Duxovkada sousli tovuq pirzola  ( 3828 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Mart 2012, 20:00:30

 :asl3:

Bu taom eng oson taomlardan men uchun:) Buning uchun kerakli masalliqlar ham oddiygina:

1 kg pirzola
2 qoshiq tomat
2 stakan qaynagan suv
3-4 qoshiq salat yog'i
tuz, murch, zira.

Tayyorlanishi:

Avvalo pirzolalarni yaxshilab yuvamiz. Men dumaloq shisha idishimni tanladim. Unga tovuqlarni joyladim. Tomatni qaynagan suvda eritdim yaxshilab, yog'ini, tuzini, ziravorlarini soldim. Tovuqni ustidan hamma joyiga tegadigan shaklda to'kdim. Duxovkani 200 daraja, 1 soatga mosladim. Orada bir tovuqlarni o'girib turdim, chunki suvi ularni ko'mmaydi, har ikki tarafi bir xil pishishi uchun albatta. 1 soatda tayyor bo'ldi...


Qayd etilgan


Yaratganga shukr  09 Mart 2012, 02:44:58

tovuklariz chok zayifmi??:))) lekik lazzatli chiqibdi nima deymiz qoyil

Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2012, 15:32:59

tovuklariz chok zayifmi??:))) lekik lazzatli chiqibdi nima deymiz qoyil


Rasmga yuqoridan olinganligi uchun balki kichkina ko'ringandir ;)

Qayd etilgan