"Qafasli" (kletkali) bo'rek  ( 3033 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Mart 2012, 20:05:03

 :asl3:

Men bo'regimni kesmasdan oldin rasmga ololmadim, Johida opani rasmlaridan foydalanaman shuning uchun:)








Qayd etilgan


Ansora  08 Mart 2012, 20:05:15

Xamir masalliqlari:

1 stakan sut
1/3 stakan qatiq
1/3 stakan kungaboqar yog'i
1 dona tuxum
1 qoshiq droja
0.5 qoshiq tuz
1 qoshiq shakar
4-4.5 stakan un

Ichi uchun:

300 gr pishloq
0.5 bog' petrushka

Ustiga surish uchun tuxumni sarig'i va biroz qatiq

Tayyorlanishi:

Xamirni qoring, iliq yerda ustini yaxshilab yopib, oshishi uchun qoldiring.
Petrushkani mayda tog'ab, pishloq bilan aralashtiring.
Duxovka listingizni yog'lang, men 40 smga yaqin listdan foydalandim.
Xamirni ikkiga bo'ling. Birini yoyib, listga joylashtiring, rasmda ko'rganingizday biroz ustiga chiqsin. Pishloqli qorishmani yoying. Qolgan xamirni yoyib, qafaslar hosil qiling. Tuxumni qatiq vilan aralashtirib, surtging. Oldindan 200 C da isitilgan duxovkada usti qizarguncha pishiring...
Menga judayam yoqdi, oilamizgayam, yumshoqqina edi:)

Yoqimli ishtaha.

Qayd etilgan