni fido qilasiz.(Masalan, bir yil keyin erishishingiz mumkin bo’lgan hosil uchun hozir qo’lingizda tayyot turgan urug’ni sochasiz). Kutgan narsangiz, bo’lmay qolish ehtimolini bila turib ham zahmatu mashaqqatlarga ko’milib, naqd narsangizni qo’ldan chiqarasiz. Siz komil imon sohiblariga xos alomatlardan  mahrum bo’lgan yomon insonlarsiz! Yoki, ayting, Allohning Rasuli Muhammad salolohi alayhi vasallam taqdim etgan haqiqatlardan shubhangiz bormi?

Muslima_subh:
Agar shubhangiz bo'lsa , bu shubhalaringizni bayon eting, men esa sizlarga haqiqatni dalillari bilan ko'rsatay, qalblaringizni qanoatlantiruvchi nur bilan yoritay. Allohga ont ichib aytamanki, sizlar aqli noqis kishilardan emassizki, ma'zur ko'rsam. Chunki dunyoviy ishlaringizda to'g'ri va foydali narsalarni farqlay olasizlar, qorningizga yraydigan narsalarni qo'lga kiritishni yaxshi bilasizlar, ularga ega bo'lasizlar. Sizlarga nima bo'lgan o'zi , bir oz dunyolikni qo'lga kiritsangiz, sevinib sakraysiz, lekin ozgina bir dunyolikni yoqotsangiz qayg'urasiz?! Shunday qayg'urasizki, bu narsa yuzingizdan o'qilib turadi, tilingiz uyalmay shundan gap ochaveradi va shu arzimas yoqotishni musibatday ta'riflaysiz va bilmaysizki, bu hususda gunohga botasiz.
Ko’plaringiz din asoslarining aksarini tark etgansiz. Shunday bo’la turib, yuzlaringizda zarracha o’zgarish, qayg’u alomatlari yo’q. Men hozircha, sizlardan  Alloh yuz o’girgan, deb o’ylamayman. Ba’zilaringiz o’zaro sevinib suhbatlashasiz. Har biringiz boshqa biringizni qabul qilganda uni hafa qilmaslikka tirishasiz, ammo buni faqat u ham menu qabul qilganda hush muomalada bo’lsin deb shunday qilasiz.  Qalblaringizda esa bir-biringizga nisbatan ginayu adovat va dushmanlik bo’ladi.  Butun hayotingiz hoyu-havasdan iborat. Amlani unitish borsida bir-biringizni ortda qoldirib ketgansiz. Istardimki, Alloh meni sizlarning bu hollaringizga solmasizn, tinchlik-hotirjamlik bersin va meni Alloh Rasuliga yetishtirsin. Agar ular  hayot  bo’lsalar edi, sizlarning bu hatti-harakatlaringizga chiday olmasdilar. Mana, sizlarga haqiqatlarni  eshittirdim, aqlingiz bo’lsa, Allohning nazdidagi narsalarni izlasangiz, osonlik bilan topasiz. Men o’z nafsim uchun va sizlar uchun yolg’iz Allohdan madad so’rayman!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version