Inego'l kotleti - İnegöl köftesi  ( 2562 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Mart 2012, 20:03:32

 :asl3:

İnego'l Turkiyadagi Bursa viloyatining bir nohiyasidir. Tabiati, manzarasi o'zgacha. Bu kotlet ham İnegol'lga xos bir kotletdir...1.5 kuni muzlatgichda o'tgan xom kotletlar pishganda og'izda eriydi...

Masalliqlar:

500 gr molning to'sh qismidan qiyma
1 dona piyoz
0.5 qoshiq iste'mol sodasi
2 qoshiq suv
1 qoshiq limon suvi
2-3 qoshiq non maydasi
istakka qarab tuz

Tayyorlanishi:

Qiymani avvalo yaxshilab yo'g'iring. So'ngra non maydasi, suv, tuzni solib yo'g'iring. Idishingizni qopqog'ini yopib, 24 soat muzlatgicha solib qo'ying- xolodilnikka:)

Ertasi kuni limon bilan sodani aralashtiring. Ko'pirgan qorishmani qiymani ustiga soling. Piyozni qirg'ichdan o'tkazib, qiymaga aralashtiring.

Qiymalardan yong'oq kattaligida bo'laklar olib, shakl bering. Ustini yopib, 5-6 soat yana xolodilnikka soling:)

Muzlatgichdan olgan xom kotletlarni pishirmasdan 10 daqiqa oldin chiqaring, biroz xona haroratida yumshasin.

Inego'l kotlelarini:

1. duxovkada 200 darajada

2. biroz yog' solib tovada

3. tost mashinkasida

pishirishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha...



Foydalangan manbalarim:

http://yemekvetatlitarifleri.com/inegol-kofte-tarifi-p-235.html?osCsid=jiigmcs6oea8o7sac1ullac7q3

http://kzmveben.blogspot.com/

Qayd etilgan